Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun O
Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun
Kanal manzili: @pedagoglarga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.89K
Kanalning ta’rifi

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir...
Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-07-20 07:18:20
#imtihon_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari joriy yilning 25-26-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Kirish imtihonlari bir bosqichda yo'nalishlar bo'yicha quyidagi tartibda o'tkaziladi:

Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.

Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3.4K views04:18
Ochish/sharhlash
2023-07-20 07:16:17 Bakalavriatga qabul tugayapti. Abituriyentlar hisobida 1 kun qoldi

Bugun, 20-iyul kuni soat 23:59 da OTMlarning bakalavriat bosqichi uchun qabul tugaydi. Hozirgacha 900 mingga yaqin abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishni oxiriga qoldirmaslik, to‘lovni kechiktirmasdan amalga oshirish, ma’lumotlarni tahrirlashni ham tezroq tugatish so‘ralyapti. Sababi qabulning oxirgi kunida sayt yuklamasi yuqori bo‘ladi.

Foydali ma’lumotlar:
Qabul kvotalari — turli ta’lim shakllari bo‘yicha;
Hujjat topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma;
Fanlar majmuasi;
2023-yilgi qabulda yangi ochilgan yo‘nalishlar ro‘yxati.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.2K viewsedited  04:16
Ochish/sharhlash
2023-07-19 12:56:33 Texnikum va kollej bitiruvchilari diqqatiga!
#abituriyent

Joriy 2023-yilda texnikum yoki kollejni tugatgan bitiruvchilar my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tayotganda taʼlim muassasasini tugatgan yil sifatida 2023-yil chiqmayotganini aytishmoqda.

Buning sababi oddiy.

Avval ham eʼlon qilganimizdek, joriy yil texnikum va kollejni tugatganlar diplom bilan emas, balki maktabning 11-sinf shahodatnomasi bilan o‘qishga topshiradi.

Ko‘pchilik diplom bilan topshiraman, deb o‘ylab adashyapti. Hatto ayrimlar "kollejim haligacha diplomni bermayapti, men o‘qishdan qolib ketaman", deb xavotir ham olishmoqda.

Yo‘q, yo‘q va yana yo‘q!

Sizlar maktabning 11-sinfini tugatgansizlar va abituriyent sifatida aynan maktab shahodatnomasi bilan topshirasizlar. Tugatgan yilga ham 2023-yilni emas, maktabni tugatgan yilni ko‘rsatasizlar.

To'lov masalasi-chi?

Va o‘z-o‘zidan testga kirish uchun to‘lov ham qilishlaringiz kerak. Ko‘pchilik, "biz 2023-yilda kollej yoki texnikumni tugatdik, demak biz joriy yilgi bitiruvchi sifatida to‘lov qilmaymiz", deb o‘ylashmoqda. Lekin unaqa emas.

Yuqorida aytganimdek, joriy yil texnikum va kollejni tugatganlar o‘qishga maktab shahodatnomasi bilan hujjat topshiradi va o‘z-o‘zidan avvalgi yillardagi bitiruvchi hisoblanadi. Shu sababli ular ham testga kirish uchun 165 ming so‘m to‘lov qilishadi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.0K viewsedited  09:56
Ochish/sharhlash
2023-07-19 11:25:32 Maktablarda yuqori internet tezligiga ega tarif rejalari joriy etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining "Umumtaʼlim maktablarini zamonaviy kompyuter texnikalari bilan taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, Raqamli texnologiyalari vazirligi 2024-yil 1-yanvarga qadar umumtaʼlim maktablari uchun yuqori tezlikda va cheklovlarsiz kirish imkonini beradigan yangi tarif rejasini ishlab chiqishi ko‘zda tutilgan.

Bunda, taʼlim muassasalarida 400 nafargacha oʻquvchisi boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, oʻquvchilar soni 400 nafardan koʻp boʻlganlarda — kamida 100 Mbit/s boʻladi;

“New Education” tarif rejasining har bir tezlikdagi paketi uchun har oylik abonent toʻlovi miqdorlarini belgilash va bunda taʼlim tashkilotlari tomonidan internet xizmatlaridan tungi vaqtda foydalanilmasligi inobatga olinadi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari umumtaʼlim maktablarini yuqori tezlikdagi internetga ulash hamda yil davomida uzluksiz ishlashi uchun zarur mablagʻlarni oʻz vaqtida mahalliy byudjetdan moliyalashtirib borishi ko‘zda tutilgan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.8K viewsedited  08:25
Ochish/sharhlash
2023-07-19 08:14:41
#Yurist_maslahati

Yangi oʻquv yilidan boshlab B2 sertifikati mavjud bo'lmagan chet tili oʻqituvchilari ishga olinmaydi, deb eshitdim. Bu toʻgʻrimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 312-sonli Qarori qabul qilingan.

