Get Mystery Box with random crypto!

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI Q
Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Kanal manzili: @minstroyuz
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.24K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-05-12 19:32:19
#Ochiq_muloqot

Joylarda bu kabi samimiy ruhdagi uchrashuvlarning oʻtkazilishi biz singari qurilish tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Foydali maʼlumotlar, berilgan xolis tavsiyalar, eng muhimi davlat idorasi va tadbirkor oʻrtasidagi oʻzaro ishonchga, manfaatga asoslangan ochiq muloqot uchun tashakkur -  qurilish kompaniyasi xodimi Shahnoza Hamroyeva.

Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi qurilish-pudrat tashkilotlari bilan oʻtgan bugungi tadbirda tashkilot vakillarini qiynayotgan koʻplab masalalarga oydinlik kiritildi, samarali yechimlar topildi, munosib takliflar qabul qilindi. Demak, koʻzlangan asosiy maqsadga erishildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.3K views16:32
Ochish/sharhlash
2023-05-12 19:28:58
#Ochiq_muloqot

Ochiq muloqotda qurilish-pudrat tashkilotlaridan quyidagi takliflar bildirildi:

Platformada qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan tenderda qatnashish uchun ko'rsatilgan ish hajmlari va narx takliflari yuklanayotganda platforma tomonidan avtomatik o‘qish tizimini yaratish;
- Qurilish-pudrat tashkilotlari hisob-fakturalarini tizimning o'zida shakllantirishni har tomonlama to'g'ri joriy etish loyihasini loyiha va pudrat tashkilotlari bilan birgalikda  ko'rib chiqish;
- Loyiha ва pudrat tashkilotlari tomonidan “Shaffof qurilish” tenderlarida qatnashib, g‘olib bo‘lmagan bo‘lsa-da ishtirok etgan loyiha ва qurilish tashkilotlariga ham ma’lum miqdorda ball berishni ko'rib chiqish.


Mutaxassislar qurilish tashkilotlarining shu kabi takliflarini qabul qilib, aksariyati bo'yicha ishlar boshlab yuborilganligini ta'kidladilar. Shuningdek, ochiq muloqotda yig'ilganlarning sohaga doir boshqa masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.1K views16:28
Ochish/sharhlash
2023-05-12 19:25:25
#Ochiq_muloqot

Har bir savol va murojaat individual o‘rganildi.

Ochiq muloqotda ishtirokchilardan biri qurilish-pudrat tashkilotlari reytingiga qo'shilish uchun ariza qoldirgani, ammo hanuzgacha maxsus kirish kodini ololmagani yuzasidan murojaat bildirdi.

"Shaffof qurilish" markazi mas'uli tomonidan Statistika qo‘mitasi bilan integratsiya jarayoniga bog‘liq ushbu masala yuzasidan batafsil tushuntirish ishlarini olib bordi.

Eslatib o'tamiz, reyting ko'rsatkichlarini shakllantirish jarayoni idoralararo integratsiya qilingan hamda tashkilotlar o'rtasida interpolyatsiya mezonlariga asoslangan onlayn baholab borish platformasi hisoblanadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
921 views16:25
Ochish/sharhlash
2023-05-12 19:17:34
Президент Шавкат Мирзиёев Шайхонтоҳур туманидаги Жангоҳ маҳалласида амалга оширилган бунёдкорлик ишлари билан танишди ва аҳоли билан суҳбатлашди, Абдулла Қодирий кўчасидаги янгиланган хиёбонни кўздан кечирди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проделанной созидательной работой и побеседовал с жителями в махалле Жангох Шайхантахурского района, осмотрел обновленную аллею на улице Абдуллы Кадыри.

#Mirziyoyev #tanishuv #Shayxontohur #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
945 views16:17
Ochish/sharhlash
2023-05-11 11:12:48
#JARAYON

Shuningdek, ishchi guruhi Parkent tumanining Qizil togʻ (Krasnogorsk) shaharchasidagi koʻp qavatli uylar, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, muammolarni yechish boʻyicha takliflar yoʻl xaritasiga kiritildi. Bugungi kunda shaharchada 90 dan ortiq koʻp qavatli uy va ularga xizmat koʻrsatuvchi bitta boshqaruv kompaniyasi mavjud. Koʻp yillar davomida hududga eʼtibor qilinmagan, infrastruktura, kommunikatsiya tarmoqlari eskirgan yoki ishlamay qolgan.

