Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.75K
Kanalning ta’rifi

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal!
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin!
Bolalar parvarishi uchun: @bolajon_parvarishi
Reklama va taklif 👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-04-17 07:01:46
Ортиқча вазин ва катта қориндан тез, самарали, ишончли, зарарсиз халос бўлиш усули топилди.
Тезда силкага кириб билиб олинг

Натижалар 10.000 дан ортиқ

Телеграм группаларга секингина юбориб қўямиз
2.9K viewsDoctor Muxtorov, 04:01
Ochish/sharhlash
2023-04-14 19:02:02
Bo‘ri tanglay (tanglay yorig‘i) va quyon lab (xeylolizis)

Tanglay o‘rta qismidagi yoriq bo‘lib, embrional rivojlanish davrida tanglay ikki yarmini yoki yuqori jag‘ orolchalarini bir-biriga qo‘shilmasligi natijasida yuzaga keladi. 2500 ta chaqaloqdan bittasida uchraydi.

Asosiy sababi embrional davrda yuzaga kelgan genetik mutatsiyalar.

Shakllari:
• yumshoq tanglayni yopilmasligi
• yumshoq va qattiq tanglayni bir qismini yopilmasligi
• qattiq va yumshoq tanglayni bir tomonlama to‘liq yopilmasligi
• ikki tomonlama to‘liq yopilmasligi

Belgilari:
• Emishga
• Yutishga
• Nafas olishga qiynaladi.

Davosi faqat operativ yo‘l bilan, bir nechta bosqichli operatsiya orqali lablar xeyloplastika va tanglay uranoplastika qilinadi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
1.3K viewsDoctor Muxtorov, 16:02
Ochish/sharhlash
2023-04-14 18:02:18
Manzil:Toshkent shaxri , Uchtepa tumani , 11-mavze, Zargarlik kòchasi 62 a-uy POYTAXT MED DIAGNOSTIKA.
Móljal: SHUHRAT CHORRAXASI,AL- XORAZMIY AYLANASI.

+998901317775.

Batafsil:
T.me/allergologimmunolog
2.0K viewsDoctor Muxtorov, 15:02
Ochish/sharhlash
2023-04-14 13:05:13
Yo‘rgaklash(pampers) dermatitini oldini olishdagi Yevropa qoidalari - ABCDE standart profilaktikasi.

Air - aeratsiya(shamollatish)

Barrier - Epidermisning barier xususiyati saqlash va himoya qilish:
agressiv gigeyenik vositalardan, spirt saqlovchi los’onlar, aromatizatorlar va prisipkalardan foydalanishni to‘xtatish. Yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiyani ta’minlovchi, terini barier funksiyasini qayta tiklovchi mazlardan(Bepanten) foydalanish.

Cleaning - Tozalash

Diapper - Tagliklarni to‘g‘ri tanlash va defekatsiyadan so‘ng taglikni tez almashtirish

Education - Ota-onalarga to‘g‘ri parvarishni o‘rgatish.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
3.7K viewsDoctor Muxtorov, 10:05
Ochish/sharhlash
2023-04-14 12:02:23
Farzandingiz ko’p kasal bo’ladimi?

Oddiy shamollashi ham antibiotiklarsiz tuzalmaydimi?

Dorixonalardagi ta’siri isbotlanmagan va farzandingiz sog’lig’i uchun xavfli bo’lgan dorilarga pul sarflash joningizga tegdimi?


YECHIM:
Farzandingiz tug’ilganidan boshlab immuniteti baquvvat va kam kasal bo’lishini, yoki har qanday kasallikni yengil o’tkazishini xohlasangiz farzandingizni albatta chiniqtirishingiz zarur.

Farzandingizni tug’ilganidan boshlab to’g’ri chiniqtirishni xohlasangiz
BUGUN SOAT 20:00da oliy toifali vrach-pediatr NODIRA ADXAMOVNA bilan bo’lib o’tadigan jonli efirda sizni kutib qolamiz.

Efirda qatnashish uchun
https://t.me/Farzandim_qalbim kanaliga o'tib oling
4.2K viewsDoctor Muxtorov, 09:02
Ochish/sharhlash
2023-04-12 14:42:02
1,5 yoshdan keyin bir martalik tagliklarni ishlatish qanchalik to‘g‘ri?

Bir martalik tagliklar(pampers) - bu juda qulay ayniqsa vaqtni tejaydi, lekin onajonlar undan qancha ko‘p foydalansa, bolani tuvakka o‘rgatish shunchalik qiyin bo‘ladi.

O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, pampersda bola tagini ho‘llab qo‘ysa ham, issiq, quruq va eng asosiysi unga noqulaylik tug‘dirmaydi.

Agar siz bolani ishtoncha va polzunkalarga o‘tkazsangiz, u yoqimsiz namlik holatini his qila boshlaydi va tuvakka o‘tirishni o‘rganishi ancha tez bo‘ladi.

Kaminaning tavsiyasi, 18 oylikdan keyin bir martalik tagliklarni ishlatmaganingiz ma’qul. Bu bilan siz bolangizda yana bir shartli refleksni o‘z vaqtida paydo bo‘lishiga yo‘l ochib bergan bo‘lasiz.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.0K viewsDoctor Muxtorov, 11:42
Ochish/sharhlash
2023-04-12 14:12:32
Мана нима учун ОРТИҚЧА ВАЗНИ бор бўлган АЁЛ ва ЭРКАКЛАР зудлик билан ОЗИШИ ШАРТ

Қорин қўйган, семирган, ортиқча вазни бор бўлган яқинларингизга юборинг, огоҳ бўлишсин!

Мутахассисга саволларингиз борми

+998973717778
@Numa_Detox
4.8K viewsDoctor Muxtorov, 11:12
Ochish/sharhlash
2023-04-10 18:38:22
Bolalarda raxit kasalligini oldini olish

Tug'ruqdan oldin(homilador ayollar uchun):
D vitaminiga boy mahsulotlar iste'mol qilish
Quyosh nurlari ostida sayr qilish
Polivitaminlar qabul qilish(200-400 XB D vitamini saqlovchi)

Tug'ruqdan keyin chaqaloqlarda:
Quyoshli kunlarda sayr qilish (9-10 lar atrofida)
Bolani bir yoshgacha ona suti bilan boqish
Massaj va gimnastik mashqlar o'tqazish
Profilaktik doza(500 XB = 1 tomchi)da D vitamini ichirish.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.2K viewsDoctor Muxtorov, 15:38
Ochish/sharhlash
2023-04-10 11:54:21
Bola qanday rivojlanadi?

1-oylik - tur xil ovozlar chiqaradi, oyoq-qo‘llarda tartibsiz harakatlar

2-oylik - harakatdagi narsalarni kuzatadi, jilmayadi.

3-oylik - kuladi, gu-gulaydi, vertikal holatda boshini ushlaydi.

4-oylik - tovush kelgan tomonga boshini buradi, yaqinlar ovozini faqlaydi. O‘yinchoqni ushlaydi, og‘ziga olib boradi.

5-6-oylik - qo‘lidan ushlasa yoki ba'zan mustaqil o‘tiradi, chalqancha holatdan yonboshga yoki qorniga o‘griladi, o‘yinchoqlarni kuzatadi va ko‘taradi.

7-8-oylik - mustaqil o‘tira oladi, oyoqqa turishga harakat qiladi, onasiga va tanishlar qo‘l cho‘zadi va chapak chaladi, ma-ma, da-da deya oladi.

9-10-oylik - emaklaydi, tizzasiga tura oladi, kattalar yordamida oyoqqa turadi va ushlab yuradi, qoshiqdan ovqat yeydi. Dada, mama so‘zlarini ayta oladi

11-12-oylik - qo‘lidan ushlasa o‘zi yuradi, lekin ko‘p yiqiladi, mustaqil ovqat yeyishga harakat qiladi, ba'zi so‘zlarni ayta oladi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
5.4K viewsDoctor Muxtorov, edited  08:54
Ochish/sharhlash
2023-04-08 09:31:54
NAMANGANDA “EZGULIK MANZILI” XAYRIYA AKSIYASI BO‘LIB O‘TADI

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan joriy yilning 13-20 aprel kunlari Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ehtiyojmand, kam ta’minlangan, og‘ir sharoitga tushgan oilalardagi bemor bolalarga konsultativ va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi “Ezgulik manzili” tibbiy aksiyasi o‘tkaziladi.

Manbaa: bolalarfondi.uz

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
1.9K viewsDoctor Muxtorov, 06:31
Ochish/sharhlash