Get Mystery Box with random crypto!

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI Q
Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Kanal manzili: @minstroyuz
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.24K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-05-19 07:51:20 «O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 19 май кунги 41-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан https://t.me/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Ушбу pdf файл таҳририят томонидан тақдим этилди.

Kanalga ulanish
https://t.me/uzbunyodkor
1.7K views04:51
Ochish/sharhlash
2023-05-18 19:53:01 #MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qurilish tashkiloti vakillari hamda aholi o'rtasidagi ziddiyatli holat yuzasidan Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tegishli tartibda o'rganish ishlarini olib bordi va quyidagilarni ma'lum qiladi:

Toshkent shahri Yunusobod tumani 8-mavzeda joylashgan 17,19 va 20-uylar oralig‘ida “Franchising invest” MChJga Toshkent shahar hokimining tegishli qarori bilan ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurish uchun  1.23 gektar yer maydoni doimiy foydalanish uchun ajratib berilgan. Shundan so‘ng MChJ tomonidan ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurish uchun Toshkent shahar Arxitektura va shaharsozlik kengashining Arxitektura rejalashitirish topshirig‘i va bayonnomasi bilan 1 ta 3 seksiyali ko‘p qavatli turar joy binosi hamda 1 ta 4 seksiyali ko‘p qavatli turar-joy binosi tasdiqlab berilgan.  Quruvchi kompaniya tomonidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Toshkent shahar Arxitektura va shaharsozlik kengashining tegishli bayonnomasi va  “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKning 1 ta 3 seksiyali ko’p qavatli turar-joy uchun berilgan ijobiy yig‘ma xulosasi bilan Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasini xabordor etib ro‘yxatdan o‘tgan.

Shundan so‘ng “Franchising invest” MChJ va “Asia Global Products” MChJ o‘rtasida oldi-sotdi shartnomasiga asosan 1 ta 3 seksiyali ko‘p qavatli turar-joy binosi uchun mo‘ljallangan 4000m² yer maydoni va 1258 m² qurilishi tugallanmangan bino “Asia Global Products” MChJga o‘tgangandan so‘ng “Asia Global Products” MChJ tomonidan loyiha hujjatlariga o‘zgartirish kiritib, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining tegishli xulosasi va “Shaharsozlik hujjatlari ekspertiza” DUKning ijobiy yig‘ma xulosasi bilan Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyaga 9 qavatli turar-joy binosini qurish uchun aniqlik kiritib, qayta xabardor etgan holda qurilish-montaj ishlarini davom ettirgan.

MChJ ga tegishli qolgan 8300 m² yer maydonida 1 ta 4 seksiyali ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishi uchun hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tilmagan.

Hozirgi kunda hokim qarori bilan ajratilgan yer maydonida “Franchising invest” MChJ tomonidan hududda mavjud avtoturargoh sifatida foydalanib kelinayotgan yengil turdagi shiyponlarni buzish va qurilish maydonini to‘siqlar bilan o‘rash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu qurilish obyekti hududiy nazorat inspeksiyasidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng inspeksiya inspektori tomonidan obyekt tizimli nazoratga olinib, unga tegishli hujjatlarni nazorat qilish huquqiga ega bo‘ladi.

O‘rnatilgan tartibda xabarnoma yubormasdan va inspeksiyaning ro‘yxatidan o‘tmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlab yuborgan taqdirda inspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi.

Ma’lumot uchun, mazkur holat yuzasidan avval ham murojaat yoʻllangan boʻlib, unga javoban tegishli tartibda xat yuborilgan. Shuningdek, vazirlik axborot xizmati tomonidan munosabat berilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.8K views16:53
Ochish/sharhlash
2023-05-16 17:01:57
#XALQARO_HAMKORLIK

Qurilishda texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov boshchiligidagi masʼullar Janubiy Koreya markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti korporatsiyasi (KDHC) vakillari bilan uchrashdilar.

Tomonlar issiqlik taʼminoti sohasida oʻzaro tajriba va bilim almashishning istiqbollarini muhokama qildilar.

Xususan, KDHCning koʻp yillik tajribasi asosida 2023-yilda energiyani tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan bogʻliq 6 ta shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqish, energiya samaradorlikka oid standartlarni joriy qilish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik toza texnologiyalarni joriy etishga kelishib olindi.

Uchrashuvda issiqlik taʼminotini modernizatsiya qilish va mutaxassislarni tayyorlashda oʻzaro hamkorlik qilish manfaatli boʻlishi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.5K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-05-16 16:58:15
#Hududlardan_xabarlar

  Qashqadaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan viloyat hududida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
qurilayotgan noqonuniy obyektlarni aniqlash va ularni bartaraf
etish boʻyicha navbatdagi monitoring oʻtkazildi.

Monitoring davomida Qarshi shahri “Beklar” MFY hududida buyurtmachi-pudratchi tashkilot “Pahlavon Trans” MCHJ tomonidan 5 qavatli birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchasi qolgan qavatlari turar-joy binosi qurilishi noqonuniy ravishda amalga oshirilayotganligi aniqlandi. Shuningdek, obyekt qurilishida “Pahlavon Trans” MCHJ tomonidan qator qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgan.