Ishchi guruhi rahbari Sherzod Hidoyatov yertoʻlalarni shartnoma asosida tadbirkorlik istagida boʻlgan fuqarolarga berish va qoʻshimcha tushadigan mablagʻlargi koʻp qavatli uy-joy fondini saqlashga yoʻnaltirish lozimligini qayd etdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
847 views08:12
Ochish/sharhlash
2023-05-11 09:12:48
#JARAYON

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.Hidoyatov boshchiligida vazirlik ishchi guruhi a'zolari tomonidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi 101 ta ko'p kvartirali uyga xizmat ko'rsatuvchi "Obod uy kommunal" BSK faoliyati tanqidiy o'rganildi. Ko'p kvartirali uylarning yerto'lalari, tutash hududlarning toza va obodonlashtirilgani ko'zdan kechirildi. Mavjud kamchiliklar jiddiy tanqid qilinib, zudlik bilan bartaraf etishga ko'rsatma berildi.
Boshqaruv tashkilotining 10 nafar ishchi xodimi va mavsumiy ishchilari mavjud boʻlib, mutasaddilar tomonidan bu yetarli emasligi, xizmat sifatini oshirishda kadrlar masalasiga alohida e’tibor berish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Parkent tumanidagi 133 ta ko'p kvartirali uyga xizmat ko'rsatuvchi 3 ta BSK faoliyati ham o'rganildi. "Parkent yog'dusi" BSK boshqaruvidagi 12 ta uy ham ko'zdan kechirilib, dispetcherlik xizmati faoliyatini yanada jonlantirish zarurligi aytildi.
Navbatdagi manzil tumanning Xisorak qishlog'i bo'ldi. Qishloqdagi 15 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatuvchi “Xisorak mangu quyosh” BSK faoliyati koʻzdan kechirildi. Mutasaddilar boshqaruv tashkilotlari vakillarining sohaga doir muammolarini ham tingladilar. Xususan, hududlarning kadastr hujjatlarini markazlashgan usulda hal qilishga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.4K views06:12
Ochish/sharhlash
2023-05-10 19:44:45
#JARAYON

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Toshkent shahridagi hokim oʻrinbosarlari zimmasiga  yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Unda Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari Habibulla Mirsoatov ham ishtirok etdi. Maʼlumki, oʻtgan qish mavsumi juda sovuq keldi. Shu bois joriy yilgi mavsumga tayyorgarlik ishlarida koʻzga tashlanayotgan kamchiliklar qattiq tanqid qilindi. Shuningdek, sohaga javobgar hokim oʻrinbosarlari tomonidan BSKlarni qoʻllab-quvvatlash, aholi bilan ishlashda ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish, majburiy badal yigʻimlarini yigʻishda koʻzga tashlanayotgan muammoli holatlar oʻrtaga tashlandi. Vazir oʻrinbosari, oʻz ishiga panja ortidan qarayotgan mutasaddilar faoliyatiga “baho” berilishini alohida qayd etdi. Koʻp qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, yertoʻlalarni tozalash, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.8K views16:44
Ochish/sharhlash
2023-05-10 15:08:59
#JARAYON

Toshkent shahar Uchtepa tumani "23-Mavze" hududida buyurtmachi "Max group house" MCHJ tomonidan qurilayotgan savdo va maishiy xizmat ko'rsatish majmuasi qurilishi Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o'rganildi.

Obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g'risida 2021-yilda nazorat inspeksiyasiga xabarnoma yuborilgan. Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining tegishli xulosasi bilan bino eskiz loyihasi 3 qavatga kelishilgan. 2021-yilda esa ushbu obyektda loyihadan chetga chiqqan holda qo'shimcha qavatlar qurilishi aniqlangan. Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan tadbirkorga bir necha mata yozma ko'rsatma hamda ogohlantirish xatlari berilishiga qaramasdan qurilish ishlarini davom ettirgan tadbirkor Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 99-moddasi tegishli bandlari asosida javobgarlikka tortilgan hamda ushbu obyekt yuzasidan Sud organlariga da'vo arizalari kiritilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
2.0K views12:08
Ochish/sharhlash
2023-05-03 19:07:04
#MUNOSABAT

2023-yil 2-may kuni telegram messenjerida tarqalgan koʻp qavatli uy-joy holati aks etgan xabar joyida o‘rganildi.

Pudratchi tomonidan obyektga masʼul boʻlgan xodimlar va geodezik mutaxassislar tomonidan bino butun qavatlari boʻyicha yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarining vertikal va gorizontal joylashuvi bo‘yicha maxsus asbob-uskunalar yordamida oʻrganib chiqilgan hamda amaldagi shaharsozlik norma va qoidalariga ko‘ra “Binolar, inshootlarni qurishda geodeziya ishlari natijalarini qabul qilish va topshirish dalolatnomasi” taqdim etilgan. Taqdim etilgan ijro hujjatlari asosida inspeksiya tomonidan nazorat olib borilganda binoda hech qanday vertikallikdan ogʻish holatlari aniqlanmagan.

Ma'lumot uchun, koʻp qavatli bino Andijon shahar 22-uy Mashrab koʻchasida joylashgan boʻlib, “Biznes House ” MCHJ tomonidan 2021-2023-yillarda qurib bitkazilishi ko‘zda tutilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
959 views16:07
Ochish/sharhlash
2023-05-03 18:08:06
#MUNOSABAT

Joriy yil  3-may kuni kun.uz internet nashrining telegram kanali orqali  "Qoʻlansa hid, aldangan odamlar: Margʻilondagi mojaroli “dom” nomli videomurojaat eʼlon qilindi.

Mazkur murojaat Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi, hududiy nazorat inspeksiyasi, Margʻilon shahar hokimligi tomonidan nazoratga olinib, tegishli masʼullar ishtirokida oʻrganib chiqilmoqda.

Oʻrganish natijalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.4K viewsedited  15:08
Ochish/sharhlash