Get Mystery Box with random crypto!

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57.18K
Kanalning ta’rifi

👉 https://myurls.co/inspector_uz
👉 @jinoyatkodeksi_uz
👉 @jpk_uz
👉 @mjtk_uz
Боғланиш @inspector_aloqa_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2024-01-25 12:57:50 O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va obro‘sini yuksaltirishning yagona yo‘li – ta’lim. Biz maktabgacha ta’limdan boshlab og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirmas ekanmiz, o‘zbek tilining nufuzini boy beramiz. Joriy yilda yana bir katta muvaffaqiyatga erishildi. Tashqi reklama yozuvlari avval davlat tilida aks ettirilishi qonun bilan belgilandi va bugungi kunda uning ijrosiga kirishildi.
Demak, o‘zbek tilini mamlakatimiz ijtimoiy hayotida to‘laqonli ifodalanishini ta’minlasak va takomillashtirib borsak, yoshlarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlardan g‘ururlanish ruhida tarbiyalasak, ona tiliga bo‘lgan hurmat va mehr-muhabbat yanada ortib boraveradi. Ana shundagina biz yurtimizdagi har bir fuqaroning davlat tilini bilishiga va buni burch va majburiyat sifatida his etishiga erishamiz.

Mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining to‘liq joriy etilishini ta’minlash, til to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va uning ta’sir kuchi barchaga taalluqli bo‘lishiga erishish bizning asosiy vazifamizdir.

Xurshidbek RO‘ZIYEV,
vazir maslahatchisi, podpolkovnik.



Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
21.3K viewsedited  09:57
Ochish/sharhlash
2024-01-25 12:57:50 Yangi O‘zbekistonda o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlashga qaratilgan yangidan-yangi tashabbuslar ilgari surilayotgani juda muhim. Ammo davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash bilan ish bitadi, deyish oson. Bunga faqat xohish va iroda kerak. Xohish bo‘lish uchun esa kuchli targ‘ibot va til mafkurasi bo‘lishi lozim.

Til siyosatini mafkura qilib yuritar ekanmiz, o‘z ona tilimizni qanchalik hurmat qilishimiz, birinchi navbatda, oilaga ham bog‘liq. Har bir oilada, muloqot tili birinchi o‘rinda o‘zlikni anglashga yetaklaydi.

Oilada milliy tilimizga bo‘lgan e’tibor kuchli bo‘larkan, bola avvalo e’tibor va e’zozlangan ona tilida fikrlaydi.

Oilada o‘z ona tilida muloqot qilib, maktabda boshqa tilda suhbatlashadigan bola asta-sekin «maktab tili»ga o‘tib olishini ko‘pchilik yaxshi bilsa kerak. Bu esa farzandlarimizni mentalitetimizga mos qilib voyaga yetkazishda ancha mushkulot tug‘diradi. O‘zlikni anglashda tilni birinchi o‘ringa qo‘ysak, inson ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rni kelib chiqadi.

Qolaversa, bu borada o‘z ye¬chimini kutayotgan muammolar ham mavjud bo‘lib, xususan, «Davlat tili haqida»gi qonunning 8-moddasida «O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi», deb belgilangan bo‘lsa-da, ayrim sohalardagi davlat idoralarida hujjatlarni davlat tilida qabul qilish yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Bu esa ayrim hollarda jismoniy va yuridik shaxslarga noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.

Shuningdek, qonunning 10-moddasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda, boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkinligi belgilanganligiga qaramasdan, ayrim sohalarda statistika va moliya hujjatlari, shartnomalar talab darajasida davlat tilida yo‘lga qo‘yilmagan. Xususan, ayrim xizmat ko‘rsatish sohalari (kommunal, internet xizmatlari va h.k.) tomonidan shartnoma, dalolatnoma, ogohlantirish xati kabi hujjatlar ko‘pincha davlat tilida rasmiylashtirilmayotganini ko‘rish mumkin.

