Get Mystery Box with random crypto!

Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichiga start berildi. | Fan olimpiadalari

Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichiga start berildi.

Bugun Ona tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Oʻzbek tili va adabiyoti, Qozoq tili, Tojik tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Tarix hamda Geografiya fanlaridan Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi Farg‘ona viloyatida tashkil etilmoqda.

Mazkur olimpiadada asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichida 11-sinf o‘quvchilari orasida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan 264 nafar o'quvchilar ishtirok etmoqda. Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq pul mukofotlari va g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal bal beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar. G‘oliblarning ustozlari tegishincha BHMning 50,35,30 baravari miqdorida (16,5 mln, 11,55 mln, 9,9 mln) bir martalik pul mukofotlari bilan mukofotlanadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

Ushbu havola orqali jarayonlarni onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.
https://youtube.com/live/uiOiFH6r2FU?feature=share