Get Mystery Box with random crypto!

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ — Telegram kanal

Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ M
Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 71.52K (15.10.2026 holatiga ko'ra ma'lumot)
Oʻxshash kanallar Siyosat
Kanalning ta’rifi

Маърифат – бу эркинликдир | СУҚРОТ 👉 https://taplink.cc/inspectoruz 👉 @jinoyatkodeksi_uz 👉 @jpk_uz 👉 @mjtk_uz Боғланиш @inspector_aloqa_bot


Oxirgi xabar

9 авг 2024
31-mavzu

MAHALLA — QADRIYATLAR MASKANI

Jonajon diyorimizda mahallalar juda ko‘p bo‘lib, ularning o‘ziga xos nomlari bizga tarixdan so‘zlaydi. Chunki ularda xalqimizning uzoq va shonli tarixi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, madaniy merosi aks etadi. Sharqqa xos madaniyatni o‘zida jamlagan mahallalarimiz nufuzini oshi­rish, mahalla orqali yurtimiz rivoji uchun xizmat qilish eng oliy burch­larimizdan biridir. Prezidentimiz o‘z nutqlarida «Biz faoliyatimizning birinchi kunlaridan hamma ishni mahallada, xalqimiz bilan birgalikda tashkil qilib kelyapmiz. Bu tizimni bosqichma-bosqich rivojlantirdik. Endi yana qo‘shimcha kuch, imkoniyatlar berilyapti. Bu ham vakolat, ham mas’uliyat degani. Mahallalar – davlatimizning eng katta zamini» deb ta’kidlaganlari ham bejiz emas. 

Keyingi yillarda o‘zini o‘zi bosh­qarishning noyob tizimini chinakam xalq vijdoniga aylantirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Xususan, mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar bilan bir qatorda, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, ishsizlarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq keng qamrovli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda mahalla instituti maqomi mustahkamlandi. Barcha soha va yo‘nalishlar bo‘yicha «mahallabay» ishlash tizimi joriy qilinib, «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili amaliyotga tatbiq etildi.

Oxirgi yetti yilda tizimni takomillashtirishga doir yuzga yaqin me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilinib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat ta’sirchan tuzilma faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ijobiy samara beryapti. Jumladan, mahallalarda tadbirkorlik faoliyati rivojlanib bormoqda. Bu esa yangi ish o‘rinlari, doimiy daromad manbalari yaratilishi orqali oilalar farovonligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi «Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshi­rish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni hamda «O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori mazkur tuzilmaning jamiyatimizdagi nufuzini yanada oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Ushbu hujjatlar asosida respublika, viloyat, tuman va shahar mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari tashkil etildi.

Har bir fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi shakllantirilib, aniq vazifalari, birgalikda qiladigan ishlari belgilab berildi. Barcha mahallalarda «mahalla budjeti» tizimi yo‘lga qo‘yildi. Eng muhimi, mahallaning aholiga ijtimoiy ko‘mak berish borasidagi vakolatlari kuchaytirildi. Endilikda «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish va subsidiya ajratish «mahalla yettiligi»ning birgalikdagi qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Mahalla, avvalo, ma’naviyat, tarbiya beshigi. Bugungi yangilanishlar jarayonida uning ushbu tarixiy xususiyatini asl holicha saqlash va boyitish ham e’tiborda. Bu yo‘nalishda «mahalla – maktab» konsepsiyasi asosida ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot ishlari yuritilyapti. «Ota-onalar universiteti» jamoatchilik tuzilmasi faol ishlamoqda. Tegishli davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» loyihasi amalga oshirilyapti.
Bugungi kunda mahallaga murojaat qilish orqali ko‘pgina masalalarga ijobiy yechim topilyapti. Ayniqsa, kundalik hayotimizda muhim o‘rin tutadigan, hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan yo‘l, suv, elektr energiyasi, gaz va boshqa masalalar bo‘yicha mahallalar tizimli ish olib bormoqda.
54.5K views15:27
Ochish/sharhlash

Ko'p beriladigan savollar

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ haqida tez-tez beriladigan savollar

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ (@manaviyat_va_marifat_darsi) — Telegram Store katalogiga kiritilgan Telegram kanali. Ushbu sahifadagi «Kanalga o‘tish» tugmasi kanalni Telegram orqali ochadi.
Ushbu sahifadagi «Kanalga o‘tish» tugmasini bosing yoki Telegramda @manaviyat_va_marifat_darsi ni qidiring. Kanalga hali ham qo'shilish mumkinligini Telegramning o'zi ko'rsatadi.
Telegram Store katalogi bu yozuv va havola uchun haq olmaydi. Kanal bepulmi yoki yo'qmi, buni uning Telegramdagi egasi hal qiladi.
Katalogda MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ uchun 71.52K obunachi ko'rsatilgan (15.10.2026 holatiga ko'ra ma'lumot). Hozirgi soni Telegramda ko'rinadi.
Katalogda MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ tili Oʻzbek tili deb ko'rsatilgan.
Ha, o'xshash kanallar ushbu sahifaning pastroq qismida keltirilgan.
Ushbu sahifada MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ haqidagi katalog ma'lumotlari va kanalga havola bor. Postlarning o'zi Telegramda o'qiladi.
MA'RIFAT DARSI | МАЪ... avatar
MA'RIFAT DARSI | МАЪ... @manaviyat_va_marifat_darsi
Telegram'da ochish