Get Mystery Box with random crypto!

Sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish Korrupsiyaga qarshi | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish

Korrupsiyaga qarshi kurashishda sun’iy intellektdan foydalanishga oid misollar nisbatan kam bo‘lsa-da, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, undan foydalanish korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, tahlil qilish va bashorat qilish jarayonini sezi¬larli darajada osonlashtirishi mumkin.

Vakolatli organlar uchun juda murakkab va ko‘p vaqt talab qilishi mumkin bo‘lgan katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashni tezlashtirish vaqt va boshqa resurslarni sarflashni optimallashtiradi va diqqatni faqat eng muhim ma’lumotlarga, masalan, ehtimollik darajasi yuqori bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar mavjudligi¬ni (sodir etish imkoniyatini) ko‘rsatuvchi ma’lumotlarga qaratadi. Buyuk Britaniyada sun’iy intellektdan foydalanish tergovchilarga atigi bir necha oy ichida 30 milliondan ortiq hujjatlarni tahlil qilish va tergovga tegishli ma’lumotlarni tanlash imkonini berdi.
Sun’iy intellekt anomaliyalarni, korrupsiyaning ehtimoliy buzilishlarini ko‘rsatadigan «qizil bayroqlar»ni ancha yuqori aniqlik bilan erta aniqlashga yordam beradi. Misol uchun, Ispaniyada tadqiqotchilar neyron tarmoqlarga asoslangan modelni ishlab chiqdilar, bu ularga mamlakat hududlarida korrupsiya qonunbuzarliklari ehtimolini hisoblash va ularni amalga oshirishga yaratilgan qulay shart-sharoitlarni aniqlash imkonini berdi.

Shunday qilib, bir qator funksiyalarni sun’iy intellektga o‘tkazish orqali qo‘shimcha korrupsiya xavfini keltirib chiqaradigan inson omilining ta’sirini kamaytirish mumkin.

blokcheyn TEXNOLOGIYASI


Taqsimlangan ma’lumotlar (distributed database) bazalarining texnologiyalaridan biri bo‘lgan blokcheyn hokimiyat va tashkilotlar faoliyatining shaffofligini va ular boshqarayotgan ma’lumotlar xavfsiz¬ligini ta’minlashda foydalanish uchun keng imkoniyatlarga ega. Korrupsiyaga qarshi kurash maqsadida ushbu texnologiyadan, masalan, yer reyestrini yuritish, byudjet ma’lumotlarini oshkor qilish, shartnomalarni bajarish, tranz-aksiyalarni amalga

oshirish va ta’minot zanjirlarini boshqarishda foydalanish mumkin:
blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan shaffof va hisob beruvchi tizim vijdonsiz shaxslarga ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish va firibgarlik yoki korrupsion faoliyatni amalga oshirishni qiyinlashtiradi;

blokcheyn texnologiyasiga asoslangan tizimda amalga oshirilgan tranzaksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki o‘chirishning mumkin emasligi barcha tranz¬aksiyalarning to‘liq va ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish hamda ma’lumotlarni adolatsiz o‘zgartirish xavfini minimallashtirish imkonini beradi;

ta’minot zanjirini boshqarishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish, xususan, hisobni yuritish va kuzatib borish imkoniyatlarini yaratadi.

Big data – katta ma’lumotlar tahlili

Big data katta ma’lumotlar tahlilidan korrupsiyaga qarshi kurashishda ikkita asosiy yo‘nalishda foydalanish mumkin:

– shubhali operatsiyalarni aniqlash, tekshirish, monito¬ring qilish korrupsiya xavfini baholash. Masalan, Buda¬peshtdagi korrupsiyani o‘rganish markazi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida davlat xaridlarini monitoring qilish uchun Big data ma’lumotlar tahlilidan foydalanadi, juda qisqa tender muddatlari yoki g‘ayrioddiy natijalar (masalan, tenderlarda raqobatning yo‘qligi yoki bir xil tashkilot tomonidan qayta-qay¬ta g‘alaba qozonish) kabi anomaliyalarni aniqlaydi;

– xabardorlikni oshirish, milliy, tarmoq yoki mahalliy korrupsiyaga qarshi siyosatni takomillashtirish hamda bashoratli tahlil va vizualizatsiya orqali ularni amalga
oshirish natijadorligiga erishish, qarorlarni yanada samarali qabul qilishga hissa qo‘shish.