Get Mystery Box with random crypto!

APIO 2023 Xalqaro Olimpiadasi Asia-Pacific Informatics Olymp | Fan olimpiadalari

APIO 2023 Xalqaro Olimpiadasi

Asia-Pacific Informatics Olympiad(APIO) maktab o'quvchilari uchun IOI xalqaro informatika olimpiadasi tipidagi musobaqa bo’lib, ko’plab Osiyo va Tinch okeani davlatlari ishtirokida o’tkaziladi. Musobaqada 3 ta IOI uslubidagi masalalarni ishlash uchun 5 soat vaqt beriladi. Batafsil: apio2023.org.

O’zbekiston uchun APIO 2023 musobaqasi shu yilning 21-May kuni Toshkent shahrida o’tkaziladi. Musobaqada faqat maktab o’quvchilari qatnashishlari mumkin.

Musobaqada Sport Dasturlashi va IOI uslubidagi masalalarda tajribasi bor o’quvchilar qatnashishlari tavsiya qilinadi. Oldingi yilgi masalalarni quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin: https://oj.uz/problems/source/26

Qatnashchilar soni 18 tagacha chegaralangan. Barcha qatnashchilar quyidagi havola orqali registratsiya qilishlari lozim: https://bit.ly/apio-reg

Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati: 12-aprel kun oxirigacha.

Qatnashuvchilar soni 18 nafardan oshgan holda, RoboContest.Uz saytida saralash musobaqasi bo`lib o`tadi.

MUHIM : Siz O`zbekiston hududidagi maktab/litsey o`quvchisi ekanligingizni isbotlay olishingiz kerak bo`ladi.


@robocontest