Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun O
Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun
Kanal manzili: @pedagoglarga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.89K
Kanalning ta’rifi

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir...
Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-06-07 03:24:05 ​​Eng yaxshisi boʻlish uchun

Bir sinfda aʼlochi bir bola oʻqirdi. Lekin unda koʻrolmaslik odati bor edi. Sinfning eng yaxshi oʻquvchisi men boʻlishim kerak, boshqalar hamisha mendan orqada yurishi shart deb hisoblardi. Shuning uchun sheriklari darsda javob berayotganda oʻrtaga gap qoʻshib, ularni adashtirar, daftarlariga xato javoblarni yozib qoʻyar, xullas, ochiq dushmanlik qilardi. Buni sezgan oʻqituvchisi bir kuni uni xattaxta yoniga chiqarib, nega bunday qilayotganini soʻradi. Bolakay ichidagini yashirmadi:

– Ustoz, hech kim mendan zoʻr boʻlishini istamayman. Eng yaxshi, eng aʼlochi oʻquvchi oʻzim boʻlishimni xohlayman, – dedi u.

Ustozi doskaga teng uzunlikdagi ikkita chiziq chizdi. Soʻng soʻradi:

– Qara, oʻgʻlim, hozir taxtadagi chiziqlarning uzunligi bir xil. Birinchisi meniki, narigisi seniki. Seniki uzunroq boʻlishi uchun nima qilish kerak?

– Sizning chizigʻingizni oʻchirib, qisqartirish kerak, – deb javob berdi bola.

– Buning yana boshqa bir usuli bor, mantiqli va toʻgʻri usuli bor, – dedi oʻqituvchi va boʻr bilan bitta chiziqni davom ettirib uzaytirdi. – Koʻrdingmi, bu holda ham sening chizigʻing menikidan uzun boʻldi. Mening chizigʻimga esa zarar yetmadi. Agar boshqalardan aʼlochi boʻlmoqchi boʻlsang, ularning oyogʻidan chalishing emas, oʻz qobiliyatlaringni kuchaytirishing kerak. Shunda sinfning eng yaxshisi boʻlasan, oʻrtoqlaringga ham zararing tegmaydi. Ular senga havas bilan qaraydi, hurmatingni joyiga qoʻyadi.

Kichik sinfdagi bolalar orasida tez-tez koʻzga tashlanishi mumkin boʻlgan bu holat, afsuski, kap-katta kishilar oʻrtasida ham uchrab turadi. Aslida, oʻqituvchi aytgan haqiqatni anglab yetish unchalik qiyin ish emas. Buning uchun hayotga ochiq koʻz va uygʻoq vijdon bilan qarash kerak, xolos.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.8K viewsedited  00:24
Ochish/sharhlash
2023-06-06 10:17:02 Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?

Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi.

O‘quvchi Respublikadagi xohlagan Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?

Hujjatlar faqat nomzod o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (viloyat)dagi Prezident maktabiga topshiriladi.

Prezident maktablariga imtihonlar qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi matematika fanidan, 2-bosqichi esa fikrlash qobiliyatini aniqlash va ingliz tilidan bo‘lib o‘tadi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.2K viewsedited  07:17
Ochish/sharhlash
2023-06-06 06:13:27 Таътилингиз яхши ўтсин устозлар

Хуршид Карим шеъри
Шаҳло Ботирова
@Xurshid_Karim


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
9.7K viewsedited  03:13
Ochish/sharhlash
2023-06-06 06:13:27 ТАЪТИЛИНГИЗ ЯХШИ ЎТСИН

Элим дея заҳмат чекиб ишладингиз,
Ҳалол бўлиб, ҳалол луқма тишладингиз,
Илм бериб, илм излаб бир зум тинмай,
Айтинг қачон кўнглингизни ҳушладингиз,
Сизга бўлсин қалбимдаги дилрозларим,
Таътилингиз ҳушвақт ўтсин устозларим.

Сиз айтмайсиз сизни билган зотлар айтсин,
Сизга ҳасад қилган маъзлум, мотлар айтсин,
Тунлар бедор кўз нурингиз бериб шундоқ,
Ёзган ёзув,конспект-у хатлар айтсин,
Тиним билмас жонуяр-у, ҳамрозларим,
Таътилингиз ҳушвақт ўтсин устозларим.

Ўзбекистон Аллоҳ назар қилган диёр,
Шундай улуғ масканларни кезинг такрор,
Самарқанд-у, Бухорони,Хоразмни,
Водийга ҳам келиб кетинг йилда бир бор,
Сизга тилай бугун юксак парвозларим,
Таътилингиз ҳушвақт ўтсин устозларим.

