Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun O
Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun
Kanal manzili: @pedagoglarga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.89K
Kanalning ta’rifi

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir...
Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-05-17 11:26:14
#Эълон

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan “Maktabdan tashqari ta’lim: muammo va yechimlar” mavzusida 1-Respublika forumi tashkil etilmoqda!

Forum doirasida:

maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishda mavjud muammolar va kelgusidagi istiqbolli rejalarni belgilash,
viloyatda yangidan qurilgan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan yaqindan tanishtirish,
“Barkamol avlod” bolalar maktabi, Bolalar kutubxonasi direktorlari hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining hududiy bo’lim rahbarlari uchun seminar-treninglar tashkil etish rejalashtirilgan.

Vaqti: 19-20-may, 2023-yil.
Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 3-uy.

Ro'yxatdan o'tish uchun telegram raqami: +998 99 851 26 08

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
2.0K viewsedited  08:26
Ochish/sharhlash
2023-05-16 06:22:58 Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2022-2023-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha TAVSIYALAR

Mamlakatimizdagi barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2022-2023-oʻquv yilini yakunlash hamda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini (keyingi oʻrinlarda – tadbir) yuqori saviyada oʻtkazilishini tashkil etish maqsadida quyidagilarga amal qilishingiz tavsiya etiladi:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tadbirni joriy yilning 25-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etish; oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilarini jalb etish;
tadbirni maktabning hovlisi, bogʻida yoki soya-salqin ochiq maydonlarida oʻtkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini taʼminlash;
tadbirlar oʻtkaziladigan joylarni talab darajasida jihozlash, gigiyena va tozalik talablariga muvofiq sharoitlar yaratish, yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash; umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tadbirlarning tartibli oʻtishini taʼminlash maqsadida joylardagi mahalla qoʻmitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlik qilish; maktab rahbariyati tomonidan tadbir ishtirokchilarini tabriklash jarayonida yurtimizda soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da taʼlim tizimidagi islohotlar toʻgʻrisida aniq raqam va dalillar keltirilgan holda maʼlumot berish; tadbirga faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilarini taklif etgan holda ular tomonidan bitiruvchilarga bayram tabrigi va tilaklarini bildirishlarini tashkil etish; tadbirda yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilarni taqdirlash va ragʻbatlantirish;

maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalarini “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar berish.

Tadbir oʻtkazishda maktab hududiga muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi shior va chaqiriqlarni ilib qoʻyish tavsiya etiladi:
Ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor oʻtmasin!
Yoshlik – umrning eng bebaho davri. Ilm oʻtda yonmaydigan, suvda choʻkmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!

Yuksak maqsadlar yoʻlida siz – yoshlar hal qiluvchi kuch boʻlishingiz kerak.
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson boʻlib kamolga yetishi bilan bogʻliq.
Biz taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni oʻzimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.
Hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun oʻz dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yoʻqotmaydigan masala boʻlib qolmoqda.

“Bizning maqsadimiz — yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalashdan iborat”.
Quyidagilar taʼqiqlanadi:
“Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari hamda oʻqituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovgʻalar taqdim etish, qoʻshimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.k.da banket yoki boshqa marosimlar) oʻtkazish va yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
7.1K viewsedited  03:22
Ochish/sharhlash
2023-05-16 06:20:52 "So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqildi.

Sizdan ushbu tadbirni mazkur tavsiya asosida tashkil etishingizni va tadbir davomida quyidagilarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etish;

tadbirni tartibli oʻtkazish va oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilarini jalb etish;

tadbirni mahalla qoʻmitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda oʻtkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini taʼminlash;

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yigʻimlariga yoʻl qoʻymaslik;

maktab hayotida faol ishtirok etayotgan oʻquvchilarning ota-onalarini maʼnaviy ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratish.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.8K viewsedited  03:20
Ochish/sharhlash
2023-05-14 10:40:24 Nodavlat oliygohdan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi

Prezident qarori (15.06.2022, 279-son)ga ko‘ra talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

O‘tish balidan past ball to‘plagan
talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.6K viewsedited  07:40
Ochish/sharhlash
2023-05-13 19:14:43 Qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi uchun xodimga oyligiga ta’sir qilmagan holda imtiyozli ish shartlari qo‘llanishi mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan Mehnat Kodeksida voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmagan fuqarolarga qator imtiyozlar belgilangan.

