Get Mystery Box with random crypto!

Masofatalim™

Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™ M
Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™
Kanal manzili: @masofatalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.92K
Kanalning ta’rifi

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.
Reklama uchun: @masofatalimbot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-09-16 11:12:19
Eksportingizni boshlash uchun grant asosida ta’lim olishni istaysizmi?

I
lk grant sohiblari hozirda real eksport jarayonlarida ishtirok etib, dala va mahsulot tanlash sirlarini o’rganmoqdalar.

Yoshlar ishlari agentligi, Yosh Fermerlar Kengashi va Dalatek tomonidan Sizga muvaffaqiyatli eksportchilardan saboq olish, amaliyot orqali tajriba orttirish va ilk daromadga ega bo’lish imkoni taqdim etilmoqda.

Hoziroq ro’yxatdan o’ting va eksportingizni boshlang!

Murojaat uchun:
+998 (99) 353 04 03
13.4K views08:12
Ochish/sharhlash
2023-09-16 09:41:48 ​​Tashabbusli budjet yakunlangani munosabati bilan barcha g‘olib bo‘lganlarni hamda majburiy tartibda ovoz yig‘ishga jalb qilingan insonlarni chin dildan tabriklaymiz!

@masofatalim
13.5K views06:41
Ochish/sharhlash
2023-09-15 16:43:32 Yaponiyadagi o‘zbek professori farzandi xorijda o‘qiyotgan ota-onalarga murojaat qildi

Hurmatli ota-onalar, agar farzandingizni chet elga o‘qish uchun yuborgan bo‘lsangiz, ular kattaroq bir stipendiyani qo‘lga kiritguniga yoki bo‘lmasam, o‘qishini bitirib, ishga joylashib olmaguniga qadar, farzandingizdan pul yuborishini talab qilmang. Nafaqat talab qilish, umid ham qilmang. Chetda o‘qiydigan farzandlaringiz oltin tuxum tug‘adigan tovuq emas.

Ularning mutlaq ko‘pchiligi kontrakt summalarini ishlab topadi, shu bilan birga yashashlari uchun ham ishlashlari kerak bo‘ladi. Talaba sifatida dam ham olishlari lozim axir!

Ko‘pchilik ota-onalar va oila a’zolar buni tushunishmaydi – ulardan pul jo‘natmalarini kutishadi, uylar, mashinalar olishni, to‘ylar qilishni istashadi. Hatto, bu oyda yuborilgan pul o‘tgan oydan sal kamroq bo‘lsa, “o‘g‘iltoy, bu safar sal cho‘g‘i kammi-a?” deya hazil aralash dakki berib qo‘yishni ham kanda qilishmaydi.

Nodon ota-onalar, aka-ukalarning ilm yo‘lida safarga chiqqan talabaga munosabatini ko‘rib, dod deb yuborging keladi. Axir ular o‘qishga ketishgan! Mardikorlik qilish uchun emas!

Ishladi ham deylik, yakuni nima bo‘ladi? O‘qish qog‘ozda qoladi, hunar ham o‘rganolmaydi, chunki hunarli joylarni hech bir xalq begonaga bermaydi. O‘zim guvohi bo‘lganman.

7-8 yildan keyin nima bo‘ladi? Yigit, qizning taqdiri nima bo‘ladi? Katta ehtimol bilan biri taksist, boshqasi sotuvchi, juda omadi kelgani quruvchi bo‘lib qoladi. Rivojlangan mamlakatga o‘qishga borib...

Talaba – zakot olishga haqli inson... Ha, kambag‘allarga beriladigan zakotni talabaga bersa bo‘ladi. Biz esa talabani yuk ortiladigan jonivordek tutamiz.

Shoshqaloqmiz, nodonmiz. Axir, o‘qib, mutaxassis bo‘lib yetishsa farzandimizdan ko‘proq manfaat ko‘ramiz, nafaqat biz – jamiyat manfaat ko‘radi. Faqat bu uchun talabaga muhlat berish kerak, o‘qib, potensialini yuzaga chiqarsin. Shundan keyin, hurmatli ota-onalar, bir umr uning topganidan rohatlanasiz ham. Ungacha sabr bilan kutish, iloji bo‘lsa, yordam berish lozim.

Xorijdagi talabalar orasida erta yoshdan butun yukni yelkasiga olib, tezda qarib qolganlarni ko‘rdim... Bechoraning hatto kasal bo‘lishiga ham haqqi yo‘q. Chunki hastalansa, butun hayoti izdan chiqib, ishlari og‘irlashadi. Bunday ruhiy bosim bilan o‘qish, ishlash va yashash ularda jiddiy psixologik muammolarni keltirib chiqaradi.

