Get Mystery Box with random crypto!

Masofatalim™

Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™ M
Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™
Kanal manzili: @masofatalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.92K
Kanalning ta’rifi

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.
Reklama uchun: @masofatalimbot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-11-17 14:57:32 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshiriladi. Stipendiyalar esa o‘zgarishsiz qolgan.

@masofatalim
14.1K viewsedited  11:57
Ochish/sharhlash
2023-11-17 08:33:48
17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" muborak bo'lsin!

Osiyo Xalqaro Universiteti nomidan "Butunjahon talabalar kuni" munosabati bilan siz aziz talabalarni chin dildan tabriklaymiz, avvalo, sog'lik-salomatlik, baxt-iqbol, kuch-g'ayrat, bilim yo'lidagi izlanishlaringizda omad va zafarlar tilab qolamiz. Kelgusi o'qishlaringizda muvaffaqiyatlar, so'nmas kuch-g'ayrat, ilhom, yorqin xotiralar yor bo'lsin.

Aziz talabalar! Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin, Vatanimizning munosib vorislari boʻlib kamol topishingizda muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!

Osiyo Xalqaro Universiteti doim Yoshlar bilan birgalikda!

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook | Ta’lim reklamasi
15.0K views05:33
Ochish/sharhlash
2023-11-16 15:07:51
Yopish kerak va boshlovchilarning qilig‘iga huquqiy baho berilishi kerak #stopyoryor

Bular hali bitta uzr so‘rashga ham yaramaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlar diqqat bilan kuzatilsa, birorta odam bu ko‘rsatuvning tarafini olmagan, hamma yopish kerakligi haqida yozmoqda. Nogironligi bor insonni TVga olib chiqib, uni ustidan xohlagancha kulsayam nahot birov chora ko‘ra olmasa?

Oldin ham ko‘rsatuvni yopish haqida fikrlar ko‘p yangragan, ammo shu safargisida haddilaridan oshib ketishdi. Bular chiqvolib TVda nogironligi boʻlgan ayolni masxara qilishdan tashqari, nogironligi boʻlganlarga shunaqa munosabatda boʻlish normal, degan juda-juda notoʻgʻri tushunchani ham shakllantiryapti.

@masofatalim
16.0K views12:07
Ochish/sharhlash
2023-11-16 09:04:19 Oʻzbekistonlik telegram kanali xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan va yashayotgan yurtdoshlar hayotidan bir-biridan qiziqarli lavhalarni berib bormoqda. Kuzatib borish uchun: @uzbekistonlikuz
14.8K views06:04
Ochish/sharhlash
2023-11-11 09:28:28 Xorijda o‘qib, ishlab, yashab yurgan o‘zbeklar hayotidan lavhalar berib boradigan @uzbekistonlikuz telegram kanali qisqa tanaffusdan soʻng yana faoliyatini davom ettirishni boshlabdi. Kuzatib boring.
18.6K views06:28
Ochish/sharhlash
2023-11-10 17:46:05
Shu o‘rinda deputatlarga sarflanayotgan xalq mablag‘lari ham o‘zini oqlayaptimi, degan haqli savol tug‘iladi.

@masofatalim
13.2K views14:46
Ochish/sharhlash
2023-11-09 09:39:26 Open AI O‘zbekiston uchun Chat GPT’ga ruxsat berdi

Sun’iy intellektga asoslangan so‘rovlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi ChatGPT xizmati o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun ochildi.

Bundan avval mazkur xizmatdan faqat VPN vositasida chet el raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin edi. Endilikda O‘zbekistondagi aloqa operatorlari raqamlari orqali ham ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ldi.

@masofatalim
13.3K views06:39
Ochish/sharhlash
2023-10-31 18:05:35
Odatda oliy ta’lim muassasalarining samarasiz xaridlari haqida yozamiz. Lekin foydali xaridlarni ham yozib turish kerak, nazarimizda. Masalan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1,2 mlrd so‘mga universitet uchun yuzlab xorijiy kitoblarni sotib olgan. Ular orasida sohaga oid ko‘plab kitoblar bor.

Shu kungacha 100 dan ortiq OTMning davlat xaridini kuzatib kelayotgan bo‘lsak, hali buncha mablag‘ga kitob olgan OTMni uchratmagandik. Mashina olish, o‘qilmaydigan gazeta va jurnallar obunasi, qanaqadir bo‘lar-bo‘lmas tadbirlarga mablag‘ ajratish qochmaydi. Har doim birinchi masala kitoblar xaridi bo‘lishi kerak.

@masofatalim
13.3K viewsedited  15:05
Ochish/sharhlash
2023-10-27 17:12:02
China Global Television Network (CGTN) telekanalining siyosiy sharhlovchisi Aleksey Kan “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholashini ma’lum qilibdi. Ayniqsa, texnologik va innovasion islohotlar natijasidan hayratga tushganini bildirgan.

Shuningdek, u Toshkent va Samarqandda 5G darajasidagi mobil aloqa mavjudligini alohida e’tirof etgan. Kan hatto Moskva shahrida, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham 5G dan foydalana olmaganini bildirgan. Sharhlovchi bunday ijobiy o‘zgarishlar Xitoyning HUAWEI va ZTE kompaniyalari sa’y harakatlari bilan amalga oshayotganini ta’kidlagan.

@masofatalim
13.6K views14:12
Ochish/sharhlash
2023-10-27 10:55:55
“ICTWeek Uzbekistan” koʻrgazmasida svet oʻchib qolibdi :)

Albatta, bunda tashkilotchilarni ayblash unchalik ham toʻgʻri boʻlmasa kerak. Chunki svetsizlik koʻproq Raqamli texnologiyalar vazirligining emas, Energetika vazirligining oldidagi masala. Shu sabab ham rivojlanmaymiz. Katta tayyorgarlik, yaxshi yangiliklar hozirlaysan, biroq oʻzingga bogʻliq boʻlmagan bu kabi koʻngilsizliklar hammasini rasvo qiladi. Koʻrgazmada svetning oʻchib qolishi oshga tushgan pashshaday gap.

@masofatalim
14.3K viewsedited  07:55
Ochish/sharhlash