Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun O
Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun
Kanal manzili: @pedagoglarga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.89K
Kanalning ta’rifi

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir...
Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-07-05 08:57:52
Президентликка номзод Шавкат Мирзиёев (ЎзЛиДеП) илгари сураётган 9 та муҳим ташаббус билан танишинг.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.1K viewsedited  05:57
Ochish/sharhlash
2023-07-05 08:52:40 Сиртқи таълим шаклидаги 5 йиллик педагогик стаж ҳам 14 та йўналишга эмас, фақат 5 та йўналиш учун талаб этиладиган бўлди

Маълумки, Президентнинг 2022 йил 22 июндаги ПҚ-289-сон қарорига мувофиқ педагогика соҳасидаги таълим йўналишларига сиртқи таълим шакли бўйича ўқишга таълим тизимида педагогик фаолиятга оид камида беш йиллик иш стажига эга бўлган шахслар қабул қилинади.

Давлат комиссиясининг тегишли баёни билан сиртқи таълим шаклига педагогик фаолиятга оид камида 5 йил иш стажига эга бўлган абитуриентлар қабул қилинадиган бакалавриат таълим йўналишлари рўйхати тасдиқланди.

Булар:

бошланғич таълим;
тасвирий санъат ва муҳандислик графикаси;
мусиқа таълими;
жисмоний маданият;
технологик таълим.

Бунда ушбу таълим йўналишларининг сиртқи таълим шаклига халқ таълими тизимида камида 5 йил иш стажига эга бўлиб, ҳозирда ушбу тизимда фаолият кўрсатиб келаётган педагог ходимлар абитуриент сифатида рўйхатдан ўтиши белгиланди.

Бошқа таълим йўналишлари учун эса педагогик фаолиятга оид камида 5 йил иш стаж талаб этилмайди ва уларга исталган абитуриент онлайн рўйхатдан ўтиши мумкин.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
2.9K viewsedited  05:52
Ochish/sharhlash
2023-07-05 08:52:07
magistr.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish bo‘yicha videoyoriqnoma

Eslatma: hujjatlarni qabul qilish 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Sertifikatlar roʻyxati

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
2.1K viewsedited  05:52
Ochish/sharhlash
2023-07-05 08:51:20
"O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya boshlandi

Ayni vaqtda O‘zbekiston Kinematografiya agentligining Event Hall tadbirlar zalida “O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlamoqda.

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari Haftaligi doirasida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbirda:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova,

YUNISЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade,

TUM International tashkiloti boshqaruvchi direktori Friderike Hettinger,

Cambridge Assessment Markaziy Osiyo davlatlari uchun ta’lim xizmatlari departamenti direktori Stiv King,

Massachusets texnologiya instituti Ta’lim va innovatsiya departamenti direktori, J-WEL laboratoriyasi asoschisi Vijay Kumar,

Rossiya ta’lim akademiyasi Vitse-prezidenti, Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Vladimir Filippov,

“KEI Advanced, Inc. Kawaijuku-group” direktori Hiromitsu Sakata,

YUNISЕF Texnik Maslahatchisi Metyu Goldi-Skot ishtirok etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
2.2K views05:51
Ochish/sharhlash
2023-07-05 08:51:19
Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida tashkil etilgan “International Conference on Information, System and Convergence Applications” (ICISCA 2023) xalqaro ilmiy konferensiyaning birinchi kunidan video lavha

Konferensiya davomida Soon Ae Chun (Nyu York Shahar universiteti, AQSh) “Bog‘langan va aqlli jamiyat davrida ishonch va risklarni boshqarish” mavzusida taqdimot namoyish etdi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
2.2K viewsedited  05:51
Ochish/sharhlash
2023-07-04 03:20:16 #Энг_долзарб_саволларга_жавоблар!

Таълим даражаси юқори бўлмаган ("қизил") мактабга ишга кириш учун нима қилиш керак?

Савол:
Мен Сурхондарё вилояти Шеробод туманидаги мактабларнинг бирида тарих фанидан дарс бераман. Мен Андижон вилоятидаги таълим даражаси юқори бўлмаган ("қизил") мактаблардан бирига бориб ишламоқчиман. Бу учун кимга мурожаат қилишим керак бўлади? (Т.М.Х)

Жавоб: Низомнинг 13-банди: Бошқа ҳудудлардаги таълим даражаси юқори бўлмаган мактабларда дарс бериш истагини билдирган ўқитувчи-педагоглар электрон платформага киритилган таълим даражаси юқори бўлмаган мактабларнинг бирини танлаб, кўрсатилган вакант соатлар бўйича 15 майдан 25 июлга қадар умумтаълим мактаби директорига тўғридан-тўғри мурожаат қилади.

Низомнинг 14-банди: Ўқитувчи-педагоглар таълим даражаси юқори бўлмаган мактаб директорига қуйидаги ҳужжатларни тақдим этади:
мутахассислиги, дарс берадиган фанини кўрсатган ҳолда директор номига ариза;
доимий яшаш манзили (ҳудуд, туман/шаҳар номи), телефон рақами кўрсатилган маълумотнома — объективка;
олий ёки биринчи малака тоифасига эга эканлигини тасдиқловчи сертификат нусхаси.

