Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun O
Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun
Kanal manzili: @pedagoglarga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.89K
Kanalning ta’rifi

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir...
Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 167

2021-02-02 09:18:58 Facebookdagi 5tashabbus.maktabda guruhimiz buyuk shoir, mutafakkir Mir Alisher Navoiy hazratlarining tavallud ayyomlari munosabati bilan post (publikatsiya)lar uchun ochildi.
Umumta'lim muassasalarida ulug' shoirimizga ba'g'ishlab o'tkaziladigan "Navoiy vorislari", "Navoiy ijodi - ma'naviyat sarchashmasi", "Navoiy ijodida insonparvarlik g'oyalari va odob", "Nazm va navo", "Navoiy asarlari bilimdoni", "Navoiy asarlarini jonlantiramiz" kabi tanlov, viktorina va kechalarni yoritishingiz mumkin!
#Navoiyni_sog'ingan_bormi?! #Navoiyni_eslamoq_uchun! #Navoiy_va_yoshlar
O'ylaymizki o'tajak tadbirlar yoshlarimizning Navoiy ijodi vositasida ma'naviy tarbiyalashga, ularning axloqiy kamolotiga xizmat qiladi!

https://www.facebook.com/groups/5tashabbus.maktabda
2.9K views06:18
Ochish/sharhlash
2021-02-02 06:41:21 O‘qituvchilar oyligidan turli jamiyatlar uchun ushlab qolinishiga munosabat bildirildi


So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilarning oylik maoshidan majburan ushlab qolish holatlari haqida xabarlar tarqalyapti.

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov kecha, 1 fevral kungi matbuot anjumanida O‘zbekiston Ma’rifatparvarlar jamiyati uchun o‘qituvchilar oyligidan ushlab qolinishi qanchalik to‘g‘ri ekani haqidagi savolga javob berdi.

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, Mehnat kodeksining 164-moddasida ishchi yoki xodimning yozma roziligisiz qaysi mablag‘larni ushlab qolish mumkinligi belgilangan.

Birinchidan, oylik maoshdan ushlab qolinadigan 12 foiz daromad solig‘i — bu majburiy bo‘lib, roziligidan qat’iy nazar undiriladi. Agar mol-mulk, yer yoki boshqa soliqlardan sudning ijro hujjatlari mavjud bo‘lganda ham xodimning roziligisiz ushlab qolish mumkin bo‘ladi.

“Turli jamiyatlarga to‘lovlar, vznoslar, ajratmalar xodimlarning yozma roziligisiz yoki ularni majburlab ushlab qolinishi mumkin emas.

Agar xalq ta’limi tizimida majburiy to‘lovlar borasida shikoyat bo‘lsa, qisqa raqam 1006 ga yoki 99 988 10 06 raqamiga, “Ustoz ovozi” degan platforma tashkil etganmiz, ustozovozi.uzedu.uz manziliga tizimdagi har qanday muammolar bo‘yicha murojaat etishlari mumkin”, deydi Temur Komilov.

Sunnatilla Abdullayev

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
@pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
6.0K viewsedited  03:41
Ochish/sharhlash
2021-02-01 19:01:32 2021 йил 2 февраль куни ўқувчилар учун эфирга узатиладиган телевизион дарслар жадвали

1-синф
Телеканал: “National Geographic”

8:30 ― Ўқиш
8:51 ― Она тили
9:11 ― Математика
9:31 ― Инглиз тили
9:41 ― Мультфильм (инглиз тилида)

2-синф
Телеканал: “National Geographic”

11:04 ― Она тили
11:18 ― Математика
11:36 ― Инглиз тили
11:49 ― Мультфильм (инглиз тилида)

3-синф
Телеканал: “National Geographic”

12:55 ― Она тили
13:15 ― Математика
13:35 ― Инглиз тили
13:49 ― Мультфильм (инглиз тилида)

4-синф
Телеканал: “National Geographic”

14:46 ― Она тили
15:04 ― Математика
15:27 ― Инглиз тили
15:39 ― Мультфильм (инглиз тилида)

Изоҳ: 1-4-СИНФЛАР телевизион дарслари 16:39 дан бошлаб такрорий эфирга узатилади

5-синф
Телеканал: “Eurosport”, “ТВЦ”

