Get Mystery Box with random crypto!

#XALQARO_HAMKORLIK Qurilishda texnik meʼyorlash va standar | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#XALQARO_HAMKORLIK

Qurilishda texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov boshchiligidagi masʼullar Janubiy Koreya markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti korporatsiyasi (KDHC) vakillari bilan uchrashdilar.

Tomonlar issiqlik taʼminoti sohasida oʻzaro tajriba va bilim almashishning istiqbollarini muhokama qildilar.

Xususan, KDHCning koʻp yillik tajribasi asosida 2023-yilda energiyani tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan bogʻliq 6 ta shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqish, energiya samaradorlikka oid standartlarni joriy qilish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik toza texnologiyalarni joriy etishga kelishib olindi.

Uchrashuvda issiqlik taʼminotini modernizatsiya qilish va mutaxassislarni tayyorlashda oʻzaro hamkorlik qilish manfaatli boʻlishi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|