Get Mystery Box with random crypto!

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI Q
Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Kanal manzili: @minstroyuz
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.24K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-06-10 11:21:54
#ONLAYN

Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Namangan shahri “Sardoba” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 34 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatuvchi “Inom xizmat servis” faoliyatini oʻrganmoqda. Mazkur uylarning 90 foizi ikki va uch qavatli boʻlib, 1960-yillarda qurilgan uylar hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, uylarning texnik holatini saqlash anchagina kuch va mablagʻ talab etmoqda.
    Ammo mazkur hududda ham aholining toʻlov qobilyati juda past. Ozoda Joʻrayeva mulkdorlar orasida targʻibot-tashviqot ishlarining yetarli darajada olib borilmayotganligi mazkur muammolarni keltirib chiqarayotganligini ta’kidladi. Bir oylik majburiy badal tushumlari 15 mln soʻmni tashkil etishi kerak, lekin hozirda tashkilot hisobiga 4 mln soʻm atrofida pul tushmoqda.
Tushumlarning pastligi ish sifatiga salbiy ta’sir oʻtkazadi. Bu mablagʻ ishchi xodimlarning oyligi uchun ham yetmaydi. Natijada tizimda koʻplab muammolar kelib chiqadi. Siz aholi bilan samarali ishlamas ekansiz, tashkilotingizni rivojlantira olmaysiz, - dedi vazir oʻrinbosari.
      Mahalladagi texnik holati yaxshi boʻlmagan, ma’nan eskirgan ikkita uy renovatsiya dasturiga kiritilgan. Ozoda Joʻrayeva mazkur uylarning xavfsizligini ta’minlash, elektr simlarini tartibga solish boʻyicha boshqaruv tashkilotiga tegishli topshiriqlar berdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.8K views08:21
Ochish/sharhlash
2023-06-05 20:42:02
#MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Do'stlik" (Bobur) bog'idagi holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining munosabati

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
820 views17:42
Ochish/sharhlash
2023-06-05 18:13:18 #XALQARO_HAMKORLIK

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirining birinchi o'rinbosari Sherzod Hidoyatov Osiyo taraqqiyot bankining konsultativ bo'limi direktori Takeo Koike boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda vazirlik va Osiyo taraqqiyot banki o'rtasidagi loyihalar, xususan, Buxoro shahrida issiqlik ta'minoti tizimini  modernizatsiya qilish yuzasidan OTBning konsultativ ko'magi asosida ishlab chiqilgan dastlabki texnik-iqtisodiy asos shuningdek, Namangan shahrida kuniga 100 m3 oqova suv tozalash inshooti loyihalari bo'yicha keng qamrovli muhokamalar olib borildi.

Bugungi kunda vazirlik OTB bilan hamkorlikda Buxoro shahridagi issiqlik markazlarini rivojlantirishda 110 Mvtlik kogeneratsiya texnologiyalardan foydalangan loyihani amalga oshirish bo'yicha ishlarni tashkillashtirmoqda.
Bunda vazirlik 2022-yil 31-oktabrda OTB bilan imzolagan bitimga asosan Buxoro shahridagi loyiha bo'yicha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, moliyaviy model, loyiha konsepsiyasi, barcha tender hujjatlari va davlat-xususiy sheriklik shartnomasi ishlab chiqilishi, shuningdek, tender takliflarini baholash ishlarni amalga oshirishga kelishgan.
Shu bilan birga Namangan oqova suv tozalash inshootini hayotga sifatli tadbiq etish yuzasidan vazirlik OTB bilan hamkorlikda oqova kollektoridagi ifloslantiruvchi darajani aniqlaydigan aqlli bio-sensorlarni o'rnatish bo'yicha ishlarni boshlamoqda.

Mazkur loyihalar hozirgi kundagi dunyo standartlariga mos, zamonaviy texnoligiyalardan foydalangan holda amalga oshirilishi, natijada, energiya samaradorlikka erishish, chiqindilarning ekologiyaga zararini kamaytirishga xizmat qilishi ko'zda tutilgan.

