Get Mystery Box with random crypto!

#BILASIZMI Mavzelardagi yashil hududlarning kishi boshiga t | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#BILASIZMI

Mavzelardagi yashil hududlarning kishi boshiga toʻgʻri keladigan maydonlari yuzasidan qanday talablar borligini bilasizmi?

“Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishni rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining 15-jadvaliga asosan mavzelardagi yashil hududlarning maydon oʻlchamlari koʻkalamzorlarni yaratish sharoitlariga bogʻliq tarzda belgilanadi.

Qulay sharoitda yaʼni tekislik va togʻoldi vohalarida:

•  bogʻlar, xiyobonlar - 1 m2 /kishi
•  turar joy uylari guruhlari va mahalla markazlari qoshidagi bogʻlar - 1-1,5 m2 /kishi
•  asosiy piyoda yoʻnalishlaridagi yoʻlaklar -  1-1,5 m2 /kishi

Cheklangan qulay sharoitda (choʻl-sahro vohalari, qoʻriq yerlar):
•  turar joy uylari guruhlari va mahalla markazlari qoshidagi bogʻlar - 1-1,5 m2 /kishi
•  asosiy piyoda yoʻnalishlaridagi yoʻlaklar - 1-1,5 m2 /kishi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|