Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun O
Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun
Kanal manzili: @pedagoglarga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.89K
Kanalning ta’rifi

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir...
Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-06-30 19:42:47
#qabul_2023
#10_iyulgacha

PREZIDENT MAKTABLARINING BO'SH O'RINLARIGA HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB INTERNATLARIGA QABUL UZAYTIRILDI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga o‘qishga hujjatlar qabuli, ko‘p sonli ota-onalarning talablariga binoan, joriy yilning 10-iyul kuniga qadar uzaytirildi.

- Prezident maktablariga qabul faqat 4-sinfdan 5-sinfga o’tayotgan o’quvchilar uchun 30-iyunda yopiladi. Qolgan bo’sh o’rinlarga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.

- Ijod maktablariga qabul 30-iyunda to’liq yopiladi.

- Ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.7K viewsedited  16:42
Ochish/sharhlash
2023-06-30 13:31:36
1 июлдан касб-ҳунар мактабларига қабул бошланади

Бугунги кунда республикада 330 та касб-ҳунар мактаблари фаолият кўрсатмоқда.

https://kun.uz/70267120

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.2K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2023-06-30 06:50:04
#Tabriknoma

Aziz yoshlar!
Qadrli ertamiz egalari!

Sizni 30-iyun Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz.

Siz bizning ertamiz va ishonchimizsiz. Zero, mamlakatimizning porloq kelajagi sizning qo’llaringiz bilan bunyod etiladi.

Oldingizga qo’ygan maqsadlaringizda zafar hamisha hamrohingiz bo’lishini tilaymiz.

Yo'lingiz doimo ochiq, iqbolingiz porloq bo'lsin, aziz yoshlar!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.3K viewsedited  03:50
Ochish/sharhlash
2023-06-29 15:46:24
#Tavsiya



Bolalarga yozgi ta’tilda o‘qish uchun 10 ta kitob — Respublika bolalar kutubxonasi mutaxassisi tavsiyasi. Batafsil...

1.“Peshonasiga televizor yopishgan bolaning sarguzashtlari” - Xudoyberdi To‘xtaboyev

2.“Buvamning oshqozonidagi mamlakat” - Qobiljon Shermatov

3.“Dahshatli Meshpolvon” - Anvar Obidjon

4.“Koinot javohiri” - Sa’dulla Quronov

5.“Bolalarga muhim narsa haqida” ("Детям о важном")- Natalya Remish

6.“Kel, do‘st bo‘lamiz! Bolani do‘st orttirishga qanday o‘rgatish mumkin?” - Xilari Pereyra

7.“Zumrad shahar parisi” ("Фея изумрудного города") - Sergey Suxinin

8.“Ahamiyatga egasan” - Kortni Makavinta va Andrea Vander Playm

9.“Kumush qashqa” - Artur Konan Doyl

10.“Tom Soyerning boshdan kechirganlari” - Adib Mark Tven

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.7K viewsedited  12:46
Ochish/sharhlash
2023-06-29 15:46:24
So'zning sehrli kuchi, muvaffaqiyatingizni belgilaydi

Sizning nutqingiz
noqis va zaif bo‘lsa, bilimingiz qanchalik chuqur bo‘lmasin, atrofingizdagilarni ishontirish uchun yetarli bo'lmaydi.

Aniq va lo'nda hamda yoqimli nutq tuza olish tajribasi va mahorati har bir inson uchun birday zaruriy ehtiyojdir.

Siz, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining Maktab.uz saytida taqdim etilayotgan "Notiqlik san'ati" onlayn darslarini o'zlashtirish orqali ravon va go‘zal ifodalarga boy nutqingiz bilan barchani mahliyo etishingiz hamda oson ishontirish mahoratini o'rganishingiz mumkin.

