Get Mystery Box with random crypto!

#JARAYON Yangi Toshkent — yangi tarix! Uni bunyod etishde | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#JARAYON

Yangi Toshkent — yangi tarix!

Uni bunyod etishdek muhim tarixiy jarayonga munosib hissasini qo'shishga shay iqtidor egalarini "Hayot" labaratoriyasi yana birlashtirdi.

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi hamda Hayotlab jamoasi tomonidan 2021-yil yakunida start berilgan "Yangi Toshkent meʼmoriy qiyofasi loyihasi" tanlovining birinchi bosqich saralash natijalari e'lon qilindi.

Innovatsiyalar va ijodkorlik, dizayn, kelajak avlod turizmi, yangi biznes va iqtisodiy imkoniyatlar shakllanadigan, tabiiy merosni saqlab qolgan holda aqlli shahar yondashuvining amaldagi yorqin ifodasi bo'lishi kutilayotgan "Yangi Toshkent" loyihasi hayot sifati yuqori bo’lgan barqaror turar-joy maydonini loyihalash imkonini beradi.

“Yangi Toshkent” loyihasi bir tomondan shaharning kelajakdagi turar-joy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo’lsa, boshqa tomondan mintaqaviy miqyosdagi yangi diqqatga sazovor markazni yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|