Jarayonda Osiyo taraqqiyot banki vazirlikni Namangan oqova suv tozalash loyihasi Buyuk Britaniyaning “Partnership Awards 2023” ko‘rik tanlovida “Eng yaxshi kommunal loyiha” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgani bilan tabrikladi.
Tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish hamda mazkur loyihalar ustida hamkorlikda kompleks choralarni amalga oshirib borishga kelishib oldilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.3K views15:13
Ochish/sharhlash
2023-06-05 18:13:12
1.2K views15:13
Ochish/sharhlash
2023-06-05 09:38:17
#Hududlardan_xabarlar

Qurilishda nazorat tadbirlari davom etmoqda. Navbatdagi manzil Fargʻona viloyati.

FARG'ONA

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
2.8K views06:38
Ochish/sharhlash
2023-06-05 09:35:25
#MUNOSABAT

Bugun Effekt Makarenko telegram kanali orqali e'lon qilingan holat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan oʻrganib chiqilmoqda.

Oʻrganish natijalari boʻyicha batafsil maʼlumot taqdim etiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
2.1K views06:35
Ochish/sharhlash
2023-06-05 09:27:54
Samarqanddagi maktab, bog‘cha va shifokorlik punktida qurilish talablarini bajarmaslik holatlari fosh etildi

Qurilish tashkilotlariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Batafsil — http://dy.uz/y86So

Yangilangan mobil ilova iOS | Android
1.6K views06:27
Ochish/sharhlash
2023-06-05 09:14:03 #MUNOSABAT

Facebook ijtimoiy tarmogʻida bayon qilingan holat Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻrganildi. Maʼlum boʻlishicha, Jizzax shahri Alisher Navoiy koʻchasidagi koʻp qavatli 28/A-sonli turar-joy obyekti inspeksiyadan 2017-yil 23-avgustda ruxsatnoma orqali roʻyxatdan oʻtgan.

Obyekt 3 ta blokdan iborat boʻlib, hozirgi kunda 1-blok 1-yoʻlakning dastlabki qavatidagi savdo doʻkonlari toʻliq yakunlanmagan, yuqori qavatlardagi turar-joy qismida qurilish ishlari tugatilgan. Huddi shu holatni ikki yoʻlakli 2-blokda ham koʻrish mumkin.
     
Mazkur qurilish obyektida inspeksiya tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat ishlari olib borilgan. Loyiha hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilgan. Nazorat davomida inspeksiya tomonidan shaharsozlik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf  qilish yuzasidan tegishli taʼsir choralari ham qoʻllanilgan.

“Sangzor dizayn qurilish” MCHJ tomonidan qurilayotgan 28A-sonli turar-joy binosida qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlanmasdan xonadonlar fuqarolarga sotilgan. Bugungi kunda 1- blok hamda 2- bloklarda fuqarolar oʻzboshimchalik bilan koʻchib kelgan va  yashab kelmoqda. Ammo “Sangzor Dizayn qurilish” MCHJ tomonidan binoni foydalanishga qabul qilish yuzasidan vakolatli organga ariza yuborilmagan. 

Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik Kodeksining 32-moddasi 10-bandida “Qurilgan obyektdan qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan dalolatnomasiz va hududiy inspeksiyaning qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomasisiz foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydiʼ', - deb belgilangan.

Shu bois holat yuzasidan inspeksiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 99-moddasi 5-6-qismlari bilan foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish boʻyicha buyurtmachi tashkilot rahbari O.M.Zayniddinovga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda maʼmuriy taʼsir chorasi qoʻllanilgan hamda hududiy inspeksiya tomonidan qonun buzilishi holatini oldini olish uchun mahalliy hokimiyat va prokuratura organlariga taqdimnomalar kiritilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.6K views06:14
Ochish/sharhlash
2023-06-05 08:57:06
#OAV_NIGOHIDA

Nazorat tadbirlarida qurilish talablarini bajarmaslik holatlari aniqlanmoqda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.5K views05:57
Ochish/sharhlash
2023-06-05 07:36:24
#Kommunal_madaniyat

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi axborot xizmati yangi loyihaga start beradi.

Huquq va majburiyatlaringiz Siz yashayotgan uydan boshlanadi. Biz bilan birgalikda kommunal sohaga oid bilimlaringizni oshiring.

Fikr va mulohazalaringiz, qo'shimcha takliflaringizni ushbu manzilda kutib qolamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
3.2K viewsedited  04:36
Ochish/sharhlash