Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun O
Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun
Kanal manzili: @pedagoglarga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.89K
Kanalning ta’rifi

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir...
Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2023-05-11 19:06:08
Ўқитувчиларнинг ойлик маоши чет элда ва ўзимизда

Ўқитувчиларга юбориб қўямиз)

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
310 viewsedited  16:06
Ochish/sharhlash
2023-05-11 11:59:55
#сўровнома
Гитлер, Сталин, Собир Раҳимовлар ким бўлган?

Тарих фанидан 0 баҳога ўқиган ёшларимиз

"Собир Раҳимов ким бўлган?", деган саволга «метро бекати» деб жавоб беришмоқда...

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.3K viewsedited  08:59
Ochish/sharhlash
2023-05-11 11:11:19
#Ustozlar_uchun
Charades o'yini (fransuzcha “tomosha”)

Ushbu sodda, ammo klassik oʼyin darsni boshlashdan oldin oʼquvchilarni oʼz oʼrindiqlaridan turishga va darsga qatnashishga undaydigan ajoyib usuldir.

Resurslar: soʼzlar yozilgan kartochkalar.
Oʼtkazish tartibi: doska oldida turish uchun bir nafar oʼquvchini tanlang va oʼzingiz oldindan tayyorlagan biror soʼzni unga rolli ijro ettirin (gapirish mumkin emas). Sinfning qolgan qismi oʼquvchi nimani tasvirlamoqchi ekanini taxmin qilishi va topishi kerak. Oʼquvchilar oʼz taxminlarini baqirib aytishlari yoki qoʼl koʼtarib aytishlari bu sizning oʼqituvchilik mahoratingizga bogʼliq. Ijro etilgan soʼzni topgan oʼquvchi keyingi ijrochi sifatida doska oldiga taklif etiladi.

Eslatma: Oʼyin davomida barcha soʼzlarni yoki mavzuga oid soʼzni taʼriflash ham maqsadga muvofiq.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
2.7K viewsedited  08:11
Ochish/sharhlash
2023-05-11 07:59:40 1001 ta maktab ishtirokida o‘tkaziladigan baholash reytingi imtihonlari boshlandi

2022-yil 21-dekabrda baholash reytingida ishtirok etuvchi 1001 ta maktab qur’a tashlash yo‘li bilan tanlab olingan.
Jumladan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi — 70 ta;
Andijon viloyatidagi — 75 ta;
Buxoro viloyatidagi — 52 ta;
Farg‘ona viloyatidagi — 95 ta;
Jizzax viloyatidagi — 56 ta;
Namangan viloyatidagi — 71 ta;
Navoiy viloyatidagi — 37 ta;
Qashqadaryo viloyatidagi — 121 ta;
Samarqand viloyatidagi — 127 ta;
Sirdaryo viloyatidagi — 31 ta;
Surxondaryo viloyatidagi — 95 ta;
Toshkent shahridagi — 33 ta;
Toshkent viloyatidagi — 86 ta;
Xorazm viloyatidagi — 52 ta.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.1K viewsedited  04:59
Ochish/sharhlash
2023-05-11 06:53:55 Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi xodimlarning oylik maoshlari oshirildi

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.9K viewsedited  03:53
Ochish/sharhlash
2023-05-10 15:35:47 MMTV, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda imzolangan qo‘shma qaror.

Mazkur qo‘shma qarorga asosan, maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatini Yoshlar agentligi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilangan bo‘lib, mazkur yo‘nalishda eng yaxshi na'munali direktor o‘rinbosarlarini har chorakda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan BHMning 10 barobar miqdorida mukofot beriladi!

P.S: Aslida qo‘shma qarorda hech qanday yangi qo‘shimcha topshiriq yo‘q, doimo o‘zlari qilib yurgan ishlari bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mukofotlar ajratish tashabbusi bilan chiqildi.
@domlajon

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.2K viewsedited  12:35
Ochish/sharhlash
2023-05-10 15:34:42
Tasavvur qobiliyati yoʻq kishi teleskopsiz observatoriyaga oʻxshaydi

Hozir siz bilan bizga odatiy boʻlgan narsalar ham kimlarningdir tasavvur mahsuli. Yaratuvchanlikning asosi ham shu oʻzi. Xayoliy, notabiiy voqealarni tasavvurida jonlantirib uni ifoda etish, sinfda muhokama qilish – bolalar uchun ham qiziq, ham zavqli jarayon.

Bu qobiliyat barcha bolada bor, demak, uni namoyon etishga boʻlgan ehtiyoj ham doim boʻlgan. Fantastik hikoyalarda bola oʻzining xayolot olamini jonlantirishni oʻrganadi. Muhimi – ularda shu tasavvurni qachondir real hayotga koʻchirishga boʻlgan ishonchning borligi. Ajab emas vaqt oʻtib bola oʻz tasavvur mahsulining yaratuvchisiga aylansa.

Rasmda: 2022–2023-yilgi oʻquv mavsumi uchun tayyorlanayotgan 3-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligidan namuna.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.0K viewsedited  12:34
Ochish/sharhlash
2023-05-09 17:33:06 Chilonzordagi maktabda kaltaklangan pedagog ishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

9-may kuni Kun.uzʻda Chilonzor tumanida joylashgan 178-maktabning oʻqituvchisi rahbarligidagi 4-sinf oʻquvchisining onasi tomonidan kaltaklangani haqidagi surishtiruv eʼlon qilingandi.

Shundan soʻng, Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida maʼlumot bergan.

“Yetkazilgan tan jarohatining ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, jabrlanuvchiga sogʻliqning qisqa muddat buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan. Tergov jarayonida barcha vajlar tekshirilib, yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”,
– deydi poytaxt IIBB matbuot kotibi Nilufar Isaxanova.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.2K viewsedited  14:33
Ochish/sharhlash
2023-05-09 15:07:20
Байрам килаётган айрим одамлар нимани байрам килаётганини билмайди!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.8K viewsedited  12:07
Ochish/sharhlash
2023-05-09 10:34:23
Калтакланган ўқитувчи, «травма» олган болалар, бефарқ раҳбарият – Чилонзордаги мактабда нима бўлди?

Чилонзор туманидаги мактаблардан бирида бошланғич синф ўқитувчиси ўқувчининг онаси томонидан калтакланди. Ҳолатга болаларнинг ўзаро жанжали ва таълим муассасасидаги йиғ-йиғлар сабаб бўлгани айтилмоқда. Kun.uz вазиятни ўрганиш мақсадида воқеа гувоҳлари, ўқувчининг онаси ҳамда калтакланган педагог билан суҳбатлашди.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.5K viewsedited  07:34
Ochish/sharhlash