Get Mystery Box with random crypto!

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI Q
Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Kanal manzili: @minstroyuz
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.24K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-06-03 14:06:07
#JARAYON

Aholining hech qaysi murojaati e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Bu hozirda yurtboshimiz olgʻa surayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
       Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva oʻrganish ishlarini Chilonzor tumani 7-dahasida davom ettirdi. Natijada tumanda faoliyat yurituvchi “Bogʻiston” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatidan noroziligini bildirgan murojaatchining keltirgan bir necha sabablari notoʻgʻri boʻlib chiqdi. Mavzening 1-son koʻp qavatli uyida istiqomat qiluvchi aholining aksariyat qismini kompaniya faoliyati qoniqtirib kelmoqda. Hali ushbu uyga xizmat koʻrsatishni boshlaganiga 1 oy boʻlib ulgurmagan boʻlsa-da, kirish yoʻlaklari ta’mirlanmoqda. Deraza-romlar yangi energotejamkorlariga almashtirilmoqda. Uy atrof-hududini obodonlashtirish boʻyicha ham qator ishlar amalga oshirilgan.
- Qoʻshnilarimizning 80 foizi kompaniya ishidan rozi. Kompaniya vakillari har doim bizni eshitishadi, muammolarimizni hal qilib berishadi,-dedi aholi vakillaridan biri.
      Vazir oʻrinbosari boshqaruv tashkilotining samarali faoliyatida aholining daxldorlik tuygʻusi ustunligi muhim rol oʻynashini ta’kidladi:
- Bir oy muddat bu qaysidir tashkilotning samaradorlik darajasini bilish uchu juda qisqalik qiladi. Unga imkon, ba’zida yordam berishimiz kerak. Oddiygina, majburiy badal toʻlovlarini vaqtida toʻlash, ya’ni oʻz majburiyatimizni bajarish bilan biz boshqaruv tashkilotlariga katta koʻmak bergan boʻlamiz. U xodimlariga vaqtida pul toʻlaydi, moddiy-texnika bazasini yaxshilaydi. Natijada sifat oshadi. Zero, biz yashayotgan uyning sozligi eng avvalo oʻzimizga kerak,- dedi Ozoda Joʻrayeva.
     
Muhokamalar soʻngida kompaniya mas’ullariga xizmat sifatini yaxshilash, aholi muammolariga yanada e’tiborliroq boʻlish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
2.7K views11:06
Ochish/sharhlash
2023-06-03 12:36:25
#JARAYON

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva kuni kecha oʻtkazilgan rahbariyat qabulida kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqib oʻrganmoqda.
      Dastlab poytaxtimizning Yunusobod tumani Markaz-4 dahasi 26-son uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Ilgiza Salihovaning “Qashqar 2” uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati yuzasidan bildirilgan murojaati oʻrganildi. Mazkur shirkat tomonidan boshqaruvidagi 3 ta koʻp qavatli uyga deyarli xizmat koʻrsatilmagan. Uylarning umumiy holati tegishli talablarga javob bermaydi, muammolar ham talaygina. Nafaqat aholi vakillari, balki mahalla fuqarolar yigʻini ham shirkat faoliyatidan norozi. Hozirda mutasaddilar tomonidan shirkat faoliyatini oʻrganish boʻyicha koʻrsatmalar berilib, uning boshqaruvidagi uylarni aholi roziligi bilan boshqa boshqaruv tashkilotiga oʻtkazish choralari koʻrilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.8K views09:36
Ochish/sharhlash
2023-05-20 13:41:50
#BILASIZMI

Qurilish obyektlari hududini o'rash tartibiga oid talablar

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
2.0K views10:41
Ochish/sharhlash
2023-05-20 11:23:33 #rasmiymunosabat

Aholi roziligisiz Yunusobod tumani 8-mavzedagi qurilish amalga oshirilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida 8-mavze,17, 19 va 20-uylar oralig‘ida olib borilayotgan qurilish ishlaridan fuqarolarning noroziligi aks etgan xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat Toshkent shahar hokimligi va vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan manzilga chiqib atroflicha o‘rganildi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 5-fevraldagi 187-sonli qarori bilan "FRANCHISING INVEST" MChJga Yunusobod tumani, 8-mavze 17, 19 va 20-uylar oralig‘idagi 1,23 gektardan iborat yer maydoni mavjud avtoturargohni o‘z hisobidan buzish va o‘rnatilgan tartibda yetkazilgan zararlarni qoplash hamda aholining roziligini olish sharti bilan ko‘p qavatli bino qurish uchun ajratib berilgan.
Guvohi bo‘layotganingizdek, aholi roziligini olish muhim shart sifatida belgilangan.
Shunga ko‘ra, quruvchi kompaniya bu hududdagi bunyodkorlik ishlarini shu hududda yashovchi aholining roziligi bilangina boshlashi mumkin.

19-may kuni Qurilish tashkiloti Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan qurilishni aholining roziligisiz boshlamaslik, aks holda loyiha va loyiha oldi hujjatlari bekor qilinishi xususida rasman ogohlantirildi.
1.5K views08:23
Ochish/sharhlash
2023-05-19 16:53:23
#Биласизми

Янги қуриладиган кўп квартирали уйларни чиқинди тўплаш жойларини белгиламасдан лойиҳалаштириш ҳамда фойдаланишга қабул қилиш тақиқланади.

Шунингдек, янги қуриладиган кўп квартирали уйларнинг чиқинди тўплаш жойлари улардаги квартиралар сонига мутаносиб равишда ҳамда атрофдаги мавжуд чиқинди тўплаш шохобчалари қуввати ҳисобга олинган ҳолда лойиҳалаштирилади.

Каналга уланиш
https://t.me/huquqiyaxborot
1.6K views13:53
Ochish/sharhlash
2023-05-19 14:44:06
#Hududlardan_xabarlar

Bugun Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida 2023-2024-o’quv yili qabuliga umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda band bo’lmagan fuqorolarni jalb qilish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazildi.

Tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi Kompitensiyani rivojlantirish va malakani baholash tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i A'zamiddin Qo’ldoshev hamda vazirlik tarkibidagi Toshkent, Buxoro, Navoiy texnikumlari rahbarlari va ish beruvchi kompaniyalar vakillari maktab bitiruvchilari ishtirok etishdi. Tadbir qatnashchilari texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish barobarida mutaxassislardan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
2.0K views11:44
Ochish/sharhlash
2023-05-19 14:26:22
#Hududlardan_xabarlar

Har bir murojaat ortida inson taqdiri

Aholining barcha qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish, yechimini kutayotgan dolzarb muammolarni joyida aniqlash, oʻrganish hamda bartaraf etish maqsadida Prezident maslahatchisi rahbarligida 20 dan ortiq vazirlik va Respublika idoralari bilan bir qatorda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Farg'ona viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Fargʻona shahrida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

FARG'ONA VILOYATI

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.7K views11:26
Ochish/sharhlash
2023-05-19 10:59:44
#Rahbariyat_qabuli     

   Qurilish va uy- joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva bugun Toshkent shahri va viloyatlardan kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid murojaatlarini qabul qildi.
      Xususan, aholining  ko‘p qavatli uylarni boshqarish usulini o‘zgartirish, boshqaruv tashkilotlari faoliyatidan norozilik, noqonuniy qurilmalar, suv ta'minoti va unga qonunga zid ravishda ulanishlar, lift, oqova suv tizimi (kanalizatsiya), billing tizimi bilan bog‘liq  murojaatlari qabul qilindi. Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi mutasaddilar aholini qiynayotgan mazkur masalalarni bartaraf etish usullari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berdilar. O‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan aniq muddat belgilanib, chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
      Ozoda Jo'rayeva ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi ayrim boshqaruv tashkilotlari faoliyatini tanqid qilar ekan, moliyaviy qonunbuzlishga yo'l qo'yish og'ir oqibatlarga olib kelishini ta'kidladi.    
      - Kommunal sohada ko'p yillik tajribaga ega odam sifatida aytamanki, xalq puliga xiyonat qilganning kosasi hech qachon oqarmaydi,- dedi Ozoda Jo'rayeva.
  
Bugungi qabulga yozilgan 20 nafar fuqarodan 16 tasining murojaati ijobiy hal etildi va huquqiy tushunchalar berildi. Qolgan 4 ta murojaat  shaxsan vazir o'rinbosari nazoratida bo'lishi ta'kidlandi.
      - Aholimizni o'zi istiqomat qiladigan uyning taqdiriga befarq bo'lmaslikka undashimiz kerak. Yillar davomidagi e'tiborsizlik,  tomonlarda  daxldorlik tuyg'usining mavjud bo'lmaganligi tizimda yetarlicha muammolar yig'ilib qolishiga sabab bo'lgan, - dedi vazir o‘rinbosari.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.6K viewsedited  07:59
Ochish/sharhlash
2023-05-19 09:28:17
#JARAYON

Xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi uy-joy fondini rivojlantirish, uylar atrofining obodonligini ta’minlash, aholi roziligiga erishish, ko‘p qavatli uylarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish hamda boshqaruv tashkilotlarining ish faoliyatini o‘rganish, ularga amaliy yordam koʻrsatish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilgan edi.

Bugun poytaxtimizning Shayxontohur tumanida Prezident Administratsiyasi mas’ullari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Habibulla Mirsoatov, Toshkent shahar IIV boshlig‘i o‘rinbosari Ravshan Sultonxo‘jayev, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari va boshqa sohaga daxldor tashkilotlar vakillari ishtirokida ishchi guruh yig‘ilishi tashkil etilib, galdagi muhim vazifalar belgilab olindi.

Yigʻilishda tumandagi barcha koʻp qavatli uylarning muammolarni tizimli oʻrganish, aholi muammolari bilan ishlash, shu bilan birgalikda uylar atrofining obodligini saqlash boʻyicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, mulkdorlar roziligiga erisha olmayotgan boshqaruv tashkilotlari faoliyatini koʻrib chiqish masalasi ilgari surildi.

- Berilayotgan shuncha imkoniyatdan foydalana olmayotgan boshqaruv tashkilotlari faoliyatini uzoq davom ettira olmaydi,- dedi vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva.

Yig'ilishda hech bir muammo e’tibordan chetda qolmasligikerakligi ta’kidlandi. Tumandagi har bir hudud uchun alohida mas’ullar biriktirilib, ularga yo'nalishi bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.7K views06:28
Ochish/sharhlash
2023-05-19 07:55:01
#OAV_NIGOHIDA

  Boshqaruv servis kompaniyalari: Xizmat koʻrsatishning qulay tizimi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.7K views04:55
Ochish/sharhlash