8:30 ― Инглиз тили
8:47 ― Мультфильм (инглиз тилида)
8:52 ― Математика
9:15 ― Информатика
9:36 ― Француз тили

6-синф
Телеканал: “Eurosport”, “ТВЦ”

10:57 ― Инглиз тили
11:09 ― Мультфильм (инглиз тилида)
11:18 ― Математика
11:42 ― Информатика
12:01 ― Француз тили

7-синф
Телеканал: “Eurosport”, “ТВЦ”

13:32 ― Инглиз тили
13:45 ― Мультфильм (инглиз тилида)
13:48 ― Алгебра
14:06 ― Информатика
14:24 ― Кимё

8-синф
Телеканал: “Eurosport”, “ТВЦ”

15:48 ― Инглиз тили
15:59 ― Мультфильм (инглиз тилида)
16:02 ― Алгебра
16:27 ― Информатика
16:46 ― Кимё

Изоҳ: 5-8-СИНФЛАР телевизион дарслари 18:13 дан бошлаб такрорий эфирга узатилади

9-синф
Телеканал: “Охота и рыбалка”, “Fashion TV”

8:30 ― Инглиз тили
8:46 ― Мультфильм (инглиз тилида)
8:47 ― Она тили
9:09 ― Адабиёт
9:25 ― Алгебра
9:33 ― Кимё

10-синф
Телеканал: “Охота и рыбалка”, “Fashion TV”

11:13 ― Рус тили
11:32 ― География
11:52 ― Она тили
12:07 ― Физика
12:20 ― Мультфильм (инглиз тилида)

11-синф
Телеканал: “Охота и рыбалка”, “Fashion TV”

13:38 ― Физика
13:54 ― Алгебра
14:10 ― Она тили
14:30 ― Француз тили
14:43 ― Мультфильм (инглиз тилида)

Изоҳ: 9-11-СИНФЛАР телевизион дарслари 15:56 дан бошлаб такрорий эфирга узатилади

@uzedu
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
@pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
8.1K viewsedited  16:01
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:27:53
Тан олинг, сиз бетобсиз

Шунчаки ҳуқуқлари топталнан бемор.

Юридик соҳада катта тажрибага эга бўлган мутахасислар йиғилган ЮРИДИК КЛИНИКА каналини тавсия қиламиз.


Канал орқали сиз:


Ўриндошлик асосида ҳамда бир неча касбда ва лавозимда ишлаш тартиби тўғрисида...

Ўкишга кириш имтиёз сифатиа стажга этибор бериладими

ФЕВРАЛ ОЙИДА КАРАНТИН ЧЕКЛОВЛАРИ ҚАЙТА ТИКЛАНАДИМИ

Ишга қабул қилмасак, ёзма жавоб хати беришга мажбурмизми

Кунлик доллар курси ҳақида аниқ статистик маьлумотлар.


Энг муҳими биз сизни қийнаётган ҳуқуқий муаммоларингиздан #батафсил_ва_қонуний рукни остида халос этамиз.


Мурожаат учун клиника_бот


Шунингдек, каналда жамиятдаги ижтимоий муносабатларга нисбатан энг кескин мақолалар ҳам жойлаб борилади.


ЮРИДИК КЛИНИКА - ҳуқуқлари топталган бемор бўлмаслигингиз учун.


Линк @Yuridik_klinika_uzb

Reklama
7.8K viewsedited  14:27
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:27:39 “Britancha” shtamm sabab ta’lim muassasalari yopiladimi?


Xabaringiz bor, joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekistonga koronavirusning “britancha” shtammi kirib keldi. Bu shtamm odatiy koronavirusdan yuqumliroq ekani bilan tavsiflanyapti.

Eng yomoni odatiy koronavirus asosan yoshi kattalar uchun xavfli bo‘lib, bolalarni chetlab o‘tgan bo‘lsa, bu shtamm aynan bolalar uchun xatarli deb qaralyapti. Shunday sharoitda O‘zbekistonda ta’lim jarayoni qay shaklda davom ettirilishi borasida savollar ko‘paydi. Bu masalaga aniqlik kiritish uchun “britancha” koronavirus sabab ta’lim muassasalari yopilishi mumkinmi, degan savol bilan QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovga yuzlandi.