Unga ko‘ra:

O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.

Ish beruvchi homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning), shuningdek oilaning betob a’zosini parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra ularga tibbiy xulosaga muvofiq to‘liqsiz ish vaqti belgilashi shart.

Ikki yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar beriladi.

Bu tanaffuslar kamida har uch soatda, har biri o‘ttiz minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda beriladi. Bu vaqt ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha ish haqi to‘lanadi.

Mazkur tanaffuslarning aniq davomiyligi va ularni berish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan belgilanadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.2K viewsedited  16:14
Ochish/sharhlash
2023-05-13 12:00:13 Maktablarda o‘qituvchi lavozimida ishlayotgan 4-kurs talabalari ham malaka toifalarini oshirishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan, ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.

Ma’lumot uchun, umumta’lim muassasalarida ishlayotgan va tegishli oliy o‘quv yurtlarining 4-kursida tahsil olayotgan talabalarga o‘rta maxsus ma’lumotga ega mutaxassislarga belgilangan mezonlar asosida ish haqi to‘lanadi.

Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagoglar ishtirokida o‘tkaziladigan attestatsiya sinovlari shu xodimlarning mutaxassis malaka toifasiga munosib yoki munosib emasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Mazkur sinov natijalari ushbu xodimlarga ikkinchi, birinchi yoki oliy malaka toifalarini berish uchun asos bo‘lmaydi.

Nizomga ko‘ra, nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari o‘z xohishiga ko‘ra mazkur navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi mumkin.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.2K viewsedited  09:00
Ochish/sharhlash
2023-05-13 07:00:32
#LMS_haqida

Savol: Pedagog xodim qanday hollarda malaka oshirishga jalb etilmaydi?

Javob: Xodim uning mehnat ta’tili yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi davrida malaka oshirishga jalb qilinmaydi.

Qo'shimcha:
Xodimlarning har yili belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirishi va belgilangan hajmdagi kredit ballarini yig‘ishlari majburiy hisoblanadi.

Malaka oshirish kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga kursni tashkil qilgan ta’lim muassasasi tomonidan davlat namunasidagi elektron generatsiya qilingan va elektron imzo yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod, shtrixkod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) beriladi.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.3K viewsedited  04:00
Ochish/sharhlash
2023-05-12 18:57:05 Oyliklarimiz alohida oshirilgani yoʻq, barcha byudjet xodimlari qatorida 7% oshdi. Boshqalar shov-shuv koʻtarishgayam ulgurishdi. Xursand boʻlishga erta
6.2K views15:57
Ochish/sharhlash
2023-05-12 09:51:43
#Диққат
Энди Ўзбекистон мактабларида араб тили хорижий тил сифатида ўқитилади.

Бунда Ўзбекистон Ливия билан ҳамкорлик қилади. Ливия томонидан араб тилида дарс берувчи ўқитувчилар учун олий таълим муассасаларида магистр ва илмий тадқиқот таълими учун таълим грантлари ажратилиши таклифи берилди.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
10.4K viewsedited  06:51
Ochish/sharhlash
2023-05-12 08:02:56

Юқори натижаларга эришган педагогларга ҳар ойда 50 фоизгача устама тўлаш жорий этилади

Профессионал таълим соҳаси ходимлари меҳнатига ҳақ тўлашнинг янги тизимини жорий этиш мақсадида президентнинг “Профессионал таълим муассасалари ходимлари меҳнатига ҳақ тўлашнинг такомиллаштирилган тизимини жорий этиш ва уларни моддий рағбатлантиришни кучайтириш тўғрисида”ги қарори лойиҳаси ишлаб чиқилди.

https://kun.uz/55172846

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.9K viewsedited  05:02
Ochish/sharhlash