Get Mystery Box with random crypto!

Masofatalim™

Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™ M
Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™
Kanal manzili: @masofatalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.92K
Kanalning ta’rifi

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.
Reklama uchun: @masofatalimbot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2024-03-03 17:25:26
Hayotda xiyonatdan ham og‘irroq bo‘lgan narsa nima?

Kulgili, ammo haqiqat.

@masofatalim
14.1K views14:25
Ochish/sharhlash
2024-02-29 11:34:10
“Maktab hududida telefondan bemaqsad foydalanish taqiqlanadi”

Telefondan foydalanishga ruxsati borlarga guvohnoma berib, maktab direktori pechat urib, imzo ham qo‘yib berayotgan ekan. Qisqasi, ta’limda ta’limdan boshqa hamma ish qilib ko‘rilyapti.

@masofatalim
13.0K viewsedited  08:34
Ochish/sharhlash
2024-02-28 14:33:29 ​​Bir necha kun avval ayrim OTMlar talabalardan sektor, sektorga biriktirilgan mas’ul va uning telefon raqamini mahallaga borib aniqlab kelishni so‘rayotgani haqida yozgandik. OTMlarga raqamli texnologiyalar nimaligi yetib borguncha, ular integratsiya qilish kabi imkoniyatlar borligini bilguncha ancha qovun pishig‘i bor.

Shu sabab talabalarga kichik tavsiya. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (ARGOS) tomonidan @Smartmahallabot Telegram boti ishga tushirilgan. Bu botda hudud, tuman va mahallani tanlab, mahalla raisining ism-familiyasiyu telefon raqamidan tortib, yoshlar yetakchisining aloqa ma’lumotlarigacha olsa bo‘ladi.

P.S. OTMlar ARGOSga bir og‘iz rasmiy murojaat bilan chiqqanda, ular integratsiya qilib berishdan qochmasdi, nazarimizda. Yana bir yaxshi tomoni, Argosdagilar botdagi ma’lumotlarni tez-tez yangilab turishadi.

@masofatalim
12.6K viewsedited  11:33
Ochish/sharhlash
2024-02-28 09:38:09
AQShda professor tibbiyot maktabida bepul o‘qish uchun $1 mlrd xayriya qildi

93 yoshli professor Rut Gottesman Albert Eynshteyn tibbiyot kollejiga $1 mlrd xayriya qilib, bundan barcha hozirgi va bo‘lajak talabalarning o‘qish xarajatlarini qoplash maqsadida foydalanish ko‘rsatmasini berdi.

Ehtimol, bu AQSHdagi tibbiyot maktabiga qilingan eng yirik xayriyadir. Xayriyaning yana bir diqqatga sazovorligi shundaki, u shaharning eng kambag‘al tumani bo‘lgan Bronksdagi tibbiy muassasaga yuborilmoqda. Bronks erta o‘lim darajasi yuqori va Nyu-Yorkdagi eng nosog‘lom tuman hisoblanadi.

@masofatalim
13.8K views06:38
Ochish/sharhlash
2024-02-09 11:30:11
Twitterda yozishmoqda: Mana shunaqa ilovalar ko‘p odamning kartalaridan pul “uxlatish”ga rosa yordam beryapti. Barcha smslarni “perexvat” qilib, skrinshotdagi IPga tashlaydi. Eng qizig‘i, kelgan smsni o‘chira oladi — sms kelmagan deb ham o‘ylaysiz.

Qisqasi, har xil ilovalarni telefonga o‘rnatishda, noma’lum linklarni ochishda ehtiyot bo‘lish kerak. Moliyaviy firibgarliklar va mana shu turdagi ilovalar kun sayin ko‘payib boryapti. Mehnat qilmay pul topish yoki oson boyib ketish faqatgina qopqonda bo‘ladi.

@masofatalim
13.5K views08:30
Ochish/sharhlash
2024-02-06 15:15:19
Darvoqe, Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovi g‘oliblaridan birining xabar berishicha, haligacha mukofot pullari berilmabdi. Boshqa tomonda esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi tanlovning yangi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish davom etayotganini xabar bergan.

Ajoyib. Toshkent shahar va poytaxtdagi tuman hokimliklari eski mavsumdagi g‘oliblarga bir yil o‘tsada mukofot pulini bermay kelyapti, boshqa tomonda esa yangi mavsumga start berib yuborildi. Shunchaki qoyil)

@masofatalim
12.7K views12:15
Ochish/sharhlash
2024-02-05 10:19:08 “Talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur”Prezident Shavkat Mirziyoyev

Bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi.

Ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tdi, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur.

Joriy yilda 122 ta yangi yirik loyihalar boshlanadi. Bu – yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnologlar kerak, degani.

Lekin oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti.

@masofatalim
12.7K views07:19
Ochish/sharhlash
2024-02-03 09:21:13
Yaxshi odamlar haliyam bor va ular koʻp

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni bir video portlatdi. Unda kuryer yigit velosipedi buzilib qolgani uchun yomgʻirda ham velosipedini, ham mahsulotni koʻtarib ketayotgani aks etgan. Video instagram’ga joylangach, juda koʻpchilik bu yigitga sovgʻalar tayyorlab qoʻygani haqida yozgan.

Bu yigitni ingliz tili oʻquv markazi bepulga til oʻrgatishni, IT oʻquv markazi esa ITga bepul oʻqitishni taklif qilgan. Royal taksi esa yangi elektro skuter olib berishni yozgan. Parfyumeriya doʻkoni esa istagan mahsulotni bepulga olib ketishi mumkinligini aytgan. Va boshqa shu kabi yaxshi izohlar.

Yozda issiqqa, qishda sovuqqa chidab bunaqa yurishga hammayam dosh berolmaydi. Velosipedda, piyoda kuryerlik qiluvchilarimiz - qahramon.

@masofatalim
14.2K views06:21
Ochish/sharhlash
2024-01-19 16:59:52 Fakt-checking qilishni bilmaydigan, xabarni tekshirmasdan e’lon qiladigan, yolg’on bilan rostni ajrata olmaydigan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ayrim ko‘rsatmalar:

1. “Graduate” degani magistr bosqichi. Ikki rasmda ham “graduate” deb yozilgan. Aslida, “undergraduate” bo‘lishi kerak.

2. Xatlar rasmiy tonda yozilmagan.

3. Xatlarning ichi to‘la imlo xato bilan yozilgan, hatto universitet nomi ham xato yozilgan.

Bundan tashqari, sun’iy intellekt ham buning feyk xabar ekanini aniq-tiniq ko‘rsatib berdi.

P.S. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidagilarga shu xabarni yuborib qo‘yinglar. Ular “bu xabarning nimasi feyk ekan” deb aniqlolmay, boshi qotib o‘tirgan bo‘lsa, ishlari osonlashadi :)

@masofatalim
13.9K views13:59
Ochish/sharhlash
2024-01-19 16:34:17
Bu xabar feyk. Bugun kuni bilan rasmiylar, rasmiy idoralarning sahifalari, telegram kanallar — hamma mana shu feyk xabarni tarqatib o‘tirdi. Hatto Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham xato xabar tarqatdi.

@masofatalim
13.2K viewsedited  13:34
Ochish/sharhlash