Низомнинг 16-банди: Таълим даражаси юқори бўлмаган мактабларда дарс бериш истагини билдирган ўқитувчи-педагогларни саралаш бўйича Ишчи гуруҳ (кейинги ўринларда — Ишчи гуруҳ) тузилади.
Ишчи гуруҳ таркибига мактаб директори, директорнинг ўқув ишлари бўйича ўринбосари, кадрлар бўйича менежер (инспектор), психолог, мактаб касаба уюшмаси вакили киритилади.

Низомнинг 17-банди: Ишчи гуруҳ мурожаат этган ўқитувчи-педагоглар томонидан тақдим этилган ҳужжатларни ўрганиб чиқади.
Белгиланган талабларга мос келган ҳамда вакант соатлар бўйича бир ўринга икки ва ундан ортиқ номзодлар бўлган тақдирда, улар касбий билим ва кўникмалар, педагогик маҳорат ҳамда психологик қобилият йўналишида Ишчи гуруҳ томонидан суҳбатдан ўтказилади.
Саралаш онлайн тарзда ҳам амалга оширилиши мумкин.
Таълим даражаси юқори бўлмаган мактаб ҳар йили 5 августга қадар Ишчи гуруҳ томонидан ўтказилган ўрганиш ва суҳбат натижаларига кўра сараланган ўқитувчи-педагоглар ҳақидаги маълумотларни электрон платформага киритади.

P.S. Таълим даражаси юқори бўлмаган мактабларда ишламоқчи бўлган ўқитувчи-педагоглар:
тегишли фан йўналиши бўйича олий маълумотга эга бўлиши;
дарс бераётган фани бўйича биринчи ёки олий малака тоифасига эга бўлиши;
бошқа ҳудудда камида бир йил педагогик фаолият юритган бўлиши;
амалда фаолият юритаётган мактаб таълим даражаси юқори бўлмаган мактаблар рўйхатида мавжуд бўлмаслиги талаб этилади.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.7K viewsedited  00:20
Ochish/sharhlash
2023-07-01 06:52:25 Magistraturaga qabul boshlanmoqda

2023-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlanadi.

2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Sertifikatlar roʻyxati

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.2K viewsedited  03:52
Ochish/sharhlash
2023-07-01 05:59:41
#Video_jurnal
Darsning 3 daqiqasi

Tanqidiy fikrlash ko'nikmasi
(Barcha fanlarda foydalanish mumkin)

Videoni YouTubeda tomosha qilish uchun link




Darsingizning 3 daqiqasini ushbu videoga ajrating va o'quvchilaringiz fanga 3 karra ko'proq qiziqadi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.0K viewsedited  02:59
Ochish/sharhlash
2023-07-01 05:58:57
#Infografika
Konstruktivizm nima? Ta'limda uning ahamiyati qanday?

Infografika orqali ma'lumot oling.

Matn ko'rinishida o'qish

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.3K viewsedited  02:58
Ochish/sharhlash
2023-06-30 19:42:47
Ustozlar har doim oyliklar past ekanidan nolishadi, ammo, buni qanday qilib oshirish haqida hech ham o'ylab ko'rishmaydi

Matematika ustozlari 90 kun o'z ustida ishlab, GMAT sertifikatini olish mumkinligi haqida eshitganmisiz? Agar eshitgan bo'lsangiz, nega shu paytgacha harakatni boshlamagansiz?

Hozirgi kunda birgina mana shu sertifikatning o'zi siz uchun 50% ustama beradi va oyligingizni 1,5 barobarga oshirib beradi. Xo'sh, shunday ekan, haliyam oyliklar past deysizmi? Yoki, bugundan harakatni boshlab 3 oydan keyin siz ham oylik daromadingizni oshirasizmi?

Bir necha xalqaro olimpiadalari g'olibi va 2019-yilgi Xalqaro Jautikov olimpiadasi oltin medal sohibi Abbosxon Sayliev o'zining telegram kanalida GMAT imtihonidan qanday qilib yuqori ball olish bo'yicha ko'rsatmalarini berib kelyapti va ustozlar GMAT imtihonidan yuqori natijalar ko'rsatib kelishyapti.

Ustozlarni GMAT imtihonida yuqori ball olishdan to'xtatib turgan narsa esa "Masalalarga noto'g'ri yondashuv". Masalalarga to'g'ri usulda yondashish va masalalarni to'g'ri fikrlay olish sizni tezligingizni oshirib beradi. Masalalarni sharti orqali oxirgi kartinani ko'rishni boshlaysiz.

Ustozlarimizga hayitlik tuhfasi sifatida 1-iyuldan boshlab "FIKRLASH" kursini telegram kanalda mutlaqo bepul berib boramiz.

Hoziroq telegram kanaliga obuna bo'ling va GMAT imtihonidan yuqori ball olish uchun BEPUL fikrlash kursini biz bilan boshlang
https://t.me/gmat_sirlari
5.0K views16:42
Ochish/sharhlash