Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun O
Telegram kanalining logotibi pedagoglarga — Oʻqituvchilar uchun
Kanal manzili: @pedagoglarga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.89K
Kanalning ta’rifi

Bizning kanal maktablardagi oʻqituvchilarning muammolarini mutasaddilarga yetkazuvchi koʻprikdir...
Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-06-10 18:22:20 Oʻqituvchiga oʻrindosh boʻlib ishlayotgan maktabdan ham asosiy ish joyi kabi bir xil shartlar asosida mehnat taʼtili beriladimi? Ularga taʼtil puli toʻlash tartibi qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan barcha xodimlar, shu jumladan, oʻrindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega.

Kodeksga binoan, olti oydan kam ishlagan oʻrindoshlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtili ularning xohishiga koʻra, asosiy ish boʻyicha har yilgi mehnat taʼtili bilan bir vaqtda oʻrindoshlik asosida ishdagi taʼtil uchun ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlangan holda beriladi.

Olti oy va undan ortiq ishlagan oʻrindoshlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun ushbu toifadagi xodimlarning mehnat taʼtiliga ushbu taʼtil ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qatʼiy nazar toʻliq haq toʻlanadi.

Savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi javob bergan

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
2.8K viewsedited  15:22
Ochish/sharhlash
2023-06-10 13:35:16
Учтепада ўқитувчи ўқувчисининг яқинлари томонидан калтакланди. Жанжалда мактаб мулкига ҳам зарар етказилган

Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова Kun.uz сўровига жавобан ҳолатни шахсан ўзи назоратга олгани ва айбдорлар қилмишига яраша жазо олишини эслатди.

https://kun.uz/30009213

P.S: Tarbiyasizlikning yuksak choʻqqisi.
Aybdorlar qamalishini talab qilamiz!

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
3.4K viewsedited  10:35
Ochish/sharhlash
2023-06-09 12:21:05
Ўқитувчилар ва ишчилар тақчиллиги: Японияда қандай мутахассислар етишмаяпти ва у ерда яшаш учун рухсатномани қай тарзда олиш мумкин?

Япония анъанавий равишда хорижликлар учун жуда ёпиқ мамлакат бўлиб келган. Бироқ, аҳолининг тез қариши ҳокимиятни чет эллик ишчилар учун эшикларни очишга мажбур қилди ва айрим мутахассислар энди соддалаштирилган схема бўйича Японияда яшаш учун рухсатнома олишлари мумкин.

https://kun.uz/90354881

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.2K viewsedited  09:21
Ochish/sharhlash
2023-06-09 06:16:52 ОТПУСНОЙДАН ДАРАК БОРМИ

Эй ёронлар бу дунёда,
Мендек жони ҳалак борми,
Хабар беринг ҳамкасблар,
Отпуснойдан дарак борми.

Харажатлар турар тўп,тўп,
Пул бўлмаса қадр бир чўп,
Икки бўлиб берса ҳам хўп,
Оптуснойдан дарак борми.

Ташлаб қўйинг бир кўз қирин,
Тўкаяпти чўнтак сирин,
Таътил пули билан ширин,
Отпуснойдан хабар борми.

Ишламаган тишламайди,
Ёзда кўнгил хушламайди,
,, Ойлик бот"и ишламайди,
Отпуснойдан дарак борми.

Нарх навоси шошиб кетди,
Қирғоғидан тошиб кетди,
Шакар нархи ошиб кетди,
Отпуснойдан дарак борми.

Сиҳатгоҳга деманг ҳали,
Дам олиши ундан нари,
Қурилишга керак бари,
Отпуснойдан дарак борми.

Тўхтаб турар,,Зомин ",,Чортоқ",
Кўмир,ўтин керак ўртоқ,
Ёпиш керак банка,қопқоқ,
Отпуснойдан дарак борми.

Даромадга буромадмиз,
Пул бўлса жа аломатмиз,
Шукур деймиз,саломатмиз,
Отпуснойдан дарак борми.

Эллик олти ё қирқ саккиз,
Неча кунга тўлайсиз сиз,
Ҳой адлия кутяпмиз биз,
Отпуснойдан дарак борми.

Эй ёронлар бу дунёда,
Мендек жони ҳалак борми,
Хабар беринг ҳамкасблар,
Отпуснойдан дарак борми.

Хуршид Карим
@Xurshid_Karim

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
11.9K viewsedited  03:16
Ochish/sharhlash
2023-06-08 17:25:02
Шу кунларда ички ишлар идоралари айрим ходимларининг ғайриқонуний ҳаракатлари, шу жумладан қийноққа солиш ҳолатлари кенг жамоатчилигимизнинг эътирозларига сабаб бўлмоқда.

Ушбу ҳолатлар давлатимиз раҳбари олиб бораётган инсонпарварлик ва инсон қадри устуворлиги тамойилларига зиддир.