Икки ой ҳам ўтиб кетар кўз юмгунча,
Бугун ниҳол эртага гул чечак,ғунча,
Вақт қадрига етиб яйранг таътил пайти,
Ташвишларга кўнгил бериб қўйманг бунча,
Кўз очгунча ўтиб кетар ҳуш ёзларим,
Таътилингиз ҳушвақт ўтсин устозларим.

Дунё шундай тугамайди ҳеч юмушлар,
Ҳалол бошда қўним топар ҳумо қушлар,
Яхши ҳордиқ меҳнат учун ҳамдам дерлар,
Сизни кутар эрта яна буюк ишлар,
Сизга битдим бугун дилдан,дил созларим,
Таътилингиз ҳушвақт ўтсин устозларим.

Хуршид Kарим

@Xurshid_Karim


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
9.5K viewsedited  03:13
Ochish/sharhlash
2023-06-06 03:35:11
Endi abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlashlari mumkin

Joriy yilda nechta oliy ta’lim muassasasini (ta’lim yo‘nalishini) tanlash mumkinmi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Bunda 5 ta ta’lim yo‘nalishini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlasa bo‘ladi.

Ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash mumkin. Misol uchun, -sini kunduzgi, -sini kechki, -sini sirtqi, -masofaviy.

Shuningdek, abituriyentlar tanlov ustuvorligini ham tanlaydilar: “davlat granti“ yoki “ta’lim yo‘nalishi” (batafsil yuqoridagi videoda tushuntirilgan).

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.8K viewsedited  00:35
Ochish/sharhlash
2023-06-06 03:35:11 Yozgi ta’tilda o‘qituvchilar necha kun dam olishi kerak?

Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi bergan axborotga ko‘ra, o‘qituvchilarning yozgi ta’tili 56 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bayram sanalari va dam olish kunlari ta’til hisobiga kiritilmaydi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodimlarning har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi kalendar kunlarida hisoblab beriladi. Mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari ta’til uchun hisobga olinmaydi.

Mehnat kodeksiga muvofiq, bir ish yili uchun mehnat ta’tillari miqdori ellik olti kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.

Ma’lumot uchun: Pedagog xodimlar ish vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.3K viewsedited  00:35
Ochish/sharhlash
2023-06-05 08:55:38 Metodik birlashma rahbari uchun berilayotgan 10 foiz ustama o‘qituvchilar uchun berilayotgan 40 foiz ustamaning tarkibiy qismiga kiradimi?

Vazirlar Mahkamasining Qarori (2019. 30. 09.823-son) bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandida umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan o‘qituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari o‘qituvchi sifatida ushbu Nizomning

20-bandiga asosan olishi mumkin bo‘lgan (40 foizgacha) ustamaga qo‘shimcha ravishda bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin.

Shunga ko‘ra o‘qituvchilarga bir vaqtning o‘zida Direktor jamg‘armasi hisobidan ushbu Nizom talablari asosida 40 foizgacha har oylik ustamaga qo‘shimcha ravishda 10 foiz uslubiy birlashma rahbarligi uchun qo‘shimcha haq (jami 40+10=50%) to‘lanadi.

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Moliya-iqtisod departmenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob bergan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
6.1K viewsedited  05:55
Ochish/sharhlash
2023-06-05 08:55:05
#talimgaoid

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.1K viewsedited  05:55
Ochish/sharhlash
2023-06-04 14:45:09
Болаларни 1-синфга қабул қилиш тартиби: муҳим 10 саволга 10 жавоб

Болани мактабга бериш учун қандай ҳужжатлар керак? 1-синфга қабул қилинаётганда бола билан суҳбат, тест, имтиҳон ёки шу каби синовлар ўтказиладими?

Батафсил Ўқиш

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.6K viewsedited  11:45
Ochish/sharhlash
2023-06-04 10:30:45 Umumta’lim muassasalarida yuqori tezlikka ega internet tarif rejasi joriy qilinadi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlarida “New Education” tarif rejasi joriy etiladi;

Bunda:

taʼlim muassasalaridagi bolalar sonidan kelib chiqib, “ New Education” tarif rejasi internet tezligi hajmlari belgilanadi;

taʼlim muassasalarida 400 nafargacha oʻquvchisi boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, oʻquvchilar soni 400 nafardan koʻp boʻlganlarda – kamida 100 Mbit/s boʻladi;

“New Education” tarif rejasining har bir tezlikdagi paketi uchun har oylik abonent toʻlovi miqdorlarini belgilash va bunda taʼlim tashkilotlari tomonidan internet xizmatlaridan tungi vaqtda foydalanilmasligi inobatga olinadi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.5K viewsedited  07:30
Ochish/sharhlash