Get Mystery Box with random crypto!

#XALQARO_HAMKORLIK           Qurilish va uy-joy kommunal x | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#XALQARO_HAMKORLIK    

      Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov boshchiligidagi mas’ullar  Janubiy Koreya markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti korporatsiyasi (KDHC) vakillari bilan uchrashdilar.
      Tomonlar issiqlik ta’minoti sohasida o‘zaro tajriba va bilim almashishning istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, korporatsiya tomonidan ishlab chiqilgan KSP - sohada kadrlarni o‘qitish, ularning malakasini zamonaviy talablar asosida oshirish, shuningdek ODA- issiqlik korxonalarini modernizatsiya qilish, sohaga energotejamkor loyihalarni joriy etish bo‘yicha loyiha dasturlari ko‘rib chiqildi.  KDHC vakillari o‘z faoliyati davomida to‘plagan ko‘nikmalari hamda tizimni yaxshilash yuzasidan jamlangan keyslari bilan bo‘lishishi mumkinligini bildirdi. O‘z o‘rnida vazirlik mutasaddilari ham mazkur tajribani o‘rganishdan mamnun bo‘lishlarini ta'kidladilar.
       KDHC korporatsiyasi bilan 2022-yil 6-iyunda imzolangan anglashuv memorandumi ikki tomonlama hamkorligimizda tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu do‘stona munosabatlar keyingi hamkorlik loyihalarining debochasi bo‘lishiga ishonaman. Janubiy Koreya dunyo energiya bozoridan muhim o‘rin egallagan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilish hamda malakaviy potensialni oshirish uchun grantlar jalb qilishda ko‘rsatayotgan amaliy yordamingiz uchun minnatdorlik bildiraman, - dedi vazirning birinchi o‘rinbosari. 
      Shuningdek, Sherzod Hidoyatov so‘nggi yillarda mamlakatimizning issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Tomonlar issiqlik ta’minoti sohasida kadrlarni tayorlash, issiqlik  obyektlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali energosamaradorlikka erishish bo‘yicha takliflarni muhokama qildilar. Shuningdek, markaziy isitish tizimiga oid qonunlarni ishlab chiqish, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti obyektlarini raqamlashtirish, xavfsizlik qoidalari, tarif siyosati kabi qator yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. 
      Ma’lumot uchun: Koreya markazlashtirilgan issiqlik korporatsiyasi - KDHC 1985-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Janubiy Koreyaning 50 foizdan ortiq aholisini issiqlik energiyasi bilan ta’minlab keladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|