Get Mystery Box with random crypto!

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI Q
Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Kanal manzili: @minstroyuz
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.24K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2023-04-20 19:56:59
#XALQARO_HAMKORLIK

      Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davron Adilov boshchiligidagi bir qator mutasaddilar “MEDEF international” fransuz ishbilarmonlar harakati delegatsiyasini qabul qildilar.

       Uchrashuvda Fransiyaning nufuzli korxonalari bilan davlat xususiy sherikchilik asosida arxitektura va qurilish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish, shaharsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari  muhokama qilindi.  Shuningdek, sohada energosamardorlikni oshirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholini tabiiy resurslar bilan ta’minlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tomonlarning investitsiyaviy takliflari va istiqbolli loyihalari ko‘rib chiqildi.  Konstruktiv muloqotlar so‘ngida  o‘zaro hamkorlikdagi loyihalar sohani rivojlantirishdagi muhim qaror bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
       Ma'lumot o'rnida, Fransiya biznesini dunyo miqyosiga olib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan “MEDEF international” tadbirkorlik harakati 1989-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda  800 000 dan ortiq turli hajm va sohadagi biznes subyektlarini o‘zida jamlagan. Harakat Fransiya tadbirkorlik faoliyatini xalqaro darajada tanitish, mamlakatlararo savdo va hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.8K views16:56
Ochish/sharhlash
2023-04-20 12:25:13
#JARAYON

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Olmazor tumani Qoraqamish 1/3 dahasida joylashgan “Qichqiriq” mahallasida boʻlib, koʻp qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholining muammolarini oʻrgandi. Xususan, fuqarolarning sohaga doir bir necha murojaati qabul qilinib, joyida bartaraf etish choralari koʻrildi.

Mahallada joylashgan 22ta uyga xizmat koʻrsatuvchi “Olmazor kommunal baraka” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati koʻzdan kechirildi. Aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, jumladan, qoʻshimcha servis xizmatlarni tashkil etish boʻyicha kompaniyaga zarur topshiriqlar berildi.
Vazir oʻrinbosari boshqaruv tashkilotida mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlari bilan suhbatlashib, ularning mehnat sharoitlari bilan qiziqdi.

Sizlar sohamizning eng fidoyilari hisoblanasizlar. Mashaqqatli mehnatingiz tufayli biz mana shunday toza joylarda istiqomat qilamiz, - dedi Ozoda Joʻrayeva. Vazir oʻrinbosari kam ta’minlangan aholi vakillari holidan ham xabar oldi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
2.4K views09:25
Ochish/sharhlash
2023-04-18 14:41:59
#Bayram_shukuhi
#Kommunal_raqamlar

Sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari samarali joriy etilib, “Mening uyim” billing tizimi ishga tushirildi. Tizim boshqaruv organlarining yagona, ochiq elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, mulkdolar mablag‘idan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish, ularning talab va me’yorlarga amal qilinishini nazorat qiladi. “Mening uyim” billing tizimida bugungi kunga qadar tizimda jami 1,3 mln dan ziyod abonent ma’lumotlari shakllantirildi. Bunda xonadonlar mulkdorlarga boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlar elektron shaklda va onlayn rejimida taqdim etilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.2K views11:41
Ochish/sharhlash
2023-04-18 14:35:58
#Bayram_shukuhi

Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda O‘zbekiston milliy akademik drama teatri ijodiy jamoasi hamda o'zbek san'atining yorqin namoyondalari chiqishlari bilan davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.3K views11:35
Ochish/sharhlash
2023-04-18 14:23:39
#Bayram_shukuhi
#Kommunal_raqamlar

Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish dasturi doirasida 50 dan ortiq markaziy va mahalliy qozonxonalar hamda 132, 2 km uzunlikdagi issiqlik quvurlari modernizatsiya qilindi. Natijada 45 721 ta xonadondan iborat 1 069 ta ko‘p qavatli uy va 143 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik energiyasi bilan ta’minlandi.
Toshkent viloyatidagi 7 ta shahar va 15 ta tuman markazlarida issiqlik energiyasi ta’minotini tiklash loyihasi natijasida Toshkent viloyatidagi 868 ta ko‘p kvartirali uy va 42 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik ta’minotiga ega bo‘ldi.
Joriy yilda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun 250 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur loyihaga ko‘ra 5 ta qozonxona va 23 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari yangidan quriladi, 247 ta individual issiqlik punktlari o‘rnatiladi, 9 ta qozonxona va 96 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari amalga oshiriladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.1K views11:23
Ochish/sharhlash
2023-04-18 14:19:07
#Bayram_shukuhi

Xalqimizning turmush darajasini oshirish, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish, ularga qulay yashash sharoit yaratishdek ma’suliyatli soha fidoyilarining zahmatli mehnatlari munosib e’tirof etilmoqda.
Soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan vazirlik va uning tizim tashkilotlaridagi 142 nafar xodim “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanmoqdalar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.3K views11:19
Ochish/sharhlash
2023-04-14 16:21:49
#OAV_NIGOHIDA

Uy-joy qurilishi uchun imtiyozlar berilmoqda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.5K views13:21
Ochish/sharhlash
2023-04-14 15:50:17
#Rahbariyat_qabuli     

      Xabaringiz bor, haftaning juma kunlari vazirlik binosida Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva qabuli bo‘lib o‘tadi. Bugun ham poytaxtimizning Yunusobod, Chilonzor, Shayxontohur hamda Mirzo Ulug'bek tumanlaridan kelgan qator yurtdoshlarimizning kommunal sohaga oid murojaat va takliflari vazir o‘rinbosari hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan tinglandi.  Xususan, ko‘p qavatli uylarning boshqaruv usulini o‘zgartirish, boshqaruv tashkilotlari faoliyatidan norozilik yoxud moliyaviy munosabatlardagi noaniqliklar, ko‘p qavatli turar-joylardagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etishga oid 15 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.    
     Murojaatlarning aksariyati bo'yicha mutaxassislar tomonidan huquqiy tushunchalar berildi, shuningdek, o‘rganish va vaqt talab etiladigan muammolarni tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar belgilandi. Ozoda Jo'rayeva mazkur jarayonlar shaxsan nazoratida bo'lishini ta'kidlab, hech qaysi murojaat javobsiz qolmasligini bildirdi.
      - Aholimizni o'zi istiqomat qiladigan uyning taqdiriga befarq bo'lmaslikka undashimiz kerak. Yillar davomidagi e'tiborsizlik,  tomonlarda  daxldorlik tuyg'usining mavjud bo'lmaganligi tizimda yetarlicha muammolar yig'ilib qolishiga sabab bo'lgan.  Davlatimiz tomonidan sohaga berilayotgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda mazkur muammolarga tizimli ravishda yechim topish asosiy maqsadimizdir, - dedi Ozoda Jo'rayeva.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.6K views12:50
Ochish/sharhlash
2023-04-14 14:54:52
#OAV_NIGOHIDA

Aholiga ipoteka kreditlari berishning zamonaviy va barqaror tizimi shakllantirildi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.7K views11:54
Ochish/sharhlash
2023-04-14 14:49:27
#BILASIZMI

Aholi punktlaridagi qurilish uchastkalariga begona shaxslarning kirmasligini taʼminlaydigan himoya konstruksiyasida qanday talablar bajarilishi kerak?

• ishlab chiqarish hududlari toʻsiqlarining balandligi 2 metrdan kam boʻlmasligi, ish uchastkalariniki esa 1,2 metrdan kam boʻlmasligi;
• odamlar ommaviy tarzda oʻtadigan joylarga qoʻshilib ketgan toʻsiqlar yaxlit ustki himoya yopmasi bilan jihozlangan boʻlishi;
• ustki himoya yopmasi qordan tushadigan yuk hamda vaqtinchalik tushadigan omillar taʼsiriga chidamli boʻlishi;
• toʻsiqlar ish kuni davomida nazorat qilinadigan va ish tugagandan keyin qulflanadigan darvoza va darchalardan tashqari oraliqlarga ega boʻlmasligi talab etiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
2.0K views11:49
Ochish/sharhlash