Get Mystery Box with random crypto!

#Kommunal_hisobot     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinin | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#Kommunal_hisobot

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8-fevral kuni Toshkent shahriga tashrifi chogʻida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan "Veolia Energy Tashkent" MChJ XK bilan hamkorlikda “Shahardagi 300 km uzunlikdagi magistral issiqlik tarmoqlarini yangilash va yo‘qotishlarni 5 foizga kamaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.
      Poytaxtimizda issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida "Veolia Energy Tashkent" tomonidan joriy yilning bugungi kun holatiga koʻra quyidagi ishlar amalga oshirildi. Xususan, “Yo‘l xaritasi” asosida:
- 5,96 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlar yangisiga almashtirildi;
- 104 dona qozonda joriy ta’mirlash ishlari bajarildi;
5,8 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarida issiqlik izolyatsiya qoplamasini qayta tiklandi;
- 4 dona nasos stansiyalarini joriy ta’mirlash ishlari bajarildi;
- 239 dona zulfin yangisiga almashtirildi va ta’mirlandi;
-790 dona havodan o‘tgan issiqlik quvurlarining ustunlarini bo‘yash ishlari bajarildi.
      Ma’lumot uchun, “Yoʻl xaritasi” da belgilangan ishlarni bajarish muddati 2023-yilning 1-oktabr etib belgilangan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|