Get Mystery Box with random crypto!

#Эълон Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari! | Oʻqituvchilar uchun

#Эълон

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan “Maktabdan tashqari ta’lim: muammo va yechimlar” mavzusida 1-Respublika forumi tashkil etilmoqda!

Forum doirasida:

maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishda mavjud muammolar va kelgusidagi istiqbolli rejalarni belgilash,
viloyatda yangidan qurilgan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan yaqindan tanishtirish,
“Barkamol avlod” bolalar maktabi, Bolalar kutubxonasi direktorlari hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining hududiy bo’lim rahbarlari uchun seminar-treninglar tashkil etish rejalashtirilgan.

Vaqti: 19-20-may, 2023-yil.
Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 3-uy.

Ro'yxatdan o'tish uchun telegram raqami: +998 99 851 26 08

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU