Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va obro‘sini yuk | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va obro‘sini yuksaltirishning yagona yo‘li – ta’lim. Biz maktabgacha ta’limdan boshlab og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirmas ekanmiz, o‘zbek tilining nufuzini boy beramiz. Joriy yilda yana bir katta muvaffaqiyatga erishildi. Tashqi reklama yozuvlari avval davlat tilida aks ettirilishi qonun bilan belgilandi va bugungi kunda uning ijrosiga kirishildi.
Demak, o‘zbek tilini mamlakatimiz ijtimoiy hayotida to‘laqonli ifodalanishini ta’minlasak va takomillashtirib borsak, yoshlarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlardan g‘ururlanish ruhida tarbiyalasak, ona tiliga bo‘lgan hurmat va mehr-muhabbat yanada ortib boraveradi. Ana shundagina biz yurtimizdagi har bir fuqaroning davlat tilini bilishiga va buni burch va majburiyat sifatida his etishiga erishamiz.

Mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining to‘liq joriy etilishini ta’minlash, til to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va uning ta’sir kuchi barchaga taalluqli bo‘lishiga erishish bizning asosiy vazifamizdir.

Xurshidbek RO‘ZIYEV,
vazir maslahatchisi, podpolkovnik.



Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular