Get Mystery Box with random crypto!

Masofatalim™

Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™ M
Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™
Kanal manzili: @masofatalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.92K
Kanalning ta’rifi

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.
Reklama uchun: @masofatalimbot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 159

2021-02-13 18:23:58
Mana bu rasmdagi inson Boris aka Jonson bo'ladilar. Buyuk Britaniyaning bosh vaziri. Ishga velikda borib keladi. Qishda qalin kiyinib, shapkalar bilan boshni himoyalab, indamay borib keladi.

Bizning vazir o'rinbosarimizga o'xshab, nolib, «Jentram eskirib qoldi, shunga budjetdan tashqari mablag'lar evaziga yangi Malibu-2 olishim kerak», deb o'tirmaydi. Britaniyaning ta'limi va sifati qay darajada ekani sizga ma'lum.

Bizda botqoqqa botgan tizim vazirining o'rinbosariga, yangi «Malibu-2»... Avval shunga loyiq bo'lgach, bir nimani qoyillatgach, e, «Prado»da yurmaydimi bizga desa!

Kanalga ulanish:
@masofatalim
13.9K views15:23
Ochish/sharhlash
2021-02-13 17:53:21 ​​«O'zim kal, ko'nglim nozik!»

«Malibu-2»da yurishni istab qolgan oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri o'rinbosariga bag'ishlanadi bu gap!

Kanalga ulanish:
@masofatalim
10.9K views14:53
Ochish/sharhlash
2021-02-13 17:41:47
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri o'rinbosari shu paytgacha yurgan «Gentra»dan tikon o'sib chiqayotgan ekan. Shunga aynan yangi «Malibu-2» olib, «Malibu-2»da yurishlari kerak ekan...

O'zi yaqinda aqli yetib-yetmay bir nimalarga imzo qo'yvorib, ancha baloga qolgandi. Kamlik qilgan, shekilli :)

Kanalga ulanish:
@masofatalim
11.9K views14:41
Ochish/sharhlash
2021-02-13 17:30:06 Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi qariyb 326 mln so‘mga «Malibu-2» avtomobilini xarid qilishga shartnoma tuzdi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonovning aytishicha, «Malibu-2» avtomobili shu kungacha «Lacetti-Gentra» xizmat avtomobilida yurgan vazir o'rinbosarlaridan biriga xarid qilinayotgan ekan.

Buzrukxonovning qo‘shimcha qilishicha, «Malibu-2» avtomobili avvaldan qilingan reja asosida, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilinmoqda.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
11.8K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-02-13 06:10:01 ​​ Yil yakuniga qadar barcha oliy ta'lim muassasalarida “Volontyorlar maktabi” tashkil etiladi

Yoshlar ishlari agentligining xabariga ko'ra, shu yilning fevral va mart oylarida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining barcha hududiy boshqarmalari qoshida “Volontyorlar maktabi” tashkil etiladi.

Bundan tashqari, yil yakuniga qadar barcha oliy ta'lim muassasalarida ham “Volontyorlar maktabi” tashkil etilishi ma'lum qilindi.

«Birgalikda ezgulik ulashamiz: sizda ham volontyor bo'lish imkoniyati bor! Agar siz o'z oldingizga jamiyat rivojiga hissa qo'shish, insonlarga ko'mak berishdek ezgu maqsad qo'ygan bo'lsangiz, safimizga qo'shiling.

Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting. Biz siz bilan tez orada bog'lanamiz», deyiladi Yoshlar ishlari agentligining xabarida.

Pandemiya davrida volontyorlarning insonlarga juda katta yordamlari tegdi. Ularning xolis xizmatlari beqiyos. O'ylaymizki, siz ham bunga befarq bo'lmaysiz. Insonlarga ko'mak berishdek ezgu ishlarda barchamizni bardavom qilsin.

@yoshlaragentligi
@alisher_sadullaev
13.7K views03:10
Ochish/sharhlash
2021-02-11 21:08:27 Oliy ta'lim muassasalarimizning birida (balki yana boshqa birlarida) innovatsion raqamli pora: «Plastik kartamga payme'dan o'tkazing...»

#tushungantushundi

Kanalga ulanish:
@masofatalim
14.0K views18:08
Ochish/sharhlash
2021-02-11 17:43:46 ​​ Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov oliy ta'lim muassasalarining rektorlarga: «... yuring, tomga chiqing, yerto'laga tushing, yotoqxonaga kiring. Kim sizning qo'lingizni ushlab turibdi yotoqxonalarga o'ntalab kirmashina qo'yib berishga, kim yo'lingizni to'syapti bir qop kir yuvadigan “poroshok” olib kelib talabaga berishga?! Ha, u (talabalar nazarda tutilmoqda — tahr.) 80 million to'layapti-ku, u 46 million to'layapti-ku, kamiyam 10 million to'layapti-ku! O'zining puliga o'ziga sharoit qilish kerak-da!»

Batafsil:



YouTube kanalimizga obuna bo'ling: youtube.com/masofatalim

Kanalga ulanish:
@masofatalim
14.3K views14:43
Ochish/sharhlash
2021-02-11 16:52:24 Bugun butun dunyo matuboti BAA va Xitoy davlatlarining kosmik apparatlari Marsda tadqiqot o‘tkazish uchun navbatda turganini yozib, bong uryapti. Biz esa daraxt kesma, yo‘l chiziqlari chizilmagan, uning telefonini bozorda sindirishibdi, o‘qituvchi o‘quvchini uribdi, balo-battar, qanaqadir mayda-chuyda, g‘iybat, ig‘vo masalalar bilan o‘ralashib yuramiz. Alam qilib ketdi hozir negadir.

Eh, o'zbegim, jon o'zbegim!

(c) Komil Allamjonov

Kanalga ulanish:
@masofatalim
12.6K views13:52
Ochish/sharhlash
2021-02-11 15:55:09 Respublika maxsus komissiyasining qarori: O‘zbekistonda birinchi navbatda koronavirus yuqish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan quyidagi shaxslarni emlash nazarda tutiladi:

65 yoshdan oshgan qariyalar va keksalar;
surunkali kasalliklari bor shaxslar;
tibbiyot xodimlari;
maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda oliy ta’lim muassasalari xodimlari;
aholi bilan bevosita muloqotga kirishadigan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
12.6K views12:55
Ochish/sharhlash
2021-02-11 15:52:08 Oliy ta'lim muassasalarining xodimlari birinchilardan bo'lib koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanadi — Respublika maxsus komissiyasining qarori e'lon qilindi

Kanalga ulanish:
@masofatalim
12.6K views12:52
Ochish/sharhlash