Get Mystery Box with random crypto!

#MUNOSABAT Shu kunlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#MUNOSABAT

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan “Mening uyim” billing tizimi yaxshi ishlamayotgani, boʻlimlarning sekin ochilayotgani boʻyicha fikrlar qoldirilmoqda. Albatta, ularning tanqidlarida jon bor. Boisi hozirgi paytda “Mening uyim” platformasining dasturiy taʼminot tizimi toʻliq yangilanish jarayonida. Shuning uchun onlayn xizmat koʻrsatish jarayonlarida uzilishlar yoki sekinroq ishlashi kuzatilmoqda. Ushbu noqulayliklar uchun foydalanuvchilarimizdan uzr soʻraymiz. Yaqin kunlarda aholiga yanada qulay va tezkor ishlaydigan yangilangan platforma ishlay boshlaydi.

Maʼlumot uchun: bugungi kunda “Mening uyim” billing tizimiga mamlakatimizdagi 1 300 000dan ortiq xonadonlar ulangan boʻlib, koʻp qavatli uy-joylarga toʻlanadigan majburiy badal (kvartplata) pullarini avtomatik qabul qilish tizimi hisoblanadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|