Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun O
Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun
Kanal manzili: @pedagoglarga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.89K
Kanalning ta’rifi

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir...
Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-05-03 18:54:17
#Диққат

Мактабларда ремонт учун пул йиғиш қатъиян тақиқланган.

Сиз қайсидир мактаб ёки боғчаларда пул йиғиш билан боғлиқ ҳолатлар ҳақида хабардор бўлсангиз, мактабгача ва мактаб таълими бошқармасининг 712020909 рақамли «ишонч телефони»га мурожаат қилишингиз сўралади.

Барча танишларга юбориб, хабардор қилинг

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.8K viewsedited  15:54
Ochish/sharhlash
2023-05-03 07:15:42 ​​ Ota-onalarning taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 28-maydagi 131-sonli buyrugʻiga muvofiq ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishi mumkin emas.

Tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan har qanday bahsli vaziyatlar faqatgina maktab rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) hamda maktab psixologi bilan dars jarayoniga halaqit bermagan holatda hal etilishi lozim.

Taʼlim muassasasi hududida jamoa aʼzolarining ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan munosabatlari oʻzaro hurmat va hushmuomalalik tamoyillariga asoslanishi lozim, biror bir taraf tomonidan boshqasining shaxsiyatiga kamsituvchi hatti-harakatlarning sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tomonlar yuqoridagi talablarga rioya etmagan holatlarda vaziyatni barqarorlashtirish uchun mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish va hududiy ichki ishlar organlariga murojaat etishlari kerak.

Eslatib oʻtamiz, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasiga koʻra taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish holatlari uchun:

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

Agar xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining etti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.4K viewsedited  04:15
Ochish/sharhlash
2023-05-02 16:58:45
Ўқитувчилар ҳақидаги қонун лойиҳаси ниҳоят кун тартибига қайтди. Лойиҳа “қайчиланган” бўлиши мумкин

Педагогларга 5 йил эртароқ пенсияга чиқиш ҳуқуқини бериш, уларнинг уй-жой ва автомобил сотиб олишга сарфлаган даромадларини солиқдан озод қилиш, йилда бир марта соғлигини тиклаши учун базавий маошига тенг миқдорда моддий ёрдам бериш каби таклифлар лойиҳадан чиқариб ташланган бўлиши мумкин.

https://kun.uz/68604877

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
6.0K viewsedited  13:58
Ochish/sharhlash
2023-05-02 16:58:08 Bugun Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi

Pedagog xodim maqomini belgilash, ularning obro‘sini yana-da yuqori ko‘tarish, shaʼni va qadr qimmatini himoya qilish maqsadida Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar, taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan pedagog xodimlarning taklif va istaklari, shuningdek jamoatchilik muhokamasi doirasida kelib tushgan takliflar asosida qayta ishlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Loyiha Vazirlar Mahkamasi Rayosati qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim qilingan bo‘lib, joriy yilning 2-may kuni Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonun loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tishi hamda birinchi o‘qishda qabul qilinishi kutilmoqda.

Mazkur qonun loyihasida pedagog hodimlarning huquq va majburiyatlari, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi to‘g‘risidagi normalar belgilanmoqda.

Oliy majlis qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2023-yil 2-may kuni soat 15:00da Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.4K viewsedited  13:58
Ochish/sharhlash
2023-05-02 07:08:18 Мактабда таълим бераётган эркак педагоглар сони сўнгги 5 йилда қарийб 28 минг нафарга ошган

Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2022/2023 ўқув йилида республика бўйича умумтаълим муассасаларида таълим бераётган педагоглар сони (ўриндошларсиз) 521,6 минг нафарни ташкил этган.

Шундан 159,9 минг нафари ёки жамига нисбатан 30,7 % ини эркак педагоглар ташкил этган.

2022/2023 ўқув йилида 2018/2019 ўқув йилига нисбатан эркак педагоглар сони 27,8 минг нафарга ёки 21,0 % га кўпайган.

Таълим назорати


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.7K viewsedited  04:08
Ochish/sharhlash
2023-05-01 20:31:33
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab 11 yillik ta’limdan 12 yillikka uzaytirilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qilamiz.

O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuniga muvofiq unumiy orta ta’lim 11 yilni tashkil qiladi.

Har qanday rasmiy xabarlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.6K viewsedited  17:31
Ochish/sharhlash
2023-05-01 20:15:12 #Тезкор #Тўлиқ

Ўзбекистон Республикасининг янги таҳрирдаги Конституцияси тўлиқ шаклда.

Ўзбекистонда янги таҳрирдаги Конституция бугун 1 майдан эътиборан расман кучга кирди.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.7K viewsedited  17:15
Ochish/sharhlash
2023-05-01 15:05:06
Joriy yilning may oyi yurtimiz teatrlarida maktab o‘quvchilari uchun bepul spektakllar namoyish etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Madaniyat va turizm vazirligi tomonudan joriy yilning may oyi barcha tuman (shahar)larda “Teatr oyligi” deb e’lon qilindi.

Bundan ko‘zlangan maqsad, yoshlarda badiiy va estetik madaniyatni rivojlantrish va o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini ruyobga chiqarishdan iboratdir.

Oylik doirasida Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi 40 ta teatr jamoasi tomonidan maktab o‘quvchilari uchun turli mavzularda spektakllar namoyish etiladi. Bundan tashqari chekka hududlar uchun ko‘chma teatrlar tashkil qilinadi.

Unga ko‘ra o‘quvchilar ro‘yxati shakllantirilgan holda hafta davomida jadval asosida o‘quvchilarga bepul teatr namoyishlari tashkil etiladi.



"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
5.5K viewsedited  12:05
Ochish/sharhlash
2023-05-01 14:55:51 “Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi maʼqullandi

Bugun 1-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi.

Ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, quyidagi o‘zgarishlar nazarda tutilyapti:

pedagoglar mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi;

pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi;

ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodim biriktiriladi;

davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi;

pedagog xodimning kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta’minlanadi.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
6.6K viewsedited  11:55
Ochish/sharhlash
2023-05-01 14:26:03
“Maktablarda futbol” dasturi doirasida tashkil etilgan nazariy va amaliy seminar mashgʻulotlari yakunlandi.

Dastur doirasida tashkil etilgan seminar mashgʻulotlaridan videolavha.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.8K viewsedited  11:26
Ochish/sharhlash