“Maktabgacha ta’lim muassasalari yoki ta’lim muassalari yopilishi haqida fikr yo‘q. Qachonki yoki karantin tadbirlari joriy qilinsa, albatta, xavf guruhiga kiruvchi aholi qatlamiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunga ehtiyoj bo‘lmasin. Agar bo‘ladigan bo‘lsa, qaysi guruh, qaysi aholi qatlami havf guruhiga mansub ekanligini aniqlagan holda biron-bir qarorga kelinadi. Shunday ekan bu borada mutaxassislar fikri va takliflari asosida hukumat tomonidan qaror qabul qilinadi”, dedi Otabekov.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
@pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
8.0K viewsedited  14:27
Ochish/sharhlash
2021-02-01 16:20:13
MINI PROYEKTOR АKSIYA NАRXDА

Аniq va tiniq tasvir
Kuchli qizishdan saqlangan
Qulay oʼlcham
Foydalanish juda oson
Interfeys toʼliq rus tilida
Poverbankdan zaryad qilish imkoniyati
Tashqi karnaylarni ulash imkoniyati


O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish BEPUL

Oldindan hech qanday to‘lov YO‘Q

Eski narx: 776,100 so‘m
Yangi narx: 597,000 so‘m



Batafsil https://bit.ly/3pEv4pg
Buyurtma https://bit.ly/3pEv4pg
8.0K views13:20
Ochish/sharhlash
2021-02-01 16:16:16
Халқ таълими вазирлиги ва Россия Федерацияси маориф вазирлигининг "Зўр!" (“Класс”) лойиҳаси иккинчи босқичига старт берилди.

Иккинчи босқич доирасида жорий йилнинг 30-31 январь кунлари жами 47 нафар Россиялик ўқитувчи ва методистлар Ўзбекистонга етиб келишди.

Россиялик ўқтувчилар 2021 йил декабрь ойи якунига қадар А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти ишчи гуруҳи кўмагида республиканинг 70 та туман (шаҳар)ларида рус тили фан ўқитувчиларга эҳтиёжи бор 70 та мактабларда фаолият олиб боради.

А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг

Лойиҳанинг ҳудудлардаги жараёни расмий саҳифаларимизда ёритиб борилади!

Telegram |Facebook |Website

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
@pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
7.2K viewsedited  13:16
Ochish/sharhlash
2021-02-01 13:18:50
Диққат!

А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг "Ўзбекистон баркамоллик учун таълим дастури-Рақамли платформа ташаббуси" мавзусида ўтказилаётган халқаро вебинарининг 3 қисми ташкил этилади.

Кириш: А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти ректори А.Раджиев

Маърузачилар:

Жон Тулли - Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазири маслаҳатчиси, халқаро таълим эксперти

Ҳамда Ўзбекистон Баркамоллик учун таълим дастури экспертлари Роберт Ленгаче, Др. Кармен Стригел, Рабиеҳ Раззоук ва Лазиз Каршибаев

Ўтказилиш вақти: 2021 йил 3 февраль
Соат 10:30 да

Ҳаволаси:
https://deliveryassociates.zoom.us/w/98971044385

Марҳамат фаол бўлинг!

А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
@pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
8.0K viewsedited  10:18
Ochish/sharhlash
2021-02-01 12:27:09 Таълим тизимида бюджет маблағларини ўзлаштиришда қонун бузилиш ҳолатлари

Педагог-ўқитувчилар томонидан ўқувчиларга нисбатан қўпол муомолада бўлиш ҳолатлари

Ўқитyвчиларнинг ойлик маошидан мажбурий ушлаб қолиш ҳолатлари

АОКАда матбуот анжумани





"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
@pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
7.6K viewsedited  09:27
Ochish/sharhlash
2021-02-01 10:58:43 Respublika miqyosida ommalashtirilgan ishlar 5 yil muddatga amal qiladi

“Ilgʻor ish tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish” ning yangi tasdiqlangan tartibiga koʻra, ilk bor ommalashtirilgan ishlar uchun muddat belgilandi.

Unga koʻra, ilgʻor ish tajribalar Respublika miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab 5 (besh) yil muddatdan soʻng oʻz kuchini yoʻqotadi.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
@pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
8.4K viewsedited  07:58
Ochish/sharhlash