Get Mystery Box with random crypto!

Masofatalim™

Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™ M
Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™
Kanal manzili: @masofatalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.92K
Kanalning ta’rifi

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.
Reklama uchun: @masofatalimbot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-10-07 10:34:03
Qarshi davlat universiteti dekan o‘rinbosari shotirlari bilan yotoqxonalarni kezibdi. Talabalar oyoq kiyimini yechib kiradigan va yashaydigan xonaga tikka oyoq kiyimi bilan kiribdi. Bular odob-axloqdan, faxm-farosatdan va tozalikdan gapirishga ma’nan haqqi yo‘q. Avval o‘ziga o‘rgatish kerak.

@masofatalim
13.0K views07:34
Ochish/sharhlash
2023-10-06 21:53:37
Rahmatli Islom Karimovning nabirasi — Maryam Tillayeva Toshkent xalqaro Vestminster universitetida talabalarga leksiya o‘qibdi.

@masofatalim
13.6K viewsedited  18:53
Ochish/sharhlash
2023-10-06 21:04:52 Xususiy oliy ta’lim muassasalariga nazorat kerak

Bir necha kun avval ayoli xususiy OTMlardan birida tahil oladigan insondan murojaat keldi. Oliy ta’lim muassasasi 3-kursni qayta o‘qishini aytibdi. O‘tgan o‘quv mavsumining bahorgi semestr baholari sentabr oyi so‘nggiga kelib e’lon qilinibdi. O‘zi o‘qishga 2019-yil kirgan ekan. 2020-yil karantin bahona 1 yil o‘qish nollashtirilgan ekan.

Bugun boshqa bir xususiy OTMda o‘qiydigan talaba yana bir qiziq muammo haqida gapirib qoldi. O‘tgan yili 12 mln so‘m bo‘lgan kontrakt bu yil 25 mln so‘m bo‘lib qolibdi. O‘qishga kirganda 3 yil deyilgan narsa endi 4 yilga aylanib qolibdi. Akademik ta’til olaman, desa ta’til ham berishmayotgan ekan. Nima qilishni bilmay, xayron yuribdi.

Bularni kimdir nazorat qilishi kerak. Nazorat qilish deganda ishlab turgan xususiy OTMlarni bo‘g‘ib emas, mana shunaqa o‘yin bo‘layotgan holatlarning oldi olinishi kerak. Yoshlar sarson bo‘lyapti. Ish faqat litsenziya berish bilan, binosi bor yoki yo‘qligi bilan, aslicha ishlamayotgan hemis tizimi bilan bitmaydi. Sifat ham nazorat qilinishi kerak.

Soqqa qilish kerak, ammo ta’limda aldash bilan emas, insof bilan qilish kerak.

@masofatalim
12.6K viewsedited  18:04
Ochish/sharhlash
2023-10-05 19:24:56 Nega Oʻzbekiston boy boʻlishi haqida qaygʻuraman?

Bir necha kun prezident maktablari bitiruvchilari va domlalari bilan gaplashdim. Hammamiz bilganimizdek, prezident maktablarida aholini boyroq qismini bolalari tahsil oladi — sababi tushunarli: iqtidor bilan birga, ota-onasida imkoniyati koʻproq bolalar oʻsha imtihonlardan oʻta olish ehtimoli balandroq boʻladi. Xohlasangiz, test qilib bilsangiz boʻladi, yoningizdagi shunday maktabga hafta oxirida borib koʻring: aksar oʻquvchilarni ota-onasida avtomobil mavjud, buni ustiga qimmatrogʻida koʻpchilik keladi. Bu albatta hayratlanarli narsa emas. Tushunarli narsa. Lekin hamma tan oladiki, oʻsha maktablarda taʼlim sifati nisbatan baland, yaxshi ovqat berishadi, sinflar kichik, maktabda chiroq ham oʻchmaydi. Taʼlim yaxshiroq boʻlgani uchun, tabiiyki, natijalar ham yaxshiroq.

Nega Oʻzbekistonning boy boʻlishi nega aloqador? Javob oddiy. Maktab qamrovi. Prezident maktablariga bir yilda 336 nafar Oʻzbekistonlik qabul qilinadi. Butun respublikadan, taxminan 700 ming oʻquvchidan, 336 tasigina shu maktabda oʻqishadi, bu 0.04% atrofidagi raqam. Shunday maktablarda, yuzdan bir oʻquvchilarimiz oʻqishi uchun, yaʼni mamlakatdagi atigi 1% oquvchida shunday imkoniyat boʻlishi uchun, prezident maktablari 7000 ming oʻquvchini, yaʼni 6600ta koʻproq oʻquvchini olishi kerak. Demak Prezident Maktablar soni 20 barobarga oshishi kerak.

Qoʻshni Qozogʻistonda “taʼlim segregatsiyasida” ayblanadigan Nazarboyev Intellektual Maktablarida (ularda ham xuddi bizdek Keymbridj tizimi boʻyicha oʻqitiladi) 70 mingdan koʻproq oʻquvchi oʻqiydi. Bir yilda taxminan ikki foiz oʻquvchi shunday maktablarga kiradi. Ularda  bizdan qariyb 40 barobar koʻproq oʻquvchi shunday maktablarda tahsil oladi. Agar Qozogʻistonga tenglashmoqchi boʻlsak, prezident maktablari sonini 40 martaga (yana 560 ta yangi prezident maktabi kerak) koʻpaytirishga toʻgʻri keladi.

Lekin, orzuga ayb yoʻq degandek, tasavvur qilaylik — hamma bolalar prezident maktablaridek sharoitda oʻqish imkoniyatlari boʻlishi uchun, qancha pul kerak? Hisob-kitob qilib koʻrsak, ularni umumiy byudjeti 665.2 milliard soʻm ekan. Xomroq hisob kitob qilsak (har bir maktabni xarajatlarini topa olmadim), bir oʻquvchiga 20 ming dollar atrofida mablagʻ ketar ekan (bu agentlikni hamma maʼmuriy va boshqa hisoblar bilan birga). Bizda nechta oʻquvchi bor? Olti milliondan koʻproq. Koʻpaytirsak, 126 milliard dollarni tashkil qiladi. Yillik yalpi ichki mahsulot ham bunday koʻrsatkichda emas, davlat byudjetini gapirmasak ham boʻladi.

Qandaydir maʼnoda yetilmaydigan orzudek tuyulishi mumkin, lekin agar har bir Oʻzbekistonlik oʻquvchi gʻarbdagi maktablarga oʻxshagan maktablarda oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishini xohlasangiz, Oʻzbekiston hozirgidan bir necha oʻn barobar boyroq mamlakatga aylanishi kerak. Buni qanday qilish kerak? Oʻsha doim aytiladigan masala, siyosiy va iqtisodiy islohotlar kerak. Maʼno shundaki, islohotlar qilinmasa, koʻpchilik oʻquvchilar yaxshiroq maktablarda oʻqishi uchun shunchaki mablagʻ yetarli emas.

Bekzod Hoshimov, iqtisodchi

@masofatalim
15.0K viewsedited  16:24
Ochish/sharhlash
2023-10-03 13:27:52
Professor Baxtiyor Mengliyev oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovga murojaat bilan chiqibdi. Murojaat matni professorning Facebook sahifasida e’lon qilingan.

@masofatalim
12.8K views10:27
Ochish/sharhlash
2023-09-28 18:07:03
Sergeli tumanida sodir boʻlgan voqea koʻpchilikni qaygʻuga soldi. Voqea sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Ammo bir narsa e’tiborni tortdi: bir guruh yoshlar ham hodisa joyiga yetib borib, volontyorlik asosida aholiga yordam koʻrsatayotgan ekan. Oʻz navbatida, yoshlarning bu kabi vaziyatlardagi faolligi, yurtdoshlar boshiga ish tushganda jim qarab turmay, yordamga shoshilishi xursand qildi. Barakalla, yoshlar!

@masofatalim
37.8K views15:07
Ochish/sharhlash
2023-09-18 21:02:59
Rasmda dunyoning eng TOP universitetlaridan biri — Oksford talabalari

Tavba, shunaqa qilsa ham TOP universitet bo‘lish mumkin ekan-da, vey. Axir, bu talabalarda qani Oksford belgisi tushirilgan kostyum-shimlar? Qani forma? 4-qatordagi talabaning sochi nega uzun va sariq? Uni oldida o‘tirgan talabaning sochi nega tekis emas?

Oksfordda o‘qisang-u, u yerda o‘qishingni ko‘rsatib qo‘yadigan universiteting logotipi tushirilgan kiyimda gerdayib yura olmasang, eh, shunaqasi ham bo‘lishi mumkin ekanmi, tavba.

Hemis tizimini jahon standarti, deb olib kelib, amallab joriy qilishdi. Boshqa masalalarda ham shu jahon standartidan o‘rnak olishsa, kamroq kulguga qolisharmidi? Yo‘q, bir xillashtirish kerak. Bular kiyimini, fikrlashini — hammasini bir xillashtirishi kerak.

@masofatalim
13.0K views18:02
Ochish/sharhlash
2023-09-18 18:29:15
Shvetsariyalik talabalar yasagan “Mythen” elektromobili 12,3 metr masofa bosib o‘tib, 100 km/h tezlikka 0,956 soniyada erisha oldi. Bu Ginnesning rekordlar kitobiga yangi rekord sifatida kiritildi. Elektromobil 326 ot kuchi quvvatiga ega dvigatel va mashinani yerga bosuvchi parrakli tizim bilan jihozlangan.

Bizda esa talabalar institut logotipi tushirilgan formada darsga kelish boʻyicha OTM bilan shartnoma imzolashdi :)

@masofatalim
12.6K viewsedited  15:29
Ochish/sharhlash
2023-09-18 14:55:42 Darvoqe, Toshkent moliya instituti institut logotiplari tushirilgan mahsulotlarni (soat, krujka, termokrujka, power bank va boshqalar) xarid qilish uchun 642 mln so‘mlik tender o‘tkazgan.

Mazkur tenderni PRO-INTER PRESS MCHJ qo‘lga kiritgan. Davlat reestriga ko‘ra, ushbu firmaning yagona ta’sischisi va direktori poytaxtdagi katta bir universitetda o‘qituvchi ham ekan.

@masofatalim
13.0K viewsedited  11:55
Ochish/sharhlash
2023-09-18 14:36:22
Toshkent moliya instituti talabalar bilan tuzayotgan shartnomaning 2.3.11 bandida yozilishicha, qizlar ham, yigitlar ham institut belgisi tushirilgan kiyimda yurishi kerak ekan.

@masofatalim
13.4K views11:36
Ochish/sharhlash