Get Mystery Box with random crypto!

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI Q
Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Kanal manzili: @minstroyuz
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.24K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-04-24 14:16:14

#BILASIZMI

Qurilishda texnik nazorat qay tartibda amalga oshiriladi?

Obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishda texnik nazorat buyurtmachi tomonidan texnik nazorat boʻyicha mutaxassisni biriktirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Texnik nazorat boʻyicha mutaxassis:
• pudratchi tomonidan tashkiliy-texnologik hujjatlar va shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shuningdek, qurilish obyektida qurilish-montaj ishlari sifatining taʼminlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
• yashirin ishlarni tekshirish va muhim konstruksiyalarni oraliq qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
• texnik nazorat jurnalining toʻgʻri yuritilishini taʼminlaydi;
• qurilish jarayonida yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan pudratchilar va mualliflik nazorati boʻyicha mutaxassislar tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
• konstruksiyalarning ishonchliligiga hamda binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir koʻrsatuvchi, xususan, inson hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi kamchiliklar aniqlanganda, buyurtmachini hamda hududiy inspeksiyani taʼsirchan choralar koʻrish uchun xabardor qilgan holda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turadi;
• qurilish obyektidagi qurilish-montaj ishlari sifatini muntazam ravishda nazorat qiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
2.1K views11:16
Ochish/sharhlash
2023-04-23 13:46:19
   #BU_QIZIQ

      Yashil maydonlar aholi yashash joylarining ajralmas qismi hisoblanadi. Zero, oʻsimlik dunyosi sogʻligʻimiz uchun zarur boʻlgan kislorod moddasini taʼminlab berishi bilan ahamiyatlidir. Ular havodagi zararli chiqindi gazlarini tozalash bilan bir qatorda, issiqdan himoya qilish va shahar shovqinini nisbatan tindirish xususiyatiga ega. 
      Gippokrat, Platon, Aristotel kabi mutafakkirlar joylarni koʻkalamzorlashtirishning foydalari haqida juda koʻp taʼkidlaganlar. Bu  masala bugungi kunda ham oʻta dolzarb. Xususan, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Kanada va AQSH da “yashil loyihalar” tobora koʻpayib bormoqda.
      Eʼtiboringizga koʻp qavatli uy-joylar atrofidagi noodatiy yashil maydonlar fotojamlanmasini taqdim qilamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
358 views10:46
Ochish/sharhlash
2023-04-23 12:37:55
3 ойда 27,6 трлн сўмлик қурилиш ишлари бажарилган

Статистика агентлигининг дастлабки маълумотларига кўра, 2023 йилнинг январь-март ойларида Ўзбекистонда 27,6 трлн сўмлик қурилиш ишлари бажарилган. Бу 2022 йилнинг мос даврига нисбатан 4,5 %га ошган.

2023 йилнинг март ойида 1291 та янги қурилиш корхоналари ташкил этилган.

Қурилиш корхоналарининг энг катта қисми, яъни 7017 таси ёки республикадаги жами корхоналарнинг 20 % Тошкент шаҳрида жойлашган.

Каналларимизга аъзо бўлинг
|
Instagram| Facebook | Twitter | Telegram
648 views09:37
Ochish/sharhlash
2023-04-23 08:53:06
#BILASIZMI

Mavzelardagi yashil hududlarning kishi boshiga toʻgʻri keladigan maydonlari yuzasidan qanday talablar borligini bilasizmi?

“Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishni rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining 15-jadvaliga asosan mavzelardagi yashil hududlarning maydon oʻlchamlari koʻkalamzorlarni yaratish sharoitlariga bogʻliq tarzda belgilanadi.

Qulay sharoitda yaʼni tekislik va togʻoldi vohalarida:

•  bogʻlar, xiyobonlar - 1 m2 /kishi
•  turar joy uylari guruhlari va mahalla markazlari qoshidagi bogʻlar - 1-1,5 m2 /kishi
•  asosiy piyoda yoʻnalishlaridagi yoʻlaklar -  1-1,5 m2 /kishi

Cheklangan qulay sharoitda (choʻl-sahro vohalari, qoʻriq yerlar):
•  turar joy uylari guruhlari va mahalla markazlari qoshidagi bogʻlar - 1-1,5 m2 /kishi
•  asosiy piyoda yoʻnalishlaridagi yoʻlaklar - 1-1,5 m2 /kishi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.2K views05:53
Ochish/sharhlash
2023-04-22 17:52:19
#BILASIZMI

Qurilish ishlarini tashkil etish qay tartibda amalga oshiriladi?

Shaharsozlik kodeksining 31-moddasiga koʻra qurilish ishlari:
•  buyurtmachi tomonidan hududiy inspeksiya obyektda qurilish-montaj ishlari boshlanganligi toʻgʻrisida xabardor qilingandan keyin
•  pudratchilar tomonidan malakali muhandis-texnik xodimlar, mutaxassislar va ishchilar jalb etilgan holda
•  ekspert tashkilotlarining ijobiy xulosasi asosida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq
•  qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari majburiy ravishda mavjud boʻlganda amalga oshirilishi kerak.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.1K views14:52
Ochish/sharhlash
2023-04-21 11:15:10 «O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 21 апрель кунги 32-33-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан https://t.me/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Ушбу pdf файл таҳририят томонидан тақдим этилди.

Kanalga ulanish
https://t.me/uzbunyodkor
https://t.me/gazetalar_sharhi
1.2K views08:15
Ochish/sharhlash
2023-04-21 10:05:51
#XALQARO_HAMKORLIK

Samarqandlik qurilish sohasi xodimlari Xitoydagi nufuzli koʻrgazmada ishtirok etib qaytishdi

Samarqand viloyati hokimligi qurilish kompleksi masʼullari va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari Xitoyning Guanjou shahrida anʼanaviy tarzda 133 bor oʻtkazilayotgan “Kanton – 2023” Xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etishdi.

Batafsil https://zarnews.uz/iz

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.4K views07:05
Ochish/sharhlash
2023-04-21 10:01:56
RENOVATSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI

       Mamlakatimiz Prezidentining 2018-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomasida aholi turmush sharoitini yaxshilash, ularni munosib turar joy bilan taʼminlash, xalqimiz farovonligini oshirish kabi masalalarga eʼtibor qaratilgan edi.
       Xususan, yurtimizdagi mavjud 34 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylarning aniq holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, dunyodagi yirik megapolislarning bu boradagi tajribasini o‘rgangan holda renovatsiya dasturini, yaʼni eskirib qolgan ko‘p qavatli uylar o‘rnida zamonaviy sharoitga ega bo‘lgan yangi uy-joylar qurish dasturini ishlab chiqish lozimligi taʼkidlangan edi.

Batafsil: https://bit.ly/3KWpSt4

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.3K views07:01
Ochish/sharhlash
2023-04-21 05:36:51
HAYITINGIZ_MUBORAK

Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi barchangizni Ramazon hayiti bilan tabriklaydi!

Mehr-muruvvat oyi bo‘lmish qutlug‘ Ramazon shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Sizga va oila a'zolaringizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga esa qut-baraka tilaymiz!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
744 views02:36
Ochish/sharhlash
2023-04-21 05:22:07
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
661 views02:22
Ochish/sharhlash