Get Mystery Box with random crypto!

   #BU_QIZIQ       Yashil maydonlar aholi yashash joylarining | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

   #BU_QIZIQ

      Yashil maydonlar aholi yashash joylarining ajralmas qismi hisoblanadi. Zero, oʻsimlik dunyosi sogʻligʻimiz uchun zarur boʻlgan kislorod moddasini taʼminlab berishi bilan ahamiyatlidir. Ular havodagi zararli chiqindi gazlarini tozalash bilan bir qatorda, issiqdan himoya qilish va shahar shovqinini nisbatan tindirish xususiyatiga ega. 
      Gippokrat, Platon, Aristotel kabi mutafakkirlar joylarni koʻkalamzorlashtirishning foydalari haqida juda koʻp taʼkidlaganlar. Bu  masala bugungi kunda ham oʻta dolzarb. Xususan, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Kanada va AQSH da “yashil loyihalar” tobora koʻpayib bormoqda.
      Eʼtiboringizga koʻp qavatli uy-joylar atrofidagi noodatiy yashil maydonlar fotojamlanmasini taqdim qilamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|