Get Mystery Box with random crypto!

Odatda oliy ta’lim muassasalarining samarasiz xaridlari haqida | Masofatalim™

Odatda oliy ta’lim muassasalarining samarasiz xaridlari haqida yozamiz. Lekin foydali xaridlarni ham yozib turish kerak, nazarimizda. Masalan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1,2 mlrd so‘mga universitet uchun yuzlab xorijiy kitoblarni sotib olgan. Ular orasida sohaga oid ko‘plab kitoblar bor.

Shu kungacha 100 dan ortiq OTMning davlat xaridini kuzatib kelayotgan bo‘lsak, hali buncha mablag‘ga kitob olgan OTMni uchratmagandik. Mashina olish, o‘qilmaydigan gazeta va jurnallar obunasi, qanaqadir bo‘lar-bo‘lmas tadbirlarga mablag‘ ajratish qochmaydi. Har doim birinchi masala kitoblar xaridi bo‘lishi kerak.

@masofatalim