Get Mystery Box with random crypto!

Hasharga pul shilishga – o‘qituvchilar, milliardlab gonorar ol | Masofatalim™

Hasharga pul shilishga – o‘qituvchilar, milliardlab gonorar olishga – artistlar

Madaniyat vazirligi “The Voice of Uzbekistan” loyihasi ustozlari, badiiy rahbari, musiqiy direktori va sozandalariga (jami 11 kishi) 6 oy davomida qariyb 2 mlrd so‘m gonorar to‘lab berayotgan ekan.

Ular orasida eng ko‘pini badiiy rahbar oladi – bir oyga 57 mln so‘m, 6 oyga 342 mln so‘m. Teleloyiha ishtirokchilarining ustozlari Farrux Zokirov, Tohir Sodiqov va Sevara Nazarxon deb tanishtirilgan. Ularning har biri oyig 38 mln so'mdan olisharkan.

Oyiga 57 mln so‘m gonorar oladigan loyiha badiiy rahbari madaniyat vaziri Ozobek Nazarbekovning o‘zimasmikan, degan gumon bilan ochiq manbalardan ma’lumot topib bo‘lmadi. Kimligi noma’lum.

FTV xususiy tashkilot, shular ham mana shunga o‘xshash boshqa bir loyihani o‘zi olib keldi, o‘zlari yo‘lga qo‘ydi. Bunaqa ishlarga davlat idorasi aralashmasdan xususiy tadbirkorlarga qo‘yib berilsa, o‘zlari hammasini a’lo darajada bajaryapti-ku!

Bunaqa loyiha uchun 11 kishiga 6 oy uchun 2 mlrd gonorarni soliq to‘lovchilar hisobidan qaysi kalla bilan beryapsizlar? Insof bormi-e senlarda? Mana shu artistlar o‘rnida akademik, professor, shifokor yoki o‘qituvchi bo‘lishi mumkin edi.

Teshib chiqsin!

@masofatalim