Get Mystery Box with random crypto!

Qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi uchun xodimga | Oʻqituvchilar uchun

Qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi uchun xodimga oyligiga ta’sir qilmagan holda imtiyozli ish shartlari qo‘llanishi mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan Mehnat Kodeksida voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmagan fuqarolarga qator imtiyozlar belgilangan.

Unga ko‘ra:

O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.

Ish beruvchi homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning), shuningdek oilaning betob a’zosini parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra ularga tibbiy xulosaga muvofiq to‘liqsiz ish vaqti belgilashi shart.

Ikki yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar beriladi.

Bu tanaffuslar kamida har uch soatda, har biri o‘ttiz minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda beriladi. Bu vaqt ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha ish haqi to‘lanadi.

Mazkur tanaffuslarning aniq davomiyligi va ularni berish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan belgilanadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU