Get Mystery Box with random crypto!

Masofatalim™

Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™ M
Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™
Kanal manzili: @masofatalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.92K
Kanalning ta’rifi

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.
Reklama uchun: @masofatalimbot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-11-30 11:49:11
Yakudza nomi bilan tanilgan 18 yoshli PUBGchi yigit — Shoxruz Nazarov onasiga Mercedes Benz G63 AMG avtomobilini sovg‘a qilibdi. Uning YouTube sahifasida 876 ming, Instagram sahifasida esa 542 mingdan ortiq obunachisi bor. U 2021-yilda MDHning eng yaxshi geymeri bo‘lgan.

P.S. Internetdan unimli foydalaning, yoshlar.

@masofatalim
12.7K views08:49
Ochish/sharhlash
2023-11-28 20:07:15 Prezident qaroriga koʻra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab:

oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi;

yuqori salohiyatli akademik litseylar o‘quv dasturlari xalqaro dasturlar (“International Advanced Levels”, “International Baccalaureate”) asosida ishlab chiqiladi.

@masofatalim
13.9K views17:07
Ochish/sharhlash
2023-11-28 11:41:38 Toshkentda maktab o‘quvchisi tok urishi natijasida vafot etgani aytilmoqda. Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati esa yolg‘on ma’lumot tarqatgan bo‘lishi mumkin.

27-noyabr kuni taxminan soat 18:15 da Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-sonli umumta’lim maktabi  8-sinf o‘quvchisi A.A. maktab hovlisidagi sport maydonidan chiqib ketayotganida tobi qochgan va hushidan ketgan. Tez yordam bilan Kardiologiya markaziga olib ketilgan oʻquvchi ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, ekspertizaning dastlabki xulosalariga koʻra, uning oʻlimi “elektr jarohati, elektr toki yoyidan zaxarlanish, o’tkir nafas yurak qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va o’pka shishi, chap qo’l kaft sohasi elektr tamgʻasi” natijasida yuz bergan.

Toshkent shahar MMTB esa “O‘quvchini tok urmagan va mazkur hududda hech qanday elektr toki kabeli uzilgan holat kuzatilmagan. Maktab stadioni va uning atrofida elektr energiya uzatgichlari borligi aniqlanmadi”, deb axborot tarqatgandi. Ayni paytda boshqarma ushbu xabarni tahrirlab qo‘ygan. Ammo ko‘plab OAVlar MMTB xabariga tayanib axborot tarqatishga ulgurgandi.

Darvoqe, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatishda sherga aylanadigan rasmiylar “bola elektr tokidan o‘lmadi”, deb yolg‘on axborot tarqatgani uchun javobgarlikka tortiladimi? Toshkent shahar MMTBga yolg‘on axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz!

@masofatalim
12.7K viewsedited  08:41
Ochish/sharhlash
2023-11-28 09:54:11 Eshik-derazalarni ochmang, iloji bo‘lsa, niqob taqib yuring. Toshkentni o‘ta sassiq hid egallagan. Bu inson salomatligiga zararli bo‘lishi mumkin. Ayrimlarda nafas olish qiyinlashyapti.

Poytaxt hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotiblarini ishdan bo‘shatvorish kerak. Odamlarni hech yo‘q shunaqa paytda ogohlantirishga yaramayapti. AOKA qayerga qarayapti?!

@masofatalim
13.1K viewsedited  06:54
Ochish/sharhlash
2023-11-28 08:31:02 Oliy ta’lim muassasalarida qishki sessiya ta’tildan keyin o‘tkaziladi.

@masofatalim
14.6K views05:31
Ochish/sharhlash
2023-11-28 08:27:18 Yong‘inga sabab shonli energetika tizimizning yer ostiga yotqizilgan elektr kabellarida yuzaga kelgan “qisqa” tutashuv ekan.

Ichki ishlar vazirligi binosiga yaqin joyda shuncha tutun chiqib sassiq hid butun Toshkentni egallab olguncha ham... Hay, chuqurlashmaymiz :)

@masofatalim
13.3K viewsedited  05:27
Ochish/sharhlash
2023-11-22 09:39:59
Hukumat portali — gov.uz ham ishlamay qolibdi. Oxirgi paytlarda vazirlik, idora va tashkilotlarning saytlari tez-tez ishlamay qolyapti. Axborot xavfsizligiga mas’ullar hozircha bu borada hech qanday tayinli izoh bermadi.

@masofatalim
12.6K viewsedited  06:39
Ochish/sharhlash
2023-11-20 15:05:38
“Bizda bunday kino ishlashga dux yo'q” (#)

@masofatalim
13.6K views12:05
Ochish/sharhlash
2023-11-19 10:50:08
Yoshlar uchun “Kreativ Park” ochildi

Poytaxtdagi “Yoshlar ijod saroyi”da yoshlarning g‘oyalari, startaplari va loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kreativ soha tadbirkorlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini yanada oshirish maqsadida “Kreativ Park” ochildi.

Shuningdek, bu maskanda ijodkor yoshlar uchun “Book cafe”, kovorking markazlari, kitobxon yoshlar uchun 5 mingga yaqin turli adabiy kitoblar, hunarmand va yosh rassomlarni kreativ qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratildi.

Bundan tashqari, “Kreativ Park”da 7 ta xona tashkil etilgan bo‘lib, bular “Shahmat klubi”, “Animatsiya maktabi”, “Ibrat farzandlari”, “Yoshlar nashriyotlari”, “Volontyorlar maktabi”, “Tasnif media”, “Kulolchilik akademiyasi” xonalari o‘z faolyatlarini boshlashdi.

Aytishlaricha, bu markaz 24/7 rejimda ishlashi kutilmoqda ekan.

@masofatalim
12.9K viewsedited  07:50
Ochish/sharhlash
2023-11-17 17:17:57
Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Toshkent moliya institutida institutning barcha rahbar lavozimlariga talabalar tayinlanibdi. Ular kun davomida institut rektori, prorektor va bo‘lim boshlig‘i sifatida rahbar kursisida oʻtirishgan.

Vaziyatdan unumli foydalanib, yaxshi dars bermaydigan oʻqituvchilarni ishdan boʻshatib yuborish kerak edi :)

@masofatalim
15.4K views14:17
Ochish/sharhlash