Get Mystery Box with random crypto!

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI Q
Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Kanal manzili: @minstroyuz
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.24K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-05-03 11:54:24
#TABRIK

Erkin ijod – tezkor, toʻgʻri va xolis axborot garovi.
Erkin matbuot esa demokratiya namunasidir!

Ochiqlik va oshkoralik, soʻz va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan bugungi kunda yurtimizda ommaviy axborot vositalarining jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni har qachongidan mustahkam. Bu esa soha vakillaridan qalam tebratiladigan har qanday mavzuga oʻzgacha shijoat, yangicha fikr va xolisona tahlil bilan yondashish masʼuliyatini yuklaydi.

Bugun Yangi Oʻzbekistonning qiyofasi ham oʻzgacha. Yurtboshimiz rahnamoligida har bir hududda olib borilayotgan qurilish ishlari, chekka qishloqlar, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qurilish va uy-joy kommunal sohasini rivojlantirishga qaratilgan hukumat qarorlari yangidan-yangi islohotlarning zamini boʻlmoqda.

Albatta, bu singari bunyodkorliklar xalqimizga boʻlgan yuksak ehtirom namunasidir. Insonning ertaga yoki keyin emas, aynan bugun yaxshi yashashi, turmushidan rozi boʻlishidek ezgu maqsadga qaratilgan say-harakatlar mahsulidir.

Bunday muhim pallada qurilish va kommunal sohasi vakillari bilan yelkama-yelka turib, mamlakatimizdagi bunyodkorlik jarayonlari, sohadagi islohotlarni faol yoritayotgan, xalq bilan muloqotda mustahkam koʻprik vazifasini oʻtayotgan barcha matbuot xodimlari, jurnalistlar, bir soʻz bilan fidoyi qalam ahlini "Jahon matbuoti erkinligi kuni" bilan qalban tabriklaymiz.

Sizlarga faoliyatingizda yanada teran tahlil, ijodiy baraka va rivoj tilaymiz. Yurtimiz farovonligi yoʻlida erkin va mazmunli faoliyatingiz bardavom boʻlsin.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.7K views08:54
Ochish/sharhlash
2023-05-03 11:03:35
#JARAYON

Vazir oʻrinbosari ichki tizimdagi muammoni koʻtardi

Ishchi guruh Chirchiq shahridagi RK-3 8-kichik nohiya qozonxonasini ham koʻzdan kechirdi. Ushbu qozonxona faoliyati 2018-2019-yillarda toʻxtagan boʻlib, bugungi kunda toʻliq modernizatsiya qilinmoqda. Hozirda ikkita qozon oʻrnatilgan bo‘lib, yana bittasi mablagʻ yetishmovchiligi sabab olib kelinmagan. Agarda qozonlar toʻliq yangilansa iqtisodiy samaradorlik 30% oshadi. Natijada shu atrofdagi 108 ta koʻp qavatli uyning issiq suv va issiqlik tizimi yaxshilanadi.

Ozoda Joʻrayeva qozonlarni yangilash bilan bir vaqtda ichki tizimga ham eʼtibor qaratmasak, qilingan ishlar samarasi aholi turmush tarzida aks etmasligini aytdi. Hozirda uylarga boradigan asosiy quvurlar yaroqsiz ekani, uy ichidagilari esa butunlay kesib tashlanganini koʻrish mumkin. Shuni inobatga oladigan boʻlsak, qozonxona yangilangani masalaning yarim yechimi, - dedi vazir o‘rinbosari.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.6K views08:03
Ochish/sharhlash
2023-05-03 10:20:02
#OAV_NIGOHIDA

Qaror ijrosi amalda

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.4K views07:20
Ochish/sharhlash
2023-05-03 09:48:47
#Dayjest

Hafta dayjesti: qurilish va kommunal sohada ro'y bergan muhim voqealar tafsilotlari

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.6K views06:48
Ochish/sharhlash
2023-05-03 09:06:20
#Hududlardan_xabarlar

MATBUOT ANJUMANI: KOʻP QAVATLI TURAR JOYLAR QURILISHIDA NIMALARGA EʼTIBOR QARATILMOQDA?

Yurtimizda yangi turar-joy binolari, ijtimoiy soha obyektlari soni yildan-yilga ortib, shahar va qishloqlarimiz koʻrkam va zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Prezidentimizning 2021-yil 11-martda “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilinib, unda koʻp kvartirali uy-joylar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarning shaharlarga va tuman maʼmuriy markazlarga tutash hududlarida qurilishi belgilandi.

Bu borada Navoiy viloyatida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinyapti. Mana shunday samarali ishlarning natijasi haqida OAV vakillariga Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi vakillari tomonidan ma'lumotlar taqdim etildi. Anjuman davomida jurnalistlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

BATAFSIL https://jurnalistlar.uz/uzb/press/articles/matbuot-anzhumani-kup-kavatli-binolar-kurilishida-

#NAVOIY

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.5K views06:06
Ochish/sharhlash
2023-05-03 09:04:00
#JARAYON

Xabar berganimizdek, Prezident topshirigʻiga asosan Toshkent viloyatining har bir shahar va tumanlaridagi mavjud muammolarni bartaraf qilish boʻyicha ishchi guruhi shakllantirilib, joylarda oʻrganishlar olib borilmoqda. Bugun Chirchiq shahrida Prezident Administratsiyasi vakillari, vazirlik va idoralarning mutasaddilari ishtirokida ishchi guruhi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Ushbu uchrashuvda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva ham ishtirok etdi. Taʼkidlanganidek, viloyatning Toshkent tumani va Chirchiq shaharlarida aholi murojaatlari oshgan.

