Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.75K
Kanalning ta’rifi

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal!
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin!
Bolalar parvarishi uchun: @bolajon_parvarishi
Reklama va taklif 👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-06-13 15:28:03
Bolalarga tarvuzni qachondan va qancha miqdorda berish mumkin?

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tarvuz berilmaydi.

1 yoshdan 2 yoshgacha bolalarga sutkasiga 50 g

2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarga sutkasiga 100 g

3 yoshdan 5 yoshgacha bolalarga sutkasiga 150 g

Bolaga berilayotgan tarvuzda mineral o'g'itlar minimum miqdorda bo'lishiga e'tibor bering! Taruzni belgilangan miqdordan ko'p bermang. Bolaga tarvuzni normadan ortiq berish diareya(ich ketishi)ga sabab bo‘lishi mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.1K viewsDoctor Muxtorov, 12:28
Ochish/sharhlash
2023-06-12 17:04:24
Chaqaloqning qulog‘i og‘rishini qanday aniqlash mumkin?

Ko‘plab holatlarda chaqaloqlar yig‘isining asosiy sabablaridan biri bu quloq og‘rig‘i hisoblanadi. Og‘riq kuchi jihatidan quloq og‘rig‘i tish og‘rig‘iga tengdir.
Chaqaloqning qulog‘ida og‘riq bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun pediatrlar “Tragus” belgisidan foydalanishadi.

Tragus simptomi- bunda chaqaloq qulog‘i suprasining tragus qismiga ohista bosiladi, agar o‘rta yoki tashqi quloqda yallig‘lanish bo‘lsa, simptom musbat bo‘ladi. Bu holatda chaqaloq yig‘lashi yoki yig‘isi kuchayishi mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4.3K viewsDoctor Muxtorov, 14:04
Ochish/sharhlash
2023-06-11 19:19:48
Bolalarda sistit belgilar qanday bilan namoyon bo‘ladi?

Kunning istalgan vaqtida boladagi haddan tashqari qo‘zg‘aluvchanlik;
Siydik rangini to‘qlashishi;
Juda tez-tez yoki kamdan kam siyish;
Tana haroratining ko'tarilishi (har doim ham sodir bo'lmaydi);
Siydik chiqarishdan keyin qon tomchilari chiqishi ;
Siydik ushlay olmaslik belgilari;
Qov sohadagi og'riq;
Siydik chiqarish paytida birdan yuzaga keluvchi og'riqlar;
Siydik chiqarish paytida spazmning paydo bo'lishi;
Siydikda xarakterli parcha yoki cho'kmalar aniq ko'rinadi;
Qovuqni bo'shatish bilan bog'liq muammolar (chaqiriqlarga qaramay);
Oraliqning og'riqli palpatsiyasi.

Doctor Muxtorov    

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6.4K viewsDoctor Muxtorov, edited  16:19
Ochish/sharhlash
2023-06-10 11:14:30
Bolalarda oftob urushining dastlabki belgilari

Bosh og‘rig‘i
Bosh aylanishi
Ko‘ngil aynishi
Qusish yoki ich ketishi
Teri va yuzning qizarishi
Quloqda shovqin
Tana haroratini oshishi
Umumiy holsizlik

Yuqoridagi belgilar aniqlanganda bolani zudlik bilan vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10.6K viewsDoctor Muxtorov, edited  08:14
Ochish/sharhlash
2023-06-10 07:01:49
Bolalarda neyrosonografiya tekshiruvi

Neyrosonografiya(NSG) - bolalar bosh miyasining liqildoqlar orqali ultratovush tekshiruvi.

Bir yoshgacha bo'lgan bolalarda bosh miyaning tug'ma va orttirilgan patologiyalarini aniqlashda informativ va xavfsiz usul hisoblanadi. Neyrosonografiya 1 yoshgacha ya'ni liqildoqlar bitgunicha o'tqaziladi.