Qonunning 20-moddasida lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin, deb belgilangan bo‘lsa-da, mazkur qoidaga har doim ham amal qilinmayapti. Xususan, ayrim savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohalari tomonidan bevosita yoki internet tarmoqlari orqali berilgan lavhalar va e’lonlarda davlat tili talablariga rioya qilmaslik holatlarini kuzatish mumkin.

Masalan, savdo do‘konlari, umumiy ovqatlanish joylarida va ularning internet saytlarida xorijiy tilda yozilgan «мы открылись», «распродажа», «скидка», «доставка», «sale» kabi xorijiy so‘zlarni ko‘p uchratish mumkin. Vaholanki, o‘zbek tilida «chegirma», «yetkazib berish», «arzon narxda» kabi ushbu so‘zlarning muqobillari mavjud.

Davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida farmon va qarorlarning belgilanganligi, hukumatda maxsus tuzilma tashkil qilinganligi va bu o‘zbek tilining nufuzini davlat siyosati darajasida olib borilishini ta’minlaydigan yangi omildir.

2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanishi yo‘lga qo‘yilganligi esa til siyosatini yuritishning funksional yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Demak, til siyosati endi asta-sekin mafkuraga aylanib, ongimizga singib boraveradi.
19.5K views09:57
Ochish/sharhlash
2024-01-25 12:57:50 5-mavzu

O‘ZBЕK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZINI OSHIRISH — MUHIM VAZIFA


O‘zbek tili milliy qadriyat, o‘zlikni anglash, mustaqil davlatchilik timsoli, ma’naviy boylik sifatida xalqimiz hayotining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

So‘nggi yillarda o‘zbek tilini rivoj¬lantirishga, tilimizning davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga qaratilgan samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Til siyosatini takomillashtirishga huquqiy asoslarning mustahkamlanishi esa davlat tili nufuzini yanada oshirdi. 1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonunini qabul qilish oson kechmaganini ham, mustaqillik yillarida o‘zbek tilini davlat tiliga aylantirish yo‘lida amalga oshirilgan qator chora-tadbirlarni ham xalqimiz juda yaxshi biladi. Ushbu qonun o‘sha davrda xalqimizning mustaqillik uchun qo‘yilgan dastlabki qadami bo‘lgan, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Qonun moddalarida «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili» ekanligi va mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi belgilanganligi muhim ahamiyat kasb etadi.

2020-yil 10-aprelda «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi esa xalqimizning dilidagi, orzusidagi ish bo‘ldi. Ushbu qonun bilan har yili 21-oktabr mamlakatimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» sifatida keng nishonlanadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yil 21-oktabrda «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzurida o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan, yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasi tashkil etildi.

Bu muhim hujjatning qabul qilinishi davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, mazkur sohada yana bir muhim qadam qo‘yildi. Chunki O‘zbekistonda shu vaqtgacha davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshiradigan yagona, mustaqil va markazlashgan tuzilma yo‘q edi.

Prezident farmonida O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Bundan tashqari, o‘zbek tilini yanada rivojlantirishga qaratilgan uchta muhim hujjat:

2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi;

2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020–2022-yillarda amalga oshirish dasturi;


2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.

Bugungi kunda ana shu hujjatlarda o‘z aksini topgan aniq vazifalar ijrosini ta’minlash uchun davlat bosh¬qaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, tibbiyot sohalarida, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va harbiy muassasalar faoliyatida to‘liq davlat tilida ish yuritish bo‘yicha boshlangan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Zero, mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «davlat tili masalasi milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lishi zarur».
19.3K views09:57
Ochish/sharhlash
2024-01-25 11:00:10
#Биласизми?

Мактаб ўқувчиларининг сочлари неча сантиметрдан узун бўлмаслиги кераклигини билсасизми? Бунинг ҳуқуқий асоси борми?
23.1K views08:00
Ochish/sharhlash
2024-01-23 08:47:30
Sh.G'iyosov | IIV matbuot kotibi Шохруҳ Ғиёсовнинг телеграмдаги фойдаланувчилари сони 5 555 нафарни ташкил қилибди.