Yigʻilishda kommunal sohada muammolar koʻpligi, murojaatlarning asosiy qismi ham ayni yoʻnalishda boʻlayotgani aytib oʻtildi. Shu bois muammolarni bartaraf qilishda mablagʻ bilan taʼminlash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilishi qayd etildi. Uch kun davomida Chirchiq shahridagi barcha muammoli masalalar tahlil qilinadi, oʻrganiladi va yechimi boʻyicha xulosa beriladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.4K views06:04
Ochish/sharhlash
2023-04-29 18:58:09
#JARAYON

"Yangi Toshkent meʼmoriy qiyofasi loyihasi" tanlovida loyihachilar qaysi yo'nalishlar bo'yicha o'z ishlarini taqdim etdilar?

• o’tmish bilan kelajakni bog’laydigan "Tarix" o'qi;
• rivojlanayotgan O’zbekiston poytaxtining turizm saloyihatini oshiradigan "Turizm" o'qi;
• o'zida yangi avlod universitetlari va  yangi avlod tadbirkorlik shaharchalarini jamlaydigan "Texnologiya" o'qi.

Tanlovga qo’yilgan loyihalar:
- ishlab chiqilgan umumiy konsepsiya loyihasi;
- Toshkent bilan transport aloqalarini bog’lash yechimlari;
- avtotransport, piyodalar va velosipedlar uchun yaratilgan xavfsiz transport tizimi;
- hududning ishlab chiqilgan funksional tarxi;
- loyihada aks ettirilgan yangi davr maqsadlari va kelajak xarakteri;
- Toshkentning tarixiy davrlar turmush madaniyati va mahalliy me’morchilik an’analari xususiyatlarini aks ettirganlik darajasi;
— zamonaviy o‘zbek me’morchiligi yo’nalishini zamonaviy qurilish texnologiyalari bilan integratsiya qilingani singari talablar asosida shaharsozlik loyihalarini hayotga muvaffaqiyatli tadbiq etgan soha ekspertlari, yetuk mutaxassis va professorlar hay'ati tomonidan baholandi.

Yuqoridagi talablarni har bir o'q yo'nalishi bo'yicha o'z loyihalarida aks ettirgan munosiblar ikkinchi bosqichga muvaffaqiyatli o'tdilar. Ular kelgusida "Yangi Toshkent" loyihasini ishlab chiqish yuzasidan o'z izlanishlarini davom ettiradilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.3K views15:58
Ochish/sharhlash
2023-04-29 18:13:20
#JARAYON

Yangi Toshkent — yangi tarix!

Uni bunyod etishdek muhim tarixiy jarayonga munosib hissasini qo'shishga shay iqtidor egalarini "Hayot" labaratoriyasi yana birlashtirdi.

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi hamda Hayotlab jamoasi tomonidan 2021-yil yakunida start berilgan "Yangi Toshkent meʼmoriy qiyofasi loyihasi" tanlovining birinchi bosqich saralash natijalari e'lon qilindi.

Innovatsiyalar va ijodkorlik, dizayn, kelajak avlod turizmi, yangi biznes va iqtisodiy imkoniyatlar shakllanadigan, tabiiy merosni saqlab qolgan holda aqlli shahar yondashuvining amaldagi yorqin ifodasi bo'lishi kutilayotgan "Yangi Toshkent" loyihasi hayot sifati yuqori bo’lgan barqaror turar-joy maydonini loyihalash imkonini beradi.

“Yangi Toshkent” loyihasi bir tomondan shaharning kelajakdagi turar-joy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo’lsa, boshqa tomondan mintaqaviy miqyosdagi yangi diqqatga sazovor markazni yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.8K views15:13
Ochish/sharhlash
2023-04-29 17:47:24
#Kommunal_hisobot

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8-fevral kuni Toshkent shahriga tashrifi chogʻida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan "Veolia Energy Tashkent" MChJ XK bilan hamkorlikda “Shahardagi 300 km uzunlikdagi magistral issiqlik tarmoqlarini yangilash va yo‘qotishlarni 5 foizga kamaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.
      Poytaxtimizda issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida "Veolia Energy Tashkent" tomonidan joriy yilning bugungi kun holatiga koʻra quyidagi ishlar amalga oshirildi. Xususan, “Yo‘l xaritasi” asosida:
- 5,96 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlar yangisiga almashtirildi;
- 104 dona qozonda joriy ta’mirlash ishlari bajarildi;
5,8 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarida issiqlik izolyatsiya qoplamasini qayta tiklandi;
- 4 dona nasos stansiyalarini joriy ta’mirlash ishlari bajarildi;
- 239 dona zulfin yangisiga almashtirildi va ta’mirlandi;
-790 dona havodan o‘tgan issiqlik quvurlarining ustunlarini bo‘yash ishlari bajarildi.
      Ma’lumot uchun, “Yoʻl xaritasi” da belgilangan ishlarni bajarish muddati 2023-yilning 1-oktabr etib belgilangan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.3K views14:47
Ochish/sharhlash
2023-04-24 17:46:53
#MUNOSABAT

Telegram messenjeri orqali tarqalayotgan Toshkent shahri Sergeli tumanida qurilayotgan obyektning yuqori qavatlaridan quruvchilar tomonidan qurilish chiqindilari tashlangani tasvirlangan videolavha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o’rganilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
822 viewsedited  14:46
Ochish/sharhlash