Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliygohdan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish quyid | Oʻqituvchilar uchun

Nodavlat oliygohdan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi

Prezident qarori (15.06.2022, 279-son)ga ko‘ra talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

O‘tish balidan past ball to‘plagan
talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU