Get Mystery Box with random crypto!

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI Q
Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Kanal manzili: @minstroyuz
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.24K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-04-13 11:50:29 #FARMON_SHARHI Ipoteka kreditlari va subsidiyalarni ajratish tartibiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi: banklarga ipoteka kreditlarini rasmiy daromadga ega boʻlmagan jismoniy shaxslarga ham ajratishga ruxsat etildi. Bunda ushbu fuqarolarning toʻlov…
1.3K views08:50
Ochish/sharhlash
2023-04-13 11:46:35 #FARMON_SHARHI

Ipoteka kreditlari va subsidiyalarni ajratish tartibiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:

banklarga ipoteka kreditlarini rasmiy daromadga ega boʻlmagan jismoniy shaxslarga ham ajratishga ruxsat etildi. Bunda ushbu fuqarolarning toʻlov qobiliyati ularning bank kartasidagi aylanmasi, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarini hisobga olish orqali aniqlanadi;

banklarga dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqib, kreditlar boʻyicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini oʻrnatish huquqi berildi. Bunda dastlabki badalni koʻproq toʻlagan fuqaro arzonroq kredit olish imkoniga ega;

subsidiyaga ajratilgan mablagʻlarni tezroq ishlatish uchun, subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushirildi. Bunda fuqaro 4 oyda sertifikatdan foydalana olmasa, u subsidiyaga qayta ariza topshirishi mumkin;

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Xalqparvar komissiyalarining xulosasiga asosan xato ajratilgan subsidiya sertifikatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri bekor qilish va toʻlovlarni toʻxtatish huquqi berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.3K viewsedited  08:46
Ochish/sharhlash
2023-04-13 11:25:43
Ипотека кредитлари орқали аҳолини уй-жой билан таъминлаш юзасидан янги фармон қабул қилинди

Бугун, 13 апрель куни Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан “2023 йилда бозор тамойилларига асосланган ипотека кредитлари орқали аҳолини уй-жой билан таъминлаш дастурини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ФАРМОН имзоланди.

Унга кўра, жисмоний шахсларга ипотека кредити беришнинг замонавий ва барқарор тизимини шакллантириш, уй-жой шароитини яхшилашга муҳтож бўлган оилаларни давлат томонидан манзилли қўллаб-қувватлаш, маҳаллий ва халқаро капитал бозорларида молиявий ресурсларни жалб қилиш ва кейинчалик уларни ипотека кредитларини қайта молиялаштиришга йўналтириш мақсади назарда тутилган.

Фармон тафсилотларини эълон қиламиз. Кузатиб боринг...

Каналга уланиш:
@uzauz
1.0K views08:25
Ochish/sharhlash
2023-04-13 10:49:07
#BU_QIZIQ

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.5K views07:49
Ochish/sharhlash
2023-04-13 09:24:44
#Bu_muhim



CATALOG.TMSITI.UZ platformasi orqali mahsulot hamda xizmatlaringizni davlat dasturidagi yirik loyihalarda keng qo'llash imkoniyatiga ega bo'ling!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.6K views06:24
Ochish/sharhlash
2023-04-13 08:50:09
#BU_QIZIQ

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.8K views05:50
Ochish/sharhlash
2023-04-13 08:12:52
#Hududlardan_xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408-sonli qaroriga asosan Namangan tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida aholini ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash masalasiga ham alohida ahamiyat berilmoqda.
Xususan, Namangan tumanining Bo‘ston mahallasidagi “Bo‘ston-1”, “Bo‘ston-2” , “Shodiyona” va “Shukrona” ko‘chalarida “Olmos Uychi” MCHJ tomonidan 12 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 1 ta suv inshooti qurilmoqda.
Shuningdek, “Olaxamak” mahallasidagi “G‘uncha”, “Ziyokor” va “Nurafshon” ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholining ham quvonchi cheksiz. Chunki mahallaga suv tarmog‘ini tortish bilan bir qatorda yaroqsiz holatga kelgan eski yo‘llarda asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.6K views05:12
Ochish/sharhlash
2023-04-12 15:12:59
#OAV_NIGOHIDA

Aholini uy-joy bilan taʼminlash koʻlami kengaymoqda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
2.2K views12:12
Ochish/sharhlash
2023-04-12 10:34:09
#JARAYON

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Habibulla Mirsoatov, Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari poytaxtimizning Yashnobod tumanida faoliyat olib boruvchi "Olmos" boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishdilar. Mutasaddilar faoliyatini endi yo‘lga qo‘yayotgan boshqaruv tashkiloti vakillariga aholiga xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha zarur tavsiyalarini berdilar.
Shuningdek, tuman aholisi bilan "O‘z uyingni o‘zing obod qil" mavzusida suhbat o‘tkazildi. Unda ko‘p qavatli uy taqdiriga befarq bo‘lmaslik, yosh avlodga kommunal madaniyat tushunchalarini singdirish, ularda o‘z uyiga, shu bilan birga umumfoydalanishdagi mulkka nisbatan ehtiyotkorlik munosabatlarini shakllantirish lozimligi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. O‘z o‘rnida aholining sohaga oid muammo va takliflari qabul qilindi. Ularning yechimi nazoratga olinishi alohida ta’kidlandi.
"Olmos" BSK tumandagi 70 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatib keladi. Bugungi kunda aholining debitor qarzdorligi 500 mln so‘mni tashkil etmoqda. Ozoda Jo‘rayeva aholi bilan suhbat davomida ana shu jihatga ham to‘xtalib o‘tdi.
- Men ko‘p ta’kidlayman, qars ikki qo‘ldan chiqadi. Majburiyatsiz huquq mavjud emas. Qachonki, fuqarolarimiz o‘z vaqtida to‘lov qilsa, xizmat sifati oshadi. Shu bois boshqaruv tashkilotining aholi oldidagi hisobdorligini oshirish kerak. Shunda aholimiz nima uchun pul to‘layotganini biladi,- dedi Ozoda Jo‘rayeva.
Mutasaddilar boshqaruv tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarida ham faol ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirishga hissa qo‘shdilar. Shuningdek, tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga uyidan chiqmagan holda faoliyat olib borishini ta’minlash uchun kompyuterlar sovg‘a qilindi.
2.2K views07:34
Ochish/sharhlash
2023-04-12 08:23:49 #MUNOSABAT

Buxoro viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Jondor tumani “Navgadi” MFY hududida “Evro Star Stroy” MCHJ tomonidan qurilishi boshlangan obyektda oʻrganish ishlari olib borildi va natijalar boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Belgilangan hududda savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi, kotej va koʻp qavatli turar-joy binosi qurish uchun 10000 m2 yer maydoni ajratilgan.

Mazkur obyekt qurilishi bosh rejada tasdiqlangan qizil chiziqdan chiqmagan holda OʻzGASHKLITI tashkilotining mutaxassislari tomonidan belgilab berilgan nuqtalar boʻyicha olib borilmoqda. Ammo ishchi-quruvchilar uchun ovqatlanish, dam olish, yuvinish xonalari, shtab xonasi uchun vaqtinchalik yengil konstruksiyadan qurilgan 120 m2-maydondagi qurilmalar bosh rejada koʻrsatilmaganligi bois noqonuniy deb topildi. Pudrat tashkilotiga yengil konstruksiyalarni 15 kun muddatda bartaraf etish va yer maydonini dastlabki holatga keltirish yuzasidan ogohlantirish berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
2.0K views05:23
Ochish/sharhlash