Jumladan:
- loyiha-smeta hujjatlariga ekspertiza tashkilotining yigʻma ijobiy ekspertiza xulosasi olinmagan;
- obyekt qurilishi hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtkazilmagan;
- qurilish obyekti atrofi vaqtinchalik himoya to’sig‘i bilan o‘ralmagan.
- qurilish obyektida ishchi xodimlar tomonida texnika xavsizligi qoidalariga amal qilinmagan.

Inspeksiya mutaxassislari tomonidan “Pahlavon Trans” MCHJ rahbariyatiga obyekt qurilishi uchun ruxsat beruvchi shaharsozlik hujjatlarini toʻliq rasmiylashtirib, inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha talabnoma berildi.

Obyektda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar barcha turdagi qurilish-montaj ishlarini vaqtincha to’xtatildi.

#QASHQADARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.3K views13:58
Ochish/sharhlash
2023-05-16 14:42:10
#BU_QIZIQ

Oson, qulay va samarali yechim

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.7K views11:42
Ochish/sharhlash
2023-05-16 13:21:48 #XALQARO_HAMKORLIK    

      Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov boshchiligidagi mas’ullar  Janubiy Koreya markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti korporatsiyasi (KDHC) vakillari bilan uchrashdilar.
      Tomonlar issiqlik ta’minoti sohasida o‘zaro tajriba va bilim almashishning istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, korporatsiya tomonidan ishlab chiqilgan KSP - sohada kadrlarni o‘qitish, ularning malakasini zamonaviy talablar asosida oshirish, shuningdek ODA- issiqlik korxonalarini modernizatsiya qilish, sohaga energotejamkor loyihalarni joriy etish bo‘yicha loyiha dasturlari ko‘rib chiqildi.  KDHC vakillari o‘z faoliyati davomida to‘plagan ko‘nikmalari hamda tizimni yaxshilash yuzasidan jamlangan keyslari bilan bo‘lishishi mumkinligini bildirdi. O‘z o‘rnida vazirlik mutasaddilari ham mazkur tajribani o‘rganishdan mamnun bo‘lishlarini ta'kidladilar.
       KDHC korporatsiyasi bilan 2022-yil 6-iyunda imzolangan anglashuv memorandumi ikki tomonlama hamkorligimizda tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu do‘stona munosabatlar keyingi hamkorlik loyihalarining debochasi bo‘lishiga ishonaman. Janubiy Koreya dunyo energiya bozoridan muhim o‘rin egallagan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilish hamda malakaviy potensialni oshirish uchun grantlar jalb qilishda ko‘rsatayotgan amaliy yordamingiz uchun minnatdorlik bildiraman, - dedi vazirning birinchi o‘rinbosari. 
      Shuningdek, Sherzod Hidoyatov so‘nggi yillarda mamlakatimizning issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Tomonlar issiqlik ta’minoti sohasida kadrlarni tayorlash, issiqlik  obyektlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali energosamaradorlikka erishish bo‘yicha takliflarni muhokama qildilar. Shuningdek, markaziy isitish tizimiga oid qonunlarni ishlab chiqish, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti obyektlarini raqamlashtirish, xavfsizlik qoidalari, tarif siyosati kabi qator yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. 
      Ma’lumot uchun: Koreya markazlashtirilgan issiqlik korporatsiyasi - KDHC 1985-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Janubiy Koreyaning 50 foizdan ortiq aholisini issiqlik energiyasi bilan ta’minlab keladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.6K views10:21
Ochish/sharhlash
2023-05-16 13:21:41
1.5K views10:21
Ochish/sharhlash
2023-05-16 12:42:44
#MUNOSABAT

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan “Mening uyim” billing tizimi yaxshi ishlamayotgani, boʻlimlarning sekin ochilayotgani boʻyicha fikrlar qoldirilmoqda. Albatta, ularning tanqidlarida jon bor. Boisi hozirgi paytda “Mening uyim” platformasining dasturiy taʼminot tizimi toʻliq yangilanish jarayonida. Shuning uchun onlayn xizmat koʻrsatish jarayonlarida uzilishlar yoki sekinroq ishlashi kuzatilmoqda. Ushbu noqulayliklar uchun foydalanuvchilarimizdan uzr soʻraymiz. Yaqin kunlarda aholiga yanada qulay va tezkor ishlaydigan yangilangan platforma ishlay boshlaydi.

Maʼlumot uchun: bugungi kunda “Mening uyim” billing tizimiga mamlakatimizdagi 1 300 000dan ortiq xonadonlar ulangan boʻlib, koʻp qavatli uy-joylarga toʻlanadigan majburiy badal (kvartplata) pullarini avtomatik qabul qilish tizimi hisoblanadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.8K views09:42
Ochish/sharhlash
2023-05-16 10:33:25
#JARAYON

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mas'ullari ishtirokida Navoiy shahrida Qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyati, reytingiga bag'ishlangan ochiq muloqot olib borildi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.8K views07:33
Ochish/sharhlash
2023-05-16 07:35:07 «O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 16 май кунги 40-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан https://t.me/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Ушбу pdf файл таҳририят томонидан тақдим этилди.

Kanalga ulanish
https://t.me/uzbunyodkor
1.9K views04:35
Ochish/sharhlash