Manba

@masofatalim
16.0K views13:43
Ochish/sharhlash
2023-09-14 16:46:09
Izohsiz (#)

@masofatalim
12.7K views13:46
Ochish/sharhlash
2023-09-12 19:48:18
Alisher Sa’dullayevdan millat oydinlari haqidagi maxsus sovgʻani qabul qilib oldik. Toʻplam tez orada barcha ta’lim dargohlariga yetkazib berilar ekan.

“Uygʻonish” toʻplami minglab yoshlarga buyuk ajdodlarni eng kamida tanitish, ularning hayot yoʻlini oʻrganishga qiziqish uygʻotish va albatta, ziyo tarqatish yoʻlida xizmat qilishiga ishonamiz

@masofatalim
12.7K views16:48
Ochish/sharhlash
2023-09-12 16:25:13 “Bilim uchun 100 million” loyihasining yangi mavsumi boshlandi

2022-yil qariyb 250 ming ishtirokchini qamrab olgan “Bilim uchun 100 million” onlayn olimpiadasining 2023-yilgi mavsumiga 12-sentabr kuni start berildi. Olimpiada ikki bosqichda: birinchi bosqich onlayn (12-sentabrdan 1-dekabrgacha), ikkinchi bosqich oflayn shaklda o‘ktaziladi.

Birinchi bosqich 12-sentabrdan 1-dekabrga qadar @bilimtestbot Telegram botida onlayn shaklda o‘tkaziladi va bu bosqich 12 turdan iborat bo‘ladi. Har hafta yangi tur e’lon qilinadi va unda ishtirokchilar qatnashib, ball yig‘ib boradilar. Onlayn bosqichda 1-dekabrga qadar eng ko‘p ball yiqqan 100 nafar ishtirokchi finalga taklif etiladi.

Finalda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘olibga 100 million so‘m, 99 nafar final ishtirokchisiga esa 1 million so‘mdan mukofot beriladi. Tanlov nizomi.

Ishtirok etish uchun: @bilimtestbot
13.1K viewsedited  13:25
Ochish/sharhlash
2023-09-09 15:21:56
Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Toʻxtasinov Ilhomjon Madaminovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

@masofatalim
16.3K views12:21
Ochish/sharhlash
2023-09-08 12:58:56
Rasman: imtihonda yuqori ball olgan abituriyentlarga 11 mlngacha stipendiya beriladi

Hujjatlar shu yilning 25-sentyabrga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

O'zbekistondagi Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiluvchi Xalqaro PDP universiteti, qabul imtihonlarida yuqori ball olgan abituriyentlar uchun 6 mlndan 11 mlngacha stipendiya berilishini eʼlon qildi.

Maʼlumot uchun, Universitetda hozirda qabul davom etmoqda. IT sohasida professional mutaxassis bo'lishni istagan abituriyentlar va maktabning 11-sinf o'quvchilari hujjat topshirishlari mumkin.

Qulayliklar:
3-kursdan 300-500$ maoshga ishlash imkoniyati
Bitiruvchilar 2 ta diplomga ega boʻladi

Savollar tugʻilsa quyidagi raqamga bogʻlaning:
+998787777747

Manba
12.7K views09:58
Ochish/sharhlash
2023-09-07 17:08:51 Qozogʼistonda stipendiyalar oshirildi

1-sentabrdan boshlab Qozogʼistonda magistratura talabalarining stipendiyasi 15 foizga, bakalavriaturaning stipendiyasi esa 20 foizga oshirildi.

Endi magistratura talabalari 97 024 tenge (2 530 000 so‘m atrofida), bakalavriat bosqichidagi talabalarning stipendiyasi 67 200 tengegacha (1 753 000 so‘m) miqdorni tashkil etadi.

Qaror doirasida o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari (bizning kollej va texnikumlarga to‘g‘ri keladi) talabalarining stipendiyalari 50 foizga oshirilib, 32 681 tengega yetkaziladi (852 000 so‘m).

@masofatalim
13.0K views14:08
Ochish/sharhlash
2023-09-06 10:45:12 Xotin-qizlarga taʼlim krediti foizsiz beriladi

Prezident qarori bilan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda taʼlim kreditlari ajratiladi.

Bunda, tijorat banklari taʼlim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (2023-yil 6-sentabr holatida 14 foiz) ajratadi. Xotin-qizlarning taʼlim kreditlari foiz stavkalari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga qoplab beriladi.

Kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega bo‘lgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi. Kreditning asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Ushbu tartib tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ta’lim kreditlari mazkur banklar tomonidan ajratiladi: “Mikrokreditbank”, “Asakabank”, “Agrobank”, “Xalq banki”, “Ipoteka-bank”, “Qishloq qurilish bank”, “Turonbank”, “Orient Finans bank”, “O‘zmilliybank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Hamkorbank”, “Aloqabank”.

@masofatalim
15.1K views07:45
Ochish/sharhlash