Сизларга ҳам тавсия қиламиз, ИИВ Матбуот котиби каналига обуна бўлиш
18.1K viewsedited  05:47
Ochish/sharhlash
2024-01-18 15:09:04 Aytish joizki, raqamlashtirish orqali inson omili kamaytiriladi va axborot tizimlari bilan ishlashga o‘tiladi. Inson omilini kamaytirish – korrupsiyaning «oyog‘iga bolta urish»dir.

Abdurasul IMINOV,
IIV Akademiyasi axborot texnologiyalari
kafedrasi boshlig‘i, fizika-matematika fanlari
nomzodi, podpolkovnik.


Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
26.5K viewsedited  12:09
Ochish/sharhlash
2024-01-18 15:09:04 Sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish

Korrupsiyaga qarshi kurashishda sun’iy intellektdan foydalanishga oid misollar nisbatan kam bo‘lsa-da, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, undan foydalanish korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, tahlil qilish va bashorat qilish jarayonini sezi¬larli darajada osonlashtirishi mumkin.

Vakolatli organlar uchun juda murakkab va ko‘p vaqt talab qilishi mumkin bo‘lgan katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashni tezlashtirish vaqt va boshqa resurslarni sarflashni optimallashtiradi va diqqatni faqat eng muhim ma’lumotlarga, masalan, ehtimollik darajasi yuqori bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar mavjudligi¬ni (sodir etish imkoniyatini) ko‘rsatuvchi ma’lumotlarga qaratadi. Buyuk Britaniyada sun’iy intellektdan foydalanish tergovchilarga atigi bir necha oy ichida 30 milliondan ortiq hujjatlarni tahlil qilish va tergovga tegishli ma’lumotlarni tanlash imkonini berdi.
Sun’iy intellekt anomaliyalarni, korrupsiyaning ehtimoliy buzilishlarini ko‘rsatadigan «qizil bayroqlar»ni ancha yuqori aniqlik bilan erta aniqlashga yordam beradi. Misol uchun, Ispaniyada tadqiqotchilar neyron tarmoqlarga asoslangan modelni ishlab chiqdilar, bu ularga mamlakat hududlarida korrupsiya qonunbuzarliklari ehtimolini hisoblash va ularni amalga oshirishga yaratilgan qulay shart-sharoitlarni aniqlash imkonini berdi.

Shunday qilib, bir qator funksiyalarni sun’iy intellektga o‘tkazish orqali qo‘shimcha korrupsiya xavfini keltirib chiqaradigan inson omilining ta’sirini kamaytirish mumkin.

blokcheyn TEXNOLOGIYASI


Taqsimlangan ma’lumotlar (distributed database) bazalarining texnologiyalaridan biri bo‘lgan blokcheyn hokimiyat va tashkilotlar faoliyatining shaffofligini va ular boshqarayotgan ma’lumotlar xavfsiz¬ligini ta’minlashda foydalanish uchun keng imkoniyatlarga ega. Korrupsiyaga qarshi kurash maqsadida ushbu texnologiyadan, masalan, yer reyestrini yuritish, byudjet ma’lumotlarini oshkor qilish, shartnomalarni bajarish, tranz-aksiyalarni amalga

oshirish va ta’minot zanjirlarini boshqarishda foydalanish mumkin:
blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan shaffof va hisob beruvchi tizim vijdonsiz shaxslarga ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish va firibgarlik yoki korrupsion faoliyatni amalga oshirishni qiyinlashtiradi;

blokcheyn texnologiyasiga asoslangan tizimda amalga oshirilgan tranzaksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki o‘chirishning mumkin emasligi barcha tranz¬aksiyalarning to‘liq va ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish hamda ma’lumotlarni adolatsiz o‘zgartirish xavfini minimallashtirish imkonini beradi;

ta’minot zanjirini boshqarishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish, xususan, hisobni yuritish va kuzatib borish imkoniyatlarini yaratadi.

