Get Mystery Box with random crypto!

#JARAYON Xabar berganimizdek, Prezident topshirigʻiga asos | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#JARAYON

Xabar berganimizdek, Prezident topshirigʻiga asosan Toshkent viloyatining har bir shahar va tumanlaridagi mavjud muammolarni bartaraf qilish boʻyicha ishchi guruhi shakllantirilib, joylarda oʻrganishlar olib borilmoqda. Bugun Chirchiq shahrida Prezident Administratsiyasi vakillari, vazirlik va idoralarning mutasaddilari ishtirokida ishchi guruhi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Ushbu uchrashuvda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva ham ishtirok etdi. Taʼkidlanganidek, viloyatning Toshkent tumani va Chirchiq shaharlarida aholi murojaatlari oshgan.

Yigʻilishda kommunal sohada muammolar koʻpligi, murojaatlarning asosiy qismi ham ayni yoʻnalishda boʻlayotgani aytib oʻtildi. Shu bois muammolarni bartaraf qilishda mablagʻ bilan taʼminlash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilishi qayd etildi. Uch kun davomida Chirchiq shahridagi barcha muammoli masalalar tahlil qilinadi, oʻrganiladi va yechimi boʻyicha xulosa beriladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|