Ривожланган мамлакатлар тажрибаси шуни кўрсатадики, ички ишлар тизимини ислоҳ қилиш энг мураккаб вазифалардан бири бўлиб келган. Ички ишлар идораларини халқчил ва инсонпарвар тизимга айлантириш масаласи Ўзбекистон кун тартибида ҳам жиддий масала сифатида қолмоқда.

“Юксалиш” умуммиллий ҳаракати кенг жамоатчилик фикри ва соҳа экспертларига таянган ҳолда, қийноқларга барҳам бериш мақсадида 10 та таклиф ишлаб чиқди.

Батафсил: https://yumh.uz/uzc/news_detail/593

Lotinda

YUKSALISH HARAKATI
4.3K views14:25
Ochish/sharhlash
2023-06-08 15:07:37
Frilanserlikni o‘rganish uchun qulay bo‘lgan platforma yaratildi

Yozgi ta'til davrida uydan chiqmagan holda masofadan turib onlayn pul topishni istaysizmi? IT hamda dizayn sohalarida bilim va ko‘nikmalaringizni oshirishnichi?

Unda ushbu yangilik aynan siz uchun. Endi siz yozgi ta'til vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamay, myfreelance.uz veb sayti orqali frilanserlik faoliyati o‘zi nima? qanday qilib boshlash, buyurtmalar olish, ishlab topilgan pullarni yechib olish va boshqa shu turdagi frilanserlikka oid batafsil ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Shuningdek, ushbu saytda IT hamda dizaynerlik sohalarida o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni oshirishingiz mumkin.

Veb sayt uchun havola: www.myfreelance.uz

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.0K viewsedited  12:07
Ochish/sharhlash
2023-06-08 10:10:34
"Fan yuklamasi koʻp boʻlishi oʻquvchi bu fanni yaxshiroq oʻzlashtirishini anglatmaydi"

Yaponiyada oʻquvchilarning Matematika fanini oʻzlashtirishga sarflaydigan yuklamasi 7-sinflarda 4 soat, 8-sinflarda 3 soat, 9-sinflarda 4 soatni tashkil qiladi.

Kichik tadqiqotlarga, koʻra Amerika va Oʻzbekistonda bolalar uyga vazifalarni bajarish uchun kuniga 1.5-2 soat vaqt sarflaydilar. Yaponiyada esa bu koʻrsatkich oʻrtacha 1 soatni tashkil qiladi.

Ammo shunga qaramasdan Yapon oʻquvchilarining matematikani oʻzlashtirish koʻrsatkichi boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha yuqori.

Yaponiyalik ekspert Naoki Takahashi

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.3K viewsedited  07:10
Ochish/sharhlash
2023-06-07 14:36:52
Maktab direktori lavozimiga nomzodlar uchun tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan menejerlik o‘quv kurslari jarayonidan video lavha.

Kurs ishtirokchilarining fikr mulohazalari, taassurotlari bilan keyingi lavhalarda tanishishingiz mumkin.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.2K viewsedited  11:36
Ochish/sharhlash
2023-06-07 10:54:39
Agar oʻquvchingiz darsga yigirma minut kechikib kelsa qanday yoʻl tutasiz?

Gruzin pedagogi Shalva Aleksandrovich Amonashvili darsga kechikib kelgan oʻquvchilariga qarab: “Bolajonim keldingmi, darsga kir, toʻgʻrisini aytsam sensiz darsni boshlashim qiyin boʻlib turgandi. Kelganing yaxshi boʻlibdi”, — der ekan.

Oʻquvchi necha bor kechiksa ham ulugʻ gruzin muallimi bolani urushmas, unga psixologik yoʻl bilangina taʼsir qilarkan. Oʻquvchilar ham uning darslariga kechikmaslikka harakat qilar ekanlar. Shalva Aleksandrovich Amonashvili pedagogikada inson shaxsiyatini gumanizm uslubiyati bilan tarbiyalash konsepsiyani yaratgan edi.

Eng qizigʻi Shalva Aleksandrovichning oʻzi maktab davrida namunali oʻquvchilar sirasiga kirmagan, lekin Ona tili va adabiyot fan  oʻqituvchisining pedagogik mahorati tufayli  u maktabni aʼlo bahoga tamomladi.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.8K viewsedited  07:54
Ochish/sharhlash
2023-06-07 06:15:55
Ayrim ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni tashkil etish vazifasi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga o‘tkaziladi

Prezident qarori (2023.01.06.PQ-176) bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga vazirlik va idoralardan oʻtkaziladigan vazifalar va shtat birliklari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining:

2023-yil 15-iyundan Bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularni ruhiy qoʻllab-quvvatlash hamda mehribonlik uylari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi va 707 ta shtat birligi;

2024-yil 1-avgustdan Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish vazifasi va 222 ta shtat birligi yangi agentlikka oʻtkaziladi.

P.S: Qarorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar nazarda tutilgan.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU
4.3K viewsedited  03:15
Ochish/sharhlash