Big data – katta ma’lumotlar tahlili

Big data katta ma’lumotlar tahlilidan korrupsiyaga qarshi kurashishda ikkita asosiy yo‘nalishda foydalanish mumkin:

– shubhali operatsiyalarni aniqlash, tekshirish, monito¬ring qilish korrupsiya xavfini baholash. Masalan, Buda¬peshtdagi korrupsiyani o‘rganish markazi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida davlat xaridlarini monitoring qilish uchun Big data ma’lumotlar tahlilidan foydalanadi, juda qisqa tender muddatlari yoki g‘ayrioddiy natijalar (masalan, tenderlarda raqobatning yo‘qligi yoki bir xil tashkilot tomonidan qayta-qay¬ta g‘alaba qozonish) kabi anomaliyalarni aniqlaydi;

– xabardorlikni oshirish, milliy, tarmoq yoki mahalliy korrupsiyaga qarshi siyosatni takomillashtirish hamda bashoratli tahlil va vizualizatsiya orqali ularni amalga
oshirish natijadorligiga erishish, qarorlarni yanada samarali qabul qilishga hissa qo‘shish.
24.5K viewsedited  12:09
Ochish/sharhlash
2024-01-18 15:09:04 4-mavzu

RAQAMLASHTIRISH – KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA ENG SAMARALI YECHIM

Xususan, 2023-yil 20-dekabr kuni davlat rahbari raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqish va unda davlat idoralari faoliyatining yanada shaffofligini ta’minlash va hisobdorligini oshirish, ochiq ma’lumotlar tizimini takomillashtirish, sohaning huquqiy asoslari va institutsional mexanizmlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi va sohani yanada rivojlantirib, xalqaro darajaga olib chiqish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Har doimgidek dolzarb

So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish uslublari va mexanizmlari, shuningdek, ushbu toifadagi jinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan jinoyat qonunchiligida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berganiga qaramay, bu masala har doimgidek dolzarbligicha qolmoqda.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishlaridan biri davlat organlari faoliyatiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish hisoblanadi. Axborot texnologiyalaridan foydalanishni «elektron davlat» atamasi birlashtiradi, bu esa, o‘z navbatida, «elektron hukumat», «elektron parlament», «elektron adliya» kabi tushunchalarni qamrab oladi. Elektron adliya deganda, ma’lumotlarni raqamli qayta ishlashga ega texnik tizimlardan foydalanishga asoslangan odil sudlovni amalga oshirish usuli tushuniladi.

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi tomonidan 38 ta davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslarga elektron tarzda ko‘rsatib kelinmoqda, yaqin kelajakda ularning soni 72 taga yetka¬zilishi belgilangan.
Shuningdek, Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan yaqin hamkorlikda elektron davlat xizmatlari ulushini yanada oshirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Raqamli texnologiyalar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida foydalanish uchun keng istiqbolga ega. Shu bilan birga, ularni qo‘llash doirasini ikkita vektorga bo‘lish mumkin:

– korrupsiyaga oid huquq¬buzarliklarni aniqlash, tahlil qilish, tekshirish, bashorat qilish va monitoring qilish yo‘li bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kura¬shishda bevosita qo‘llash;

– davlat organlari faoliyatida samaradorlik, hisobdorlik va oshkoralik tamoyillarini ilgari surish orqali korrupsiyaga bilvosita ta’sir qilishda qo‘llash.
24.5K viewsedited  12:09
Ochish/sharhlash
2024-01-18 10:30:01
Энди транспорт бошқармаси ҳодимлари ҳам ҳайдовчини тўхтатиши мумкин

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги ҳузуридаги Транспорт назорати инспекцияси фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисидаги 668-сонли қарорига асосан Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги ҳузуридаги Транспорт назорати инспекцияси тўғрисида Низоми тасдиқланган.

Батафсил...
44.5K views07:30
Ochish/sharhlash
2024-01-17 18:54:31 56 000 + обуначи
31.2K views15:54
Ochish/sharhlash