Neyrosonografiya quyidagi kasalliklarni aniqlashda yordam beradi:
Kala suyagi ichidagi bosimning ortishi, gidrosefaliya
Tug'ma rivojlanish anomaliyalari(Dendi-Uoker va Arnold-Kiari anomaliyasi)
Kistalar, o'smalar
Bosh miya ishemiyasi
Gematomalar, anevrizmalar
Travma va infeksiyalar natijasida yuzaga kelgan asoratlar

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6.8K viewsDoctor Muxtorov, 04:01
Ochish/sharhlash
2023-06-08 19:07:39
EEG nima?

Elektroensefalografiya(EEG) - miyaning bioelektrik aktivligini aniqlashga qaratilgan zamonaviy tekshirish usuli.

Bolalarga EEG qachon buyuriladi?

Tutqanoq
Miyada qon aylanishi buzilganda
Autizm
Epilepsiya
Uyqu buzilishi: uyqusizlik, lunatizm, vahimali uyqu
Kuchli charchash
Tez-tez bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, oriyentatsiyani yo‘qolishi
Hush yo‘qolishi
Bosh miya travmalari
Psixologik buzilishlar: yig‘loqilik, tez-tez jazavaga tushushi, nevrozlar

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
9.0K viewsDoctor Muxtorov, 16:07
Ochish/sharhlash
2023-06-06 15:05:25
Massaj qaysi kasalliklarda buyuriladi?

Mushaklar gipertonusi
Yassi oyoqlik
Raxit
Chanoq-son displaziyasi
Qiyshiq bo‘yinlik
G‘ilaylik
O‘pka-bronx kasalliklarida
Skolioz
Nevrologik buzilishlarda
Jismoniy rivojlanishdan orqada qolish
Ichak kolikasida
Travmalarda(sinish, chiqish)

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
12.2K viewsDoctor Muxtorov, 12:05
Ochish/sharhlash
2023-06-06 14:05:01 50 yillik tajribaga ega onko-mammolog, jarrohning Medionda o’tkaziladigan konsultatsiyaga keling va o’zingiz uchun zarur bo’lgan maslahatni oling.

Portnoy Sergey Mixaylovich ko'krak onkologiyasi sohasida katta tajribaga ega. U eng ilg'or usul va texnologiyalardan foydalangan holda o'simtalarni olib tashlash va onkologiyani davolash bo'yicha ko'plab murakkab operatsiyalarni amalga oshirdi.

Shifokorning asosiy yo’nalishi:
Sut bezlarida yuzaga kelgan o'simtalar bilan bog’liq kasalliklarni davolash
Ko'krak bezi saratoni uchun lampektomiya
Sut bezining radikal rezektsiyasi
Mastektomiya, shu jumladan terini saqlaydigan mastektomiya, teri osti mastektomiyasi
Ko’krak mushaklarini saqlab qolish bilan radikal mastektomiya
Signal limfa tugunining biopsiyasi
Qo’ltiq limfadenektomiyasi

Sergey Mixaylovich Markaziy Osiyoda limfa tugunining biopsiyasi bilan sut bezlarini to‘liq yoki qisman olib tashlashni amalga oshiradigan yagona mutaxassis hisoblanadi.

Konsultasiya narxi: 200 000 so’m

Siz shifokor qabuliga 24 soatlik xizmat ko’rsatadigan telefon raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin: +998-78-140-00-10
Telegram orqali @medionuz yoki reklama.medion.uz sayti orqali ham yozilishingiz mumkin
Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko'chasi, 39/1-uy
309 viewsDoctor Muxtorov, 11:05
Ochish/sharhlash
2023-06-06 14:05:01
306 viewsDoctor Muxtorov, 11:05
Ochish/sharhlash
2023-06-05 10:57:12 Bizda xushxabar!

YouTube kanalimiz o'z faoliyatini boshladi.

Bizni obuna, layk va kommentlar bilan qo'llab-quvvatlaysiz degan umiddamiz!



4.2K viewsDoctor Muxtorov, 07:57
Ochish/sharhlash