Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda maktab o‘quvchisi tok urishi natijasida vafot etgan | Masofatalim™

Toshkentda maktab o‘quvchisi tok urishi natijasida vafot etgani aytilmoqda. Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati esa yolg‘on ma’lumot tarqatgan bo‘lishi mumkin.

27-noyabr kuni taxminan soat 18:15 da Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-sonli umumta’lim maktabi  8-sinf o‘quvchisi A.A. maktab hovlisidagi sport maydonidan chiqib ketayotganida tobi qochgan va hushidan ketgan. Tez yordam bilan Kardiologiya markaziga olib ketilgan oʻquvchi ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, ekspertizaning dastlabki xulosalariga koʻra, uning oʻlimi “elektr jarohati, elektr toki yoyidan zaxarlanish, o’tkir nafas yurak qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va o’pka shishi, chap qo’l kaft sohasi elektr tamgʻasi” natijasida yuz bergan.

Toshkent shahar MMTB esa “O‘quvchini tok urmagan va mazkur hududda hech qanday elektr toki kabeli uzilgan holat kuzatilmagan. Maktab stadioni va uning atrofida elektr energiya uzatgichlari borligi aniqlanmadi”, deb axborot tarqatgandi. Ayni paytda boshqarma ushbu xabarni tahrirlab qo‘ygan. Ammo ko‘plab OAVlar MMTB xabariga tayanib axborot tarqatishga ulgurgandi.

Darvoqe, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatishda sherga aylanadigan rasmiylar “bola elektr tokidan o‘lmadi”, deb yolg‘on axborot tarqatgani uchun javobgarlikka tortiladimi? Toshkent shahar MMTBga yolg‘on axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz!

@masofatalim