Get Mystery Box with random crypto!

Masofatalim™

Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™ M
Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™
Kanal manzili: @masofatalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.92K
Kanalning ta’rifi

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.
Reklama uchun: @masofatalimbot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 160

2021-02-11 15:52:08 Oliy ta'lim muassasalarining xodimlari birinchilardan bo'lib koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanadi — Respublika maxsus komissiyasining qarori e'lon qilindi

Kanalga ulanish:
@masofatalim
12.6K views12:52
Ochish/sharhlash
2021-02-11 15:51:57 O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi

Rossiya Federatsiyasi tomonidan taqdim etilgan uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari tahlili muhokama qilinib, birlamchi bosqichda sertifikatlashtirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshlash mumkinligi ma’qullandi — Respublika maxsus komissiyasi

Kanalga ulanish:
@masofatalim
12.0K views12:51
Ochish/sharhlash
2021-02-10 18:30:11 Joriy yilda nomdor stipendiyalarni qoʻlga kiritishda tanish-bilishchilik, qarindosh-urugʻchilik va korrupsion holatlar boʻlgan yoki boʻlmaganini Bosh prokuratura oʻrganadi

Bu boʻyicha vazir Abduqodir Toshqulovning koʻrsatmasiga binoan Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Bosh prokuraturaga xat yuborgan.

Bundan tashqari, nomdor stipendiyalar sohibi boʻlgan har bir talabaning ma’lumotlarini shaxsan Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning oʻzi oʻrganib chiqadi.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
13.5K views15:30
Ochish/sharhlash
2021-02-10 17:30:09
Ota-onangiz uchun umra ziyoratiga yo‘llanma sovg‘a qiling

15-fevral
ham yaqinlashib qoldi. Siz esa hali ham «Interaktiv arab tili» kitobini xarid qilmadingiz. Axir, bu kuni Umra safari uchun bepul yo‘llanma qo‘lga kiritishingiz mumkin!

Qanday qilib deysizmi? «Smartbook» kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan aksiyaning ikkinchi bosqichi doirasida 16 ta (8 juft) yo‘llanma o‘z egalariga topshiriladi.

Bunday imkoniyat sizda boshqa bo‘lmasligi mumkin. Hoziroq «Interaktiv arab tili» kitobiga buyurtma bering va aksiya ishtirokchisiga aylaning!

Aksiya ishtirokchisiga aylanish!

Batafsil ma’lumot uchun:
Tel1: +998(78)7773777
Tel2: +998(71)2000172
Sayt: www.smartbook.uz
Telegram: @smartbook_uz
13.1K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-02-10 10:17:33
Abituriyentlari o‘qishga kirish bo‘yicha eng past natija ko‘rsatgan 10 ta tuman

Foto: Maʼrifat gazetasi

Kanalga ulanish:
@masofatalim
16.9K views07:17
Ochish/sharhlash
2021-02-10 10:13:57
Abituriyentlari o‘qishga kirish bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan hududlar o‘nligi ekan

Foto: Maʼrifat gazetasi

Kanalga ulanish:
@masofatalim
17.4K viewsedited  07:13
Ochish/sharhlash
2021-02-09 21:53:44 ​​ Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning keskin tanqidiy tarzda o'tkazgan yopiq majlisdagi nutqi

Vazir oliy ta'lim tizimidagi abgor holat, talabalarni qiynayotgan eng katta muammolar haqida gapirgan. Majlis yopiq tarzda, Zoom orqali o'tkazilgan. Abduqodir Toshqulov hech kimni ayab o'tirmagan, qattiq gaplar bo'lgan.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning yopiq majlisdagi nutqini eshitish uchun:



YouTube kanalimizga obuna bo'ling: youtube.com/masofatalim

Kanalga ulanish:
@masofatalim
14.8K views18:53
Ochish/sharhlash
2021-02-09 19:54:50
«Bizning vazir o‘rinbosarimiz ham katta xatoga yo‘l qo‘ygan» — Abduqodir Toshqulov topshiriq bergan vazir o'rinbosarini qattiq tanqid qilgan

Aytishlaricha, kecha, 8-fevral kuni majlisda oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalariga “davlat protokolining talabalariga mos qizlar”ni topishni buyurgan vazir o'rinbosari — Yusuf Absoatovni qattiq tanqid qilgan.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
12.6K views16:54
Ochish/sharhlash
2021-02-09 18:00:43 ​​Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari bergan topshiriq va unga zid munosabat bildirgan vazir

6-fevral kuni kanalimiz orqali Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining imzosi qoʻyilgan topshiriqni eʼlon qilgan edik. Vazir oʻrinbosari Yusuf Absoatov Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalarining rektorlariga Davlat protokolining talablariga mos qizlarni topishni buyuradi.

Buni biz kanalimiz orqali keskin tanqid ham qilgan edik. Shu holat yuzasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov munosabat bildirdi.

«Eng yomon ko‘rganim shu, xorijdagi mehmonlarni kutib olish (fon) uchun nega mening gul qizlarim gul ko‘tarib chiqishi kerak? U yerga ham o‘zingizning farzandingizni qo‘yib ko‘ring. Bu bo‘yicha alohida buyruq qilamiz. Buni majburiy mehnatga tenglashtiramiz. Bu majburiy mehnatning bir ko‘rinishi. Ya’ni u qizlar xohlab borayotgani yo‘q. Sovuqda, darsdan chiqib, to‘garakka borish kerak bo‘lgan vaqt yoki dam olish vaqti adras ko‘ylakni kiyib, gul ko‘tarib borish qaysi qizga yoqadi? Bo‘lmagan narsa u. Tarjimon bo‘lsa tushunaman, turizmda o‘qisa tushunaman.

Stadionni to‘ldirish uchun ham talaba, fon uchun ham talaba, festival bo‘lsa ham talaba... Hamma joy huquqiy qolipga tushishi shart. Talaba o‘qishi kerak. Kerak bo‘lsa to‘yib uxlashi kerak, talabaning shaxsiy hayotiga aralashishga haqqimiz yo‘q», deyiladi vazirning munosabatida.

Avvalo, ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilingan bu holatni keskin qoralagni uchun va oʻz vaqtida munosabat bildirgani uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulovga minnatdorchilik bildiramiz.

2-fevral kuni bu haqida topshiriq bergan vazir oʻrinbosari Yusuf Absoatovga kelsak. Vaziri bu holatni keskin qoralab turibdi. Bu topshiriqni bergan oʻrinbosarining bunga oʻz vaqtida aqli yetmadimikan? Shunaqa topshiriq berishga oʻzining farosati yetmadimikan-a?

Vazir munosabatini bildirdi, rahmat. Endi bu topshirqni bergan vazirning oʻrinbosari Yusuf Absoatov ham bunga munosabat bildirishi, kerak boʻlsa, uzr soʻrashi shart!

Aqllaringni ishlatib ishlanglar! Aqlingiz yetmagan ishlarga esa aralashmanglar.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
12.9K views15:00
Ochish/sharhlash
2021-02-09 14:54:03 AQSHdan 30 ga yaqin oʻqituvchi Oʻzbekistonda ishlash uchun keldi

AQSHdan kelgan 27 nafar ingliz tili oʻqituvchi va olimlari Oʻzbekiston maktablarida mahalliy oʻqituvchilar bilan birga dars beradi.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
13.0K viewsedited  11:54
Ochish/sharhlash