Mazkur Qarorning 9-bandiga muvofiq, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

O‘tgan yili maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayonining davomiyligini ta’minlash, o‘qituvchilarga imkoniyat yaratish maqsadida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan chet tili fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilinmaslik xususidagi talab 2023/2024-o‘quv yilidan kuchga kirishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021-yildagi PQ-5117-sonli Qarorida 15 ta milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind tillari) xorijiy til sifatida ko‘rsatilgan.

Shunga ko‘ra, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar oʻqituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat talab etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
4.1K views05:14
Ochish/sharhlash
2023-07-18 18:52:12
Боғча ва мактабга қабул ёши ўзгартирилиши керакми? Экспертлар билан суҳбат

Ҳозирги давр болалари, ўтган асрдаги тенгдошларидан фарқли, тўқчиликда ва ахборот муҳитида улғайяпти, шунга кўра тезроқ социаллашяпти. Шунга қарамай, Ўзбекистонда ҳатто январ ойида туғилган болалар ҳам 7 ёшга тўлмай туриб мактабга қабул қилинмаяпти. Kun.uz бунинг сабаблари ва оқибатлари ҳақида таълим эксперти, психолог ва иқтисодчи билан суҳбат уюштирди.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.9K viewsedited  15:52
Ochish/sharhlash
2023-07-18 18:47:31
Болалар тугул катталар ўқишга уяладиган эртак китоблар

АОКА болалар адабиёти борасида масъулиятни унутиб қўйдими?

«Ўгай она Сунбул билан Гулни тарбия қилибди. Болалар катта бўлибди. Ўгай она Гулнинг ақлли, чиройли бўлганидан уни яхши кўриб қолган экан. Бир куни у Гулни ёнига чақириб, уни яхши кўриб қолганини айтибди».

Батафсил: https://ishonch.uz/archives/15269

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.5K viewsedited  15:47
Ochish/sharhlash
2023-07-18 06:40:30
Президент мактабларига кириш тестларини Кэмбриж мутахассислари тузгани тасдиқланди

Англиядаги ташкилот вакили мутахассислар тестларни тузишда саволларнинг такрорланмаслигини таъминлашга интилганини айтди. Айни пайтда, тестларнинг валидлиги бўйича зарур маълумотлар ҳамда интернетда тарқалиб кетган саволларга ҳар икки сменада берилган тўғри жавоблар кўрсаткичи ҳозирча очиқланмади.

https://kun.uz/25829637


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.9K viewsedited  03:40
Ochish/sharhlash
2023-07-18 06:17:23
transfer.edu.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish yuzasidan ariza berish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Ushbu platforma orqali davlat OTMning biridan boshqasiga ko‘chirish uchun ariza beriladi.

Bir OTM doirasida mos va turdosh yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishini ko‘chirish rektorning buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, xorijdagi yoki respublikamizdagi nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.6K viewsedited  03:17
Ochish/sharhlash
2023-07-17 12:31:28 “Uglevodorodlar” mavzusida o‘quv-qo‘llanma

Ushbu qo'llanmada Organik kimyo fanidan, jumladan uglevodorodlar bo'limidan egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlashga, amaliy ko'nikmalar hosil qilishga yordam beruvchi, mavzularning mazmuniga mos ravishda innavatsion texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanib o'qitishga alohida e'tibor qaratilgan.

Uglevodorodlarning tabiatda tarqalishi, gomologlari, nomlanishi, tuzilishi, fizikaviy, kimyoviy xossalariga oid asosiy ma‘lumotlarni tahlil qilish asosida mos keluvchi innovatsion ta‘lim texnologiyalari interaktiv metodlar, organayzerlar, strategiyalarni qoʻllash masalalari bayon etilgan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.8K viewsedited  09:31
Ochish/sharhlash