Get Mystery Box with random crypto!

Masofatalim™

Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™ M
Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™
Kanal manzili: @masofatalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.92K
Kanalning ta’rifi

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.
Reklama uchun: @masofatalimbot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-12-07 19:29:34 AQShda tahsil oluvchi vatandoshimiz Sabina Nabiyeva:

“Amerikada universitet hayoti umuman boshqacha. Darsga kech qolib kelsangiz, hech kim sizdan sababini so‘ramaydi yoki tushuntirish xati yoz demaydi. Kechga qoldingizmi, indamay xonaga kirib joyingizga o‘tirasiz. O‘zbekistonda salom bermasdan yoki kirishga ruxsat so‘ramasdan darsga kech qolib kirish madaniyatsizlik bo‘lsa, Amerikada esa kirishga ruxsat so‘rash yoki salom berib hammani diqqatini tortish va professorning gapini bo‘lib, vaqtini olish madaniyatsizlik hisoblanadi”.

JACAFA hamda Global UGRAD finalisti Humoyun Sayfullayev:

“Amerikalik o‘rtog‘im darsdan tashqari universitet oshxonasida ishlaydi. Boya xonamda o‘tirsam, “Humoyun, senga bir narsa olib keldim, chiq”, deb yozibdi. Borsam, o‘zi halol go‘sht topib, men uchun sendvich tayyorlab kelibdi.

Bu e’tibor va ilinishdan so‘ng unga bo‘lgan hurmatim yanada oshdi. Qizig‘i, bu ishi uchun do‘ppi va suvenir berganimda xursand bo‘lib, ko‘chada hammaga maqtanib, “Buni o‘zbek do‘stim berdi, qaranglar zo‘rligini!”, deb darsga boshidagi do‘ppini ham yechmasdan kirib ketdi”.

Xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan va yashayotgan vatandoshlarimizning mana shunday bir-biridan qiziqarli hayot lavhalari @uzbekistonlikuz kanalida berib borilmoqda. Albatta, kuzatib borish tavsiya etiladi. Kanalda hech qanday reklama yo‘q :)
13.2K views16:29
Ochish/sharhlash
2023-12-07 13:37:45
Yil tenderi :)

@masofatalim
15.4K views10:37
Ochish/sharhlash
2023-12-06 11:53:45 PISA tadqiqotlarida ilk bor qatnashgan O‘zbekiston eng past natijalarni qayd etdi

81 ta davlat qatnashgan tadqiqotlarda Oʻzbekistonning 15 yoshli o‘quvchilari matematikadan 364 ball bilan 71-o‘rin, oʻqish savodxonligidan 336 ball bilan 80-o‘rin, tabiiy fanlar bo‘yicha 355 ball bilan 80-o‘rinni egallashdi.

Haqiqiy holatimiz.

@masofatalim
16.2K views08:53
Ochish/sharhlash
2023-12-05 22:49:40 Instagramdagi olabo‘ji

Instagramda turli mazmunda yegan-yemagan videolar ko‘p uchrab turadi. O‘shalardan bir yo‘nalish borki, kontent mualliflari bu video bilan nima demoqchi ekanliklarini o‘zlari ham tushunmaydi.

Instagramdan foydalanadigan odam kamida bir marta bo‘lsa ham shu yo‘nalishdagi videolarga ko‘zi tushgan, albatta. Yosh er-xotin bo‘ladi, er xizmat safarida bo‘ladi va uyiga qaytib kelganda ayolini begona erkak bilan ko‘rib qoladi. Bu bir umumiy misol, xolos. Shu yo‘nalish atrofida aylanuvchi videolar tiqilib yotibdi.

Savol tug‘iladi: video mualliflari odamlarga bu bilan nima signal bermoqchi? Katta ehtimol bilan o‘zlari ham bilmaydi. Chunki voqealar rivojining hech qanaqa oxiri yo‘q. Shunchaki xiyonat ustida ushlab olgani ko‘rsatiladi. Ayol kishini xiyonatkor obrazda ko‘rsatishdan bular qachon tiyiladi? Aniqroq aytganda, qachon tiyib qo‘yiladi?

Yosh oilalarning buzilib ketishiga bunaqa kontentlarning ta’siri tahlil qilinmagan bo‘lsa kerak, ammo salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi aniq. Eng kamida yosh oilalar o‘rtasida bir-biriga nisbatan turli shubha-gumonlarni, ishonchsizliklarni kuchaytirishga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Bunaqa video oluvchilar nimani propaganda qilayotganiga o‘zlarining ham aqli yetmayapti. Ularning kontentlarini millionlab odamlar ko‘ryapti. Odamlarga bunaqa videolarning nimasi qiziq ekani ham tushunarsiz, na mazmun bor, na mohiyat.

Odamlarning ongini yegan-yemagan videolar bilan buzayotgan, yoshlarning mafkurasiga ta’sir qilayotgan bu kabi kontentlarni to‘xtatish kerak. Yoshlarga tavsiya: shunaqa videolarni ko‘rmang. Miyangizni mazmun-mohiyatsiz, tuturiqsiz narsalar bilan to‘ldirmang.

@masofatalim
15.0K viewsedited  19:49
Ochish/sharhlash
2023-12-05 17:18:03
Yaqinda kanalda “Bizda bunday kino ishlashga dux yo'q” deb bir hind kinosidan parcha e’lon qilgandik. O‘sha lavhani ko‘rgach ko‘pchilik bu kinoni qidirishga tushib ketdi. Afsuski, internetda uni sifatli shaklda topish imkoni yo‘q.

Ammo “qalovini topsang qor ham yog‘adi”, deganlaridek, kinoni HD formatda, hech qanday reklamasiz qayerdan topib ko‘rish mumkinligini aniqlab keldik. “Biztv.Media” platformasida uni bemalol tomosha qilish imkoni bor! Mana linki.

Ilovani yuklab olib (Android | iOS) yoki veb-sayt orqali tomosha qilish ham mumkin. Bundan tashqari, MASOFATALIM promokodi kiritilsa, platforma 3 kun mutlaqo tekin ishlaydi. Faqat bu kino emas, barcha eng so‘nggi va sara filmlarni o‘zbek tilida endi shu yerdan topish mumkin.

@masofatalim
12.7K viewsedited  14:18
Ochish/sharhlash
2023-12-05 12:03:00
Poytaxtdagi “IELTS ZONE” o‘quv markazi rahbari Bekzod Mirahmedov ushbu o‘quv markazda ishlaydigan IELTS instruktor IELTS’dan 9.0 olgani munosabati bilan, unga Gentra avtomobilini sovg‘a qilibdi.

Darvoqe, Bekzod Mirahmedovning o‘zi O‘zbekistonda IELTS’dan ilk 9.0 sertifikat olgan o‘qituvchi hisoblanadi.

@masofatalim
12.7K views09:03
Ochish/sharhlash
2023-12-04 20:08:51 Yaxshi xabar: 1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

@masofatalim
12.6K views17:08
Ochish/sharhlash
2023-12-04 15:07:55 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasi:

Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.

Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.

Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi.

#Konstitutsyanioʻrganamiz #8dekabr

@masofatalim
12.9K views12:07
Ochish/sharhlash
2023-12-03 15:50:12 Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi

2-dekabr kuni soat 12:00 atrofida Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabasi o‘tkir zotiljam (pnevmoniya)dan vafot etdi. 20 yoshli yigit kasallikka chalinganiga bir hafta bo‘lgan. Pnevmoniya asoratlari boshlaganidan buyon davo choralarini ko‘rib kelgan. Ammo u shifokorlar yordamiga qaramay, o‘z uyida vafot etgan.

TTA Urganch filiali talabalari OTM rahbariyatidan karantin e’lon qilishni so‘ramoqda.

@masofatalim
14.7K viewsedited  12:50
Ochish/sharhlash
2023-12-02 13:39:47 Biztv.media” onlayn platformasi talabalar uchun ajoyib sovg‘a taqdim etmoqda

Bu platforma o‘zi nima?
platformadagi barcha kino, serial va multfilmlar oila davrasida ko‘rish uchun, no‘jo‘ya (a-ya-ya) sahnalardan holi.
unda boshqa platformalarda topilmaydigan serial va filmlarning o‘zbek tilidagi professional dublyaj talqini mavjud.
platformada hech qanday reklama yo‘q.

Ilovani Play Market yoki App Store’dan yuklab olib, MASOFATALIM promokodini kiritib, mutlaqo tekinga foydalanish mumkin (promokod amal qilish muddati 3 kun).

Darvoqe, qadrdon va eng sara hamda eng so‘nggi kino va seriallarni sifatli shaklda, o‘zbekcha tarjimada tomosha qilish mumkin.

P.S. “Qashqirlar makoni” deysizmi yoki boshqa kino va seriallarmi — barchasi shu platformada. MASOFATALIM promokodini kiritib, tekinga foydalaning

Ilovani yuklab olish:
Android| iOS | Veb-sayt
13.9K views10:39
Ochish/sharhlash