Get Mystery Box with random crypto!

Masofatalim™

Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™ M
Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™
Kanal manzili: @masofatalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.92K
Kanalning ta’rifi

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.
Reklama uchun: @masofatalimbot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2023-10-26 20:38:28
“Xalq so‘zi”, “Yangi O‘zbekiston” va “Vatanpar” kabi gazetalarning so‘nggi manzili ekan. Darvoqe, oliy ta’lim muassasalari esa gazetalar obunasiga millionlab pul sarflayapti (1, 2, 3). Kimdir obunaning yomon joyi yo‘q, deyishi mumkin. Ha, albatta, yomon joyi yo‘q. Axir gazetalar nashrdan chiqqach sal vaqt o‘tib hojatxona qog‘ozi ishlab chiqaradigan korxonaga boryapti ekan. Foydali ekani shundan yaqqol ko‘rinib turibdi.

@masofatalim
12.6K viewsedited  17:38
Ochish/sharhlash
2023-10-24 20:10:43 Prezident qarori bilan 2023-yil 1-yanvardan Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti Adliya vazirligi tizimida bo‘lgani sababli universitet rektorining qabul qilgan barcha turdagi hujjatlari “E-qaror” tizimi orqali ochiq e’lon qilib kelinmoqda.

Prezident farmoniga muvofiq 2023-yil sentabr oyidan barcha vazirlik, idora va tashkilotlarda qabul qilingan har qanday turdagi qaror, farmoyish va buyruqlar tizimda e’lon qilinishi kerak edi.

Mana, sentabr oyi o‘tdi, oktabr tugayapti. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida qabul qilingan hujjatlar “E-qaror” tizimida e’lon qilinmayapti. Prezident farmonining ijrosi bajarilmayapti.

Shu tufayli OTFIV tasarrufidagi 60 dan ortiq OTMlarning rektorlari qabul qilgan hujjatlar ham “E-qaror” tizimiga joylanmayapti. Amaldagi vazir shunga o‘zlari bosh bo‘lsalar yaxshi bo‘lardi.

Har holda boshqa ishga o‘tganlarida “u kishi falon pul sarflab tadbir qilishdan boshqa oliy ta’limda o‘zi nima ishlar qildi”, degan savolga bitta bo‘lsa ham javob kerak-ku, axir. Masalan-da.

@masofatalim
12.6K views17:10
Ochish/sharhlash
2023-10-19 15:27:48
AloqaBank talabalarga ajoyib qulaylik taqdim etibdi. Talabalik guvohnomasi ham, ATTO ham, VISA ham bitta kartada ekan. Ushbu kartadan olgan TATU talabalari juda qulay narsa qilingani haqida yozishmoqda. Gap yo‘q, chindan ham mana shu ish zo‘r bo‘libdi.

@masofatalim
14.6K views12:27
Ochish/sharhlash
2023-10-17 18:48:42
“Qahramon Amrillosiz”

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning tugʻilgan kuniga bagʻishlab she’r yozishibdi. Mana shunaqa avliyo, donolar donosi, buyuklar buyugi, muhtaramlar muhtarami, qahramonlar qahramoni boʻlmish vazirimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz.

Dok-1 Maks’dan oʻlib ketgan bolajonlar, zaharlanish ortidan shifoxonada yotib chiqqan goʻdaklar… Hay, mayli, chuqurlashmaylik-a? Buyuklar buyugi shunaqa degan-ku, axir.

@masofatalim
15.5K viewsedited  15:48
Ochish/sharhlash
2023-10-17 17:06:17
Imtiyozbay ta’lim

Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilari tavsiyanoma bilan davlat granti asosida o‘qishga kirishi haqida ham imtiyoz bor. Masalan, mana shu farmoyish asosida bitta hokim yordamchisi “narxoz”ga grant kirib ketadi. Mazza-yu, a?

@masofatalim
13.2K views14:06
Ochish/sharhlash
2023-10-16 14:51:04 2023-yilda eng yaxshi ishlagan vazir qaysi?

Platina.uz nashri “2023-yilda eng yaxshi ishlagan vazir qaysi?” nomli so‘rovnoma e’lon qilibdi. Masalan, nisbatan olganda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov yaxshi ishladi, nazarimizda. Shu sabab Shermatovga ovoz berdik. Sizningcha-chi, 2023-yilda qaysi vazir yaxshi ishladi? Ovoz berish uchun:

1-qism:
https://t.me/platinauzb/3789
2-qism: https://t.me/platinauzb/3791
3-qism: https://t.me/platinauzb/3792

@platinauzb
13.2K views11:51
Ochish/sharhlash
2023-10-15 13:40:03 500 mln so‘mning qo‘lga kiritilishi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy jurnal xalqaro standartlarga mos ravishda nom tanlash, litsenziya olish, nashriyot uyini tashkil etish va zaruriy hujjatlarni tayyorlash xizmati uchun 26-iyuldan 2-avgustga qadar 600 mln so‘mlik tender o‘tkazgan. Ushbu tenderda “E.P.” MChJ 500 mln so‘mlik taklif bilan g‘olib bo‘lgan. Ammo G‘azna buni bekor qilib, qayta tender o‘tkazishni so‘ragan.

