Get Mystery Box with random crypto!

#BILASIZMI Qurilishda texnik nazorat qay tartibda amalga osh | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI


#BILASIZMI

Qurilishda texnik nazorat qay tartibda amalga oshiriladi?

Obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishda texnik nazorat buyurtmachi tomonidan texnik nazorat boʻyicha mutaxassisni biriktirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Texnik nazorat boʻyicha mutaxassis:
• pudratchi tomonidan tashkiliy-texnologik hujjatlar va shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shuningdek, qurilish obyektida qurilish-montaj ishlari sifatining taʼminlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
• yashirin ishlarni tekshirish va muhim konstruksiyalarni oraliq qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
• texnik nazorat jurnalining toʻgʻri yuritilishini taʼminlaydi;
• qurilish jarayonida yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan pudratchilar va mualliflik nazorati boʻyicha mutaxassislar tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
• konstruksiyalarning ishonchliligiga hamda binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir koʻrsatuvchi, xususan, inson hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi kamchiliklar aniqlanganda, buyurtmachini hamda hududiy inspeksiyani taʼsirchan choralar koʻrish uchun xabardor qilgan holda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turadi;
• qurilish obyektidagi qurilish-montaj ishlari sifatini muntazam ravishda nazorat qiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|