71 2020909
itsm.uz I Facebook I Telegram I Instagram I YouTube

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.7K viewsedited  12:46
Ochish/sharhlash
2023-06-29 15:45:20 Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
#abituriyent

JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.1K viewsedited  12:45
Ochish/sharhlash
2023-06-28 16:05:42 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Yosh chegarachilar” klublari tashkil etiladi

Hukumat qarori (261-son 26.06.2023 y) bilan “Yosh chegarachilar” to'g'risida nizom tasdiqlandi

Nizomga ko'ra, chegaraoldi shahar va tumanlardagi maktablarda “Yosh chegarachilar” klublari tashkil etiladi.

Klub maktab direktori tomonidan tasdiqlangan ramziy bayrog'i, vimpeli va shioriga ega bo'ladi.

Klub a'zoligiga maktablarning 9, 10 va 11-sinf o'quvchilari, o'z xohishiga ko'ra, cheklanmagan miqdorda qabul qilinadi.

Klubga qabul qilish uchun a'zolik badali yoki boshqa to'lovlar amalga oshirilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Qaror bilan shuningdek, “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasini o'tkazish tartibi belgilandi.

Unga ko'ra, “Yosh chegarachilar” klublarining chaqiriqqacha tayyorgarlik yoshidagi (10–11-sinf) a'zolari o'rtasida quyidagi 3 bosqichli musobaqalar o'tkaziladi:

tuman (shahar) bosqichi – mart-aprel oylarida;
viloyat (Qoraqalpog'iston Respublikasi) bosqichi – aprel oyining uchinchi o'n kunligida;
respublika bosqichi – may oyining ikkinchi o'n kunligida.

Musobaqada ishtirok etuvchi jamoa o'quv yilining boshida klubning musobaqa shartlari bo'yicha yuqori natija ko'rsatayotgan 10 nafar a'zosidan (8 nafar o'g'il, 2 nafar qiz) iborat tarkibda tuziladi.

Musobaqaning har bir bosqichida 1, 2 va 3-o'rinni egallagan jamoalar diplom, kubok va sovg'alar bilan mukofotlanadi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.8K viewsedited  13:05
Ochish/sharhlash
2023-06-28 14:21:53
МАТБУОТНИНГ КУНИ
Кўрдик-ки, томоқ йиртиб шовқини оламни тутадиганларнинг томоғини мойлаш учун бир зиёфат етарли экан.
Англадик-ки, кўп нарсалардан кўз юмиш учун аҳён-аҳёнда кўриб туришга битта Фахрий ёрлиқ кифоя экан.
Зиёфатга фермерлар ҳам ташриф буюргани-ю, фахрий ёрлиқ берилаётганида уларнинг чапак чалганидан ғурурланиб, мақтанишлари тубанликнинг энг Олий даражаси ва энг ачинарлиси ҳам шу бўлса керак!
Куни мана шундайларга қолган соҳанинг бугуни шундай бўлса эртаси қандай бўларкин???
Мирзабек ЖАПАҚОВ. (биринчи марта касбимни ёзишга уялаяпман).

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.3K viewsedited  11:21
Ochish/sharhlash
2023-06-26 15:19:04
Мактаблардаги таълим сифати: ўқувчиларга малакали муаллим, яхши шароит ва интерактив дарсликлар керак

Мактаб таълими чуқур ислоҳотларга муҳтожлиги аён. Ўзгаришларнинг мевасини кўриш учун ҳали яна 8-10 йил керак бўлади. Хўш, 10 йилдан кейин кўзланган натижага эришиш учун бугун нималар қилиш керак?

https://kun.uz/34569757

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.7K viewsedited  12:19
Ochish/sharhlash
2023-06-26 07:28:24
Ёзги таътилда болани нима билан машғул қилиш фойдали? Ота-оналарга тавсиялар

Ёзги таътилда болаларга мувозанатли дам олиш, ўрганиш ва шахсий ривожланиш имкониятларини тақдим этиш муҳим. Kun.uz ота-оналарга фарзандларининг ёзги таътилидан унумли фойдаланишлари учун керакли тавсияларни бир саҳифага тўплади.

https://kun.uz/57345786

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
6.1K viewsedited  04:28
Ochish/sharhlash