Shundan so‘ng Nizomiy nomidagi TDPU 28-avgust kuni huddi shu tenderni yana qayta e’lon qilgan. 5-sentabrga qadar davom etgan ushbu tenderda ham “E.P.” MChJ yana 500 mln so‘mlik taklif bilan g‘olib deb topilgan va 11-sentabr kuni universitet bilan shu qiymatdagi shartnomani tuzgan. Bu safar “E.P.” MChJga raqib sifatida yakka tartibdagi tadbirkor I.I.Z (ayol kishi) ham ishtirok etgan.

Davlat reestriga ko‘ra, universitetning tenderini yutgan “E.P.” MChJ 2023-yil fevral oyida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Korxona rahbari sifatida A.B.Sh. o‘g‘li ko‘rsatilgan. Mana shu joyda bir narsa e’tiborni tortdi: korxona rahbarining telefon raqami sifatida ko‘rsatilgan raqam telegramga saqlanganda I.I.Z ismi kelib chiqdi. Ya’ni 600 mln so‘mlik tenderni qo‘ldan boy bergan YTT rahbarining telefon raqami ham, tenderni yutgan MCHJ rahbarining telefon raqami ham bir xil — I.I.Z. ga tegishli. Hatto elektron pochtada ham I. ning manzili ko‘rsatilgan.

Xulosa shuki, tenderni yutgan ham, unga “raqib” sifatida qatnashgan ham bir-biriga aloqador odamlar (yoki ikkisi ham bir odam) boʻlishi mumkin. Mazkur holat raqobat to‘g‘risidagi talablarga zid emasligini tegishli idoralar o‘rganishi kerak.

Eslatma!
Bu post orqali kimnidir obroʻsizlantirish maqsad qilinmagan. Shu sababli barchasi ochiq ma’lumot boʻlsada, ism-familiyalar berkitilgan holda, faqatgina ularning bosh harflari keltirildi. Agar ikkinchi tomonda munosabat boʻlsa, ularga ham minbar beriladi. Bu postdan keyin telefon raqamlar o‘zgartirilishi, telegramdagi profil hatto o‘chirib tashlanishi ham mumkin. Ammo allaqachon bu gaplarning tasdig‘ini ko‘rsatuvchi dalillar yozib olingan.

@masofatalim
13.1K viewsedited  10:40
Ochish/sharhlash
2023-10-08 21:08:12
UPD: Mas’ullarning tushuntirish berishicha, sportchilarni kutib olishga hech bir talaba majburlanmagan va bunday holat yuz bermasligi ta’kidlandi. Shu sababli post tahrirlandi.

@masofatalim
12.8K viewsedited  18:08
Ochish/sharhlash
2023-10-07 19:02:14
Eng boy kasb egalari kimlar?

Platina.uz hozirgi kunda O‘zbekistondagi daromadi eng yuqori kasblar haqida aholidan so‘rovnoma o‘tkazibdi.

Sizningcha, qaysi kasb egalari boyroq yashayapti? Fikrlarni ushbu havola orqali video izohlarida qoldirish mumkin.

@masofatalim
12.7K views16:02
Ochish/sharhlash
2023-10-07 18:00:32
Maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar!

Kitob va monografiyalarni xalqaro nashriyotlarda bepul chop qilish!

Maqolangiz uchun bepul UDC raqamini olish!

Bepul "vebinar" va "master class"lar haqida ma'lumotlar!

Ilmiy tadqiqotchilar uchun bepul online kurslar!

Prezident va Davlat stipendiyalariga tayyorgarlik ko'rish!

O'zbek tilida bepul kitob va monografiya chop qiladigan Yevropa nashriyotlari!

Barcha sohalar bo'yicha OAK ro'yxatidagi jurnallar!

Soxta(klon) veb-saytga ega jurnallar haqidagi ma'lumotlar!

Scopus ma'lumotlar bazasidagi maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar!

Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqola chop qilishga qaratilgan online kurslar!

Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga ulashing!

Batafsil maʼlumot: @publish_uz

Reklama
12.9K views15:00
Ochish/sharhlash