Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.75K
Kanalning ta’rifi

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal!
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin!
Bolalar parvarishi uchun: @bolajon_parvarishi
Reklama va taklif 👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2023-05-03 12:11:45
BOLALARNI ONA SUTI BILAN PARVARISHLASHDA NIMALARGA E’TIBOR QILISH ZARAR?

Ona suti — chaqaloq uchun mukammal ozuqa. Tarkibida yuzdan ziyod shifobaxsh mikroelementlar mavjud. Qolaversa, immunoglobulinga boy. Chaqaloqni turli infeksiyalardan himoyalaydi, immunitetni mustahkamlaydi.

Qisqacha aytganda, emizishning foydasi bisyor. Lekin bolani qay paytda, qanday holatda, necha mahal, necha yoshgacha ko‘krak suti bilan parvarishlagan ma’qul? Bu jarayonda qanday qoida va talablarga rioya qilish qilish zarur?

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.7K viewsDoctor Muxtorov, 09:11
Ochish/sharhlash
2023-05-02 17:34:04
Sabzavotlarni bolalar ovqat ratsioniga qachondan kiritish kerak?

Kabachki - 6 oylikdan - bir komponentli pyure ko'rinishida

Brokkoli - 6 oylikdan -  bir komponentli pyure ko'rinishida

Qovoq - 6-7 oylikdan -  bir komponentli pyure ko'rinishida

Kartoshka - 6-7 oylikdan -  bir komponentli pyure ko'rinishida

Sabzi - 6-7 oylikdan -  bir komponentli pyure ko'rinishida

Yashil loviya - 8 oylikdan -  monopyure ko'rinishida

Qizil lavlagi - 9 oylikdan - monopyure ko'rinishida

Baqlajon - 12 oylikdan -  monopyure ko'rinishida

Bodring - 12 oylikdan -  salat tarkibida

Pomidor - 12 oylikdan - salat va sho'rva tarkibida

Bulg'or qalampiri - 12 oylikdan - salat va sho'rva tarkibida

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
10.3K viewsDoctor Muxtorov, 14:34
Ochish/sharhlash
2023-05-02 08:44:57
Qizamiq bilan asosan kimlar kasallanmoqda?

Kanalga ulanish
@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
9.9K viewsDoctor Muxtorov, 05:44
Ochish/sharhlash
2023-05-02 08:31:14
Bolaning miyasini rivojlantirish

Bola miyasini rivojlantirish bo'yicha UNICEF tomonidan tayyorlangan mahorat darsi

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
9.0K viewsDoctor Muxtorov, edited  05:31
Ochish/sharhlash
2023-05-02 08:19:47
EEG nima?

Elektroensefalografiya(EEG) - miyaning bioelektrik aktivligini aniqlashga qaratilgan zamonaviy tekshirish usuli.

Bolalarga EEG qachon buyuriladi?

Tutqanoq
Miyada qon aylanishi buzilganda
Autizm
Epilepsiya
Uyqu buzilishi: uyqusizlik, lunatizm, vahimali uyqu
Kuchli charchash
Tez-tez bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, oriyentatsiyani yo‘qolishi
Hush yo‘qolishi
Bosh miya travmalari
Psixologik buzilishlar: yig‘loqilik, tez-tez jazavaga tushushi, nevrozlar

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.1K viewsDoctor Muxtorov, 05:19
Ochish/sharhlash
2023-04-29 16:00:38
Qanday holatlarda bolalarga muzqaymoq berish mumkin emas?

Bir necha hafta davomidagi kasallanishdan so‘ng. Kasallik o‘tkazgandan so‘ng mahalliy immunitet pasayadi. Yuqori nafas yo‘llarini muzlashi yangi infeksiyani yuqtirish xavfini paydo qiladi.

Tez-tez O‘RVI va tonzillit(angina) bilan kasallansa. Sovuq kasallikni takror rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bolada yara kasalligi, surunkali gastroduodenit, o‘t pufagi va oshqozon osti bezi bilan muammolar bo‘lsa.

Tarkibida allergiya chaqiruvchi komponentlar bo‘lsa. Ayniqsa hayvon oqsillari.

Laktaza yetishmovchiligi. Muzqaymoq tarkibida laktoza bor va bunday bolalar laktozani ko‘tara olmaydi.

Qandli diabet. Muzqaymoq tarkibida saxaroza bor va u diabetiklarga mumkin emas.

Bolalar semizligi. Muzqaymoqni kaloriyasi yuqori bo‘ladi. Qo‘shimcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
5.7K viewsDoctor Muxtorov, 13:00
Ochish/sharhlash
2023-04-28 15:23:07
Markaziy Osiyo mamlakatlarida qizamiq bilan kasallanish holatlari qayd etilmoqda.

Qizamiq o'ta yuqumli virusli kasallik bo'lib, sog'liqqa jiddiy ta’sir qiladigan asoratlarni, jumladan pnevmoniya, miya shikastlanishi va hatto o'limga olib kelishi mumkin.

Qizamiq uchun maxsus davolash mavjud emas. Faqat emlash orqali kasallikning oldini olish mumkin.

Farzandingizni qizamiqga qarshi emlatganmisiz? Oilaviy poliklinikada shifokor bilan maslahatlashishni kechiktirmang.

Manba: Unicef.uz

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
6.9K viewsDoctor Muxtorov, 12:23
Ochish/sharhlash
2023-04-25 19:31:01
Exinokokkoz kasalligi bolalarga itlardan yuqadimi?

Exinokokklar sestodozlar oilasiga mansub parazitlar bo'lib, zararlangan odamning asosan jigar, o'pka, buyrak, miya va boshqa organlarda parazitar kistalar paydo qiladi.

Kasallikning asosiy manbai ham qo'zgatuvchining asosiy xo'jayini ham itlar hisoblanadi. Kasallik bolalarga asosan itlardan yuqadi.

Yetilgan tuxumlari hayvon fekaliysi(najasi) bilan tashqi muhitga ajlaradi. Kasallik bolalarga to'g'ridan-to'g'ri kontant yo'li bilan, ya'ni silash yoki erkalash paytida yoki parazit tuxumlari bilan zararlangan ko'kat yoki mevani yeyish va zararlangan suvni ichishi orqali yuqishi mumkin.

Kasallikni oldini olish choralari:
-bolalarni hayvonlar ayniqsa itlar bilan kontaktda bo'lishini oldini olish.
-shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilib, ovqatdan oldin qo'llarni yaxshilab sovunlab yuvish.
-ko'kat va mevalarni yuvib iste'mol qilish, suvni esa qaynatib ichish tavsiya etiladi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
3.8K viewsDoctor Muxtorov, 16:31
Ochish/sharhlash
2023-04-25 18:31:16
Farzandingiz hali shirinlik yemaydi, shuning uchun siz uning tishlarini tozalamaysizmi?

Bu ota-onalarning keng tarqalgan xatosi. Stomatologlar bolaning kundalik og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini uning ilk tishlari chiqishi bilanoq boshlashni maslahat beradi. Bu odatda bolalarda 4–6 oylik davrida sodir bo‘ladi. Agar siz uning tishlarini muntazam tozalamasangiz, ikki yoshiga kelib, bolada kariyesning rivojlangan bosqichi — pulpit kuzatilishi mumkin. Bunday jajji bemorlarni narkoz yordamida davolashga to‘g‘ri keladi.

Bola uchun qanday tish pastasini tanlash kerak? Uning ta’mi bolaga yoqishi va tish karashlarini yo‘qotish, emalni mustahkamlash, kariyesdan himoya qilish, milklarni tinchlantirish kabi vazifalarni aniq bajarishi lozim. Tish pastalarimizning O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan eng maqbul varianti — bu SPLAT Juicy Lab bolalar tish pastalari. Ular tarkibida bakterial plyonkani hamda kariyesogen bakteriyalarni yo‘qotadigan yapon qizilmiya ekstrakti va sut fermentlariga ega Luctatol kompleksi mavjud

Juicy Lab mahsulorlarining 98% komponentlari tabiiy bo‘lgani uchun tish pastalari tasodifan yutib yuborilganda ham xavfsizdir.

Bolalar uchun xavfsiz, samaradorligi klinik jihatdan tasdiqlangan mahsulotlarni tanlang.

Instagram
Facebook
4.3K viewsDoctor Muxtorov, 15:31
Ochish/sharhlash
2023-04-24 14:03:42
Bolalar gripp vaksinasi(inflyuvak)ni necha yoshdan olsa bo‘ladi?

14 yoshdan katta bolalarga -
0,5 ml(bitta doza) bir marta
3 yoshdan 14 yoshgacha -
0,5 ml bir marta
6 oylikdan 3 yoshgacha -
0,25 ml bir marta.
6 oylikdan kichik bolalarni
onasiga olish tavsiya etiladi. Hosil bo‘lgan gumoral immunitet, ona suti orqali bolaga o‘tadi.

Oldin gripp bilan kasallanmagan va vaksinatsiya qilinmagan bolalarga 4 hafta oralig‘ida 2 marta qilinadi.
Preparat himoya effekti inyeksiyadan so‘ng 14 kunda namoyon bo‘ladi. Davomiyligi 6-12 oy.


Vaksinani yaroqlik muddati bir yil. Qutisiga “2022-2023 sezon” uchun deb yozilganini xarid qiling.

Vaksinatsiya paytida bola mutlaqo sog‘lom bo‘lishi kerak. Shuning uchun muolajani vrach Pediatr bilan maslahatshib keyin amalga oshiring.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Hamkor kanal @Bolajon_parvarishi

Telegram | Instagram | Facebook
6.0K viewsDoctor Muxtorov, 11